Matn protsessorlari.
Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi
shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni
shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining
asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa
obyektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan
ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni kо‘zda tutadi. Bular:
qog‘oz va elektron hujjatlar bilan (qog‘ozsiz texnologiya bо‘yicha) ishlash. Shuning
uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida
gapirganda tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo’nalish – chop etish
uchun m о‘ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun
mо‘ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni nazarda tutish kerak. Bu hollarda
ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda bir-biridan farqlanadi. Garchi ularning
kо‘pchiligi har ikki yondashuvni о‘zida birlashtirsa ham, shunga mos ravishda matn
protsessorlari ham farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |