Chiroqchi tumanidagi 174-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘qituvchisi Lochin elmatovning



Download 148,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.02.2022
Hajmi148,52 Kb.
#443359
1   2   3
Bog'liq
5 ташаббус 5-ТАШАББУС ТОМОШАСИ.doc

Elboy Oyjamolni quvib sahnani bir-ikki aylanadi. 
Oyjamol. Voy dod, enajon, yordam bering, о‘ldirib qо‘yadi... (momoning 
orqasiga bekinadi) 
Sora momo. Hay bolam, uyat bо‘ladi, bir kun urush bо‘lgan uydan qirq kun 
baraka-xayr ketadi. 
Elboy g‘alvirdagi bug‘doyni qopga ag‘darib, xotiniga bir о‘qrayib qaraydi-da 
zarda bilan chiqib ketadi. 
Oyjamol. Enajon, о‘g‘lingiz bir nimani boshlamasa ham bо‘lardi. Yuring, 
uning izidan dalaga boramiz. Boya nevaralaringiz bilan raqsga tushayotganingizda 



Nurboy qо‘shni bilan xotini Xadicha ketmon kо‘targancha bug‘doyzorga ketishuvdi. 
Shoshqaloq о‘g‘lingiz janjalni boshlab yuborgandir... 
Sora momo. Yur, kelin, ketdik bug‘doyzorga... 
Momo va kelini bо‘sh g‘alvirni kо‘targancha sahnadan chiqib ketadi 
2 - qism 
Dalada Elboy Nurboyning yoqasidan mahkam tutgan. Baqirib-chaqirib 
olamni tinchini buzmoqda. Hadicha ularning atrofida sargardon. Momo va kelini 
ham yetib kelishadi, Xadicha ularga hovliqqancha peshvoz chiqadi. 
Xadicha. Assalom... Sora xola, tez yuringizlar. Qо‘shnimiz hech gapga quloq 
solmayapti.
Shirina. Buvijon, tez yuring, Elboy amaki quturib dadamga tashlanyapti. 
Iltimos, uni olib keting, dadamni о‘ldirib qо‘yadi.
Sora momo. Hay, bolam, uyat bо‘ladi, bas qilinglar.
Momo ularning о‘rtasiga tushadi. Shu payt Elboy Nurboyning ketmon bilan 
uradi. Nurboy boshini changallab о‘tirib qoladi. Xotini va qizi Shirina dod 
solgancha uning ustiga о‘zini tashlaydi. Sora momoning boshidan rо‘mol tushib, 
о‘tirib qoladi. Tizzalab yurgancha hayqiradi. 
Sora momo. Nimalar qilib qo`yding, nodon bolam? Qadimda ikki qо‘shni 
bо‘lgan ekan. Dunyoning ishini qarang, ikkisi ham jinni ekan.
Bir kuni ikki jinni janjallashib qolishibdi. Birinchisi tepaga chiqib olib yer 
meniki, desa biri kо‘kka sakrab, osmon meniki dermish. Shunda yer tilga kirib 
ikkalang ham meniki debdi. 
Odamzodning boradigan joyi ikki metr yer bо‘lsa, nega buncha yer deb 
talashmasangizlar... 
3 - qism 
Elboy aftidan mazasi yо‘q kо‘rinadi, og‘ir qadamlar bilan kelib о‘zini 
kо‘rpachaga tashlaydi. Chalqancha yotar ekan, tepaga qaradi. Shu paytda yonga 
ag‘dariladiyu, bug‘doyzorda chaqqon harakat bilan don chо‘qilayotgan tovuqlar 
uning e’tiborini tortdi. 
Elboy. Oy, bug‘doyzorda begona tovuqlar nima qilib yuribdi?
Oyjamol. Ha, ularmi, shu-u... yangi tovuqxonaning tovuqlari. Boyagina 
yig‘ishtirib oling, deb Xadicha kelinga aytib chiqqandim, yosh-da, yodidan 
kо‘tarilganmi... 
Elboy. Esing joyidami, о‘zi? Bobomdan qolgan yerga odamlar bilan talashib, 
bug‘doy eksam-u, siz oyimtillo, qо‘shnining tovug‘iga yedirib о‘tirsangiz, hm? 
Oyjamol. Shungayam “ota gо‘ri — qozixona”mi, mana, hozir tovuqlarni 
haydab yuboraman. Kish, kish.
Oyjamol erining fe’lini bilgani uchun masalani silliq hal qilmoqchi bо‘ldi. 



— Qо‘shnichilik — ming yilchilik. Axir... 
Elboy. Odamlar о‘li-ib ishlab kelaversin, sen yoti-i-ib yeb, ortganini 
qо‘shningning tovuqlari bilan baham kо‘rib о‘tiraver. Shundaymi?
Oyjamol. Uzr, sezmay qolibman. Mana, tovuqlarni haydab yuborayapman. 
Elboy. Kо‘ramiz, qо‘lingdan nima ish kelarkan. Lekin mening kimligimni sen 
ham, anavi qо‘shnilaring ham bilib qо‘yasanlar. 
Jahl otiga mingan Elboy tovuqlarni oldiga solib quva ketadi.
— Hozir hammangning dodingni beraman. Egalaringga kerak bо‘lmasalaring, 
ochiq gо‘rga keraksanlar. Hozi-i-i-ir... 
Oyjamol. Jon dadasi, qо‘shnichilik haqimizga hiyonat qilmang. Bir siqim 
bug‘doyingizni yeganiga shunchami? Birovning rizqini juvonmarg etmang. Axir, har 
qanday gunoh ishning javobi bor-ku? Bechorani eri kasal, sizning aybingiz bilan 
dо‘xtirma-dо‘xtir chopib yuribdi. Bularni yig‘ishtirishga vaqti bо‘lmayotgandir, 
tushunsangiz-chi, dadasi. Axir, melisaga sizni bermadiku, tomdan yiqilib tushdim, 
debdi dо‘xtirlarga. Qо‘shnilarning musibatli kunida yordam berish о‘rniga, bunday 
qilishingiz yaxshi emas. Xudo kо‘rib turibdi...

Download 148,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish