Ishning metodologik va nazariy asoslari.
Ushbu ishimizda asosiy manba
sifatida Shaxriyor Safarovning “Pragmalingvistika” kitobi , G. Toirova, D.
Lutfullayeva, S. Rahimov, M. Qurbonova ishlaridan va internet ma’lumotlaridan
foydalandik. Ko’plab chet el tilshunoslarining fikrlari ham shu asarlardan olindi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
.Zamon deyksisiga yuqoridan
qaraganda oddiy hodisadek tuyulsa ham, uning ichiga kirib borgan sari yangi-yangi
qirralari ochilib boraveradi. Bu tadqiqotimiz keyingi ishlarda, litsey, kollej va oily
o’quv yurtlarida qilinadigan ishlarda foydalansa bo’ladi. Bunda ko’plab
olimlarning fikrlari keltirilgan va ularning fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |