31
idrokida “vaqt” konseptining shakli uzunchoq chiziqli ko’rinishga ega va bu chiziq
qismlar davomligidan iboratdir:
O’tgan zamon Hozirgi zamon Kelasi zamon
Vaqt inglizlar , olmonlar, skandinav xalqlari nazdida ham chiziqli ko’rinishda
davom etadi. Ular bir paytning o’zida bir necha yumush bilan shug’ullanishni
yoqtirmaydilar, bir vaqt oralig’ida birgina ish bilan mashg’ul bo’lib, uni
bitkazgandan so’ng navbatdagisiga o’tishni ma’qul ko’radilar. Shu sababli
hamularning zabonida zamon kategoriyasi turli vaqt
oraliqlarini ifodalovchi
shakllarga boy bo’lsa kerak. Turkiyzabon millatlarda va ko’pgina sharq xalqlarida
vaqt idroki tamoman o’zgacha. Bu madaniyatlarda vaqtning kechishi odamlar va
voqealarbilan bog’liq emas, u – davriy harakatda. Odamlar o’z faoliyatlarida
ushbudavriylik aksini ko’radilar va unga moslashadi. Vaqt aylanma xalqa atrofida
harakatlanganidek, inson faoliyati ham (tabiat, borliqdagi voqealar kabi) bir
osqichdan ikkinchisiga o’tib, davra atrofida kechaveradi. Sharqliklar g’arbliklardan
farqli ravishda, har bir harakatga kirishishdan oldin uzoq mulohaza
yuritishga tayyordirlar, har bir qadam oldingidavrga nisbatan qo’yiladi. “Vaqt”
tushunchasini davriy ko’rinishda idro etuvchi millatlar o’tgan va kelasi zamonlarni
idrok qilishda g’arbliklardan tubdan farq qiladilar. Vaqtni uzunchoq, (orqaga
qaytmaydigan) chiziq ko’rinishida tasavvur qiladigan madaniyat vakillari o’tgan
zamonga orqada qolgan hodisa sifatida qarab, kelajakni “peshona”da turgan
umidbaxsh hodisa deb qabul qiladilar. Sharq madaniyatining asosiy qismida o’tgan
zamon, aksincha, doimo ko’z oldidagi davrdir, u ko’rinib turganligi uchunham biz
bu davr ta’siridamiz, undan saboq olamiz. Madagaskarda yashovchi elatlarda biror
bir faoliyatni bajarishdan oldin vaqtni hech qanday ayamasdan o’z ajdodlari
suyaklarini qazib olib, ular bilan maslahatlashib olish odati bor ekan. Kelasi zamon
esa, aksincha, xuddi ularni orqadan quvib kelib, atrofda aylanib, keyin yana orqaga
(o’tmishga) qaytadigan davrdek tasavvur qilinadi. “Vaqt” tushunchasining bu
32
tarzda turlicha idrok etilishi muloqotning kechishida, uning milliy-madaniy
normalarida o’z aksini topmay qolmaydi. Aynan shu qoidalarning ta’sirida
Sharqda muloqot matni ko’proq rituallikka, marosimiy tusga moyilroq. Italyanlar,
ispanlar va boshqa ayrim yevropaliklar uchrashuv va muloqotda asosiy e’tiborni
emotsionallikka, kutilmaganda ijro etiladigan
harakatlarga qaratadilar, yaponlar,
koreyslar har qanday tadbirni bosqichma-bosqich, har bir bosqich boshlanishi va
tugallanishini
aniq
chegaralash,
bu
chegarani
shaklan
belgilashga
uringanlar.Yuqorida keltirilgan “vaqt” konseptining turli madaniyatlar vakillari
idrokidagi farqlari ushbu konseptning grammatikalashuvi jarayoniga ham o’z
ta’sirini o’tkazadi. Masalan, turkiyzabon xalqlarda o’tmishdan
saboq olish,
ajdodlar tajribasiga tayanish, ma’naviy qadriyatlarga ehtirom nihoyatda kuchli.
Shuning uchun ham turkiy tillar grammatik tizimida o’tgan zamonni
ifodalovchi fe’l shakllari miqdor jihatidan hozirgi va kelasi zamon shakllaridan
ko’proq. O’zbek tili grammatikasiga oid qo’llanmalarda zamon kategoriyasini
ifodalovchi shakllar quyidagicha tavsiflanadi;
1)
O’tgan zamon:
a)
yaqin o’tgan zamon fe’li (bordi, kuyladi);
b)
uzoq o’tgan zamon fe’li (borgan edi, kuylagan edi);
c)
o’tgan zamon hikoya fe’li (borib edi, kuylab edi);
d)
o’tgan zamon davom fe’li (borar edi, kuylar edi);
e)
o’tgan zamon maqsad fe’li (bormoqchi edi, kuylamoqchi edi).
2)
Hozirgi zamon:
a)
hozirgi zamon davom fe’li (boryapti, kuylamoqda, borayotir);
b)
hozirgi kelasi zamon fe’li (boradi, kuylaydi).
3)
Kelasi zamon:
a)
kelasi zamon gumon fe’li (borarman, kuylarsan);
b)
kelasi zamon maqsad fe’li (bormoqchiman, kuylamoqchi).
33
O’zbek tili grammatik tizimida mavjud bo’lgan o’tgan zamon formalarining
ma’no va grammatik
xususiyatlari beqiyos, ular muloqot jarayonida turli
vazifalarni bajaradilar. Kelasi zamon shakllari esa kam miqdorda, ular bajaradigan
vazifalardoirasi ham cheklangan. Bizda o’tmishdan ibrat olib, hozirga e’tibor
qaratiladi. Shu sababli bo’lsa kerakki, kelasi zamon shakllariifodalaydigan
harakatlar mazmunan “shartli” yoki “gumonli”. O’zbek tili fe’l tizimining
bilimdoni A. Hojiyev ta’kidlaganidek, “(Balki) ertaga kelar” deganda,
“Harakatning bajarilish yoki bajarilmasligini haqiqatda ham so’zlovchining
bilmasligi ifodalanadi”
7
gumon qanchalik shartli bo’lsa,
istakning ijrosi ham
shunchalik
gumonli.
Demak,
foydani
hozirdan
qidirmoq
kerak.
Muloqot faoliyati uchun makon va zamon hodisalarining muhimligini
unutmasligimiz kerak. Har bir voqea ma’lum makon va zamonda kechadi hamda u
yoki bu hodisa haqidagi axborotni qabul qilayotgan tinglovchi uning qachon,
qayerda sodir bo’lganligini bilishga intiladi. Bundan tashqari, axborotning to’liq
idroki uchun, har qanday faoliyat ma’lum shaxs (shaxslar) tomonidan bajarilishi
sababli, ushbu faoliyat amalining subyekti haqidagi ma’lumot ham talab qilinadi.
Demak, “qachon” va “qayerda” savollari “kim” savolining hamrohligida nutqiy
tuzilmamundarijasini belgilaydi. Voqelikda kechayotgan hodisalar bayonida va
ular haqida axborot uzatishda uning kechish davri, paytini ko’rsatish muhim
hisoblanadi. Bunday ko’rsatish vazifasini
Do'stlaringiz bilan baham: