O’zbеkistоn rеspublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana11.02.2022
Hajmi1,04 Mb.
#443439
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
axborot kommunikatsiya-texnologiya- larining elektron mobil lugatini yaratish.

 
Hukumat — harakatda 
Har qanday mamlakatda milliy ma`lumotlar bazasi hamda elektron reyestrlar 
elektron hukumat faoliyatining asosiy jihatlari hisoblanadi. Bu mexanizmlar 
jismoniy va yuridik shaxslar, avtomobil transporti, ko'chmas mulk, davlat 
xizmatlari to'g'risidagi ma`lumotlarni tizimlashtirish imkonini beradi. Shuni 
bildirib o'tish kerakki, yurtimizda mazkur ma`lumotlarning markazlashgan holda 
saqlanishini ta`minlash “O'zinfokom” zimmasiga yuklatilgan. 
Mamlakatimizda milliy axborot tizimlarini rivojlantirish doirasida oltita 
ma`lumot bazasi hamda 12 ta axborot tizimlari majmui yaratilmoqda. Deylik, 
“Soliq” axborot tizimlari majmui 10 ta dasturiy mahsulot va 31 avtomatlashtirilgan 


tizimdan iborat. Uning ishga tushirilishi natijasida Davlat soliq qo'mitasining 31 
xizmatini elektronlashtirish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, “Kliring”, “Xarid”, 
“Byudjyet”, “Bojxona”, “Lisenziya” hamda “Adliya” singari axborot tizimlari 
majmui ham mavjud bo'lib, ular muayyan sohada ma`lumotlarni to'plash va qayta 
ishlash hamda xizmatlarning bir qismini elektronlashtirishga sharoit yaratmoqda. 
Qolaversa, “Sog'liqni saqlash”, “Ta`lim”, “Kommunal” tizimlarini hayotga tatbiq 
etish arafasida turilibdi. Yaqin yillarda esa “Adliya-2”, “Nafaqa” va “Davlat 
­boshqaruvi” tizimlarini ishlab chiqish rejalashtirilayapti. 2016 yilda tegishli 
ma`lumotlar bazasini shakllantirish bo'yicha ishlar yakuniga yetkazildi. “Kadastr 
va ko'chmas mulkni ro'yxatga olish” hamda Milliy geoaxborot tizimlari borasida 
hali nuqta qo'yilmadi. 
Bugun O'zbekistonda xo'jalik sub`yekt­larining barcha turdagi soliq va 
statistika hisobotlari elektron shaklda topshirilmoqda, tovarlarni deklaratsiyalash 
hamda eksport-import shartnomalarini ro'yxatga olish ham elektron shaklga 
o'tkazilgan. 
Sohadagi yana bir muhim yangilik. 2015 yilda Ochiq ma`lumotlar portali 
ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda unda 8 ta tashkilotdan 80 turdagi ma`lumot 
joylashtirilgan bo'lsa, bugungi kunda mazkur portalda 120 ta tashkilotning 2216 
xildagi axboroti o'rin olgan. Bu axborotlar iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, ta`lim, 
transport va bosh­qa dolzarb sohalarga taalluqlidir. 
Qolaversa, 2013 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq, elektron 
hukumatning 
samarali 
faoliyat 
yuritishi 
uchun 
yuqori 
tezlikdagi 
telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish ko'zda 
tutilgan. Xususan, 2020 yilga qadar internet kanallarining o'tkazuvchanlik 
qobiliyatini yanada kengaytirish, keng polosali tarmoqlarni, ayniqsa, olis 
tumanlarda rivojlantirish bo'yicha 17 ta yirik loyihaning amalga oshirilishi 
rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2020 yilgacha fuqarolarning davlat organlari 
bilan elektron muloqotini ta`minlash hamda rivojlantirish bo'yicha 22 ta loyiha 
ro'yobga chiqariladi. 


Biznes uchun qulay 
Elektron hukumatni taraqqiy toptirishga qaratilayotgan e`tibor yurtimizda 
ishbilarmonlik muhitining sifat jihatidan yangi bosqichga chiqishida o'z ifodasini 
topmoqda. Misol uchun, Jahon bankining “Doing business” reytingida so'nggi besh 
yilda O'zbekistonning umumiy reytingi biznes yuritish bo'yicha 150-o'rindan 87-
o'ringa ko'tarildi. 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, jumladan, belgilangan tartib-
taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining 
mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida ro'yxatga olish, 
muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish, 
tadbirkorlik sub`yektlariga o'zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti 
vositalarini xarid etish uchun ariza berish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni 
ro'yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan. 
2014 yildan boshlab eksport va import kontraktlari Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portalida bepul ro'yxatdan o'tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona 
organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali 
xo'jalik sub`yektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib borayapti. Davlat 
bojxona qo'mitasi saytida (www.customs.uz) elektron yuk bojxona deklaratsiyalari 
qabul qilinmoqda. 2015 yilda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portali 
ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi. Masofaviy bank 
xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016 yilda bir million 847 ming 569 nafar 
foydalanuvchi ­kredit olish uchun elektron ariza ­bilan murojaat etdi. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish