Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


Qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

Qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari.
Qonning faol reaksiyasini
vodorod (H
+
) va gidroksil (OH
-
) ionlarning miqdori belgilaydi. Bu reaksiyani
vodorod ko’rsatkichi – pH ifodalaydi. Qonning faol reaksiyasi g’oyat muhim
ahamiyatga ega, chunki almashinuv jarayonlari faqat muayyan reaksiyadagina
mo’tadil o’tadi.
Odamda arterial qonning pH 7,4 ga, vena qonining pH esa karbonat kislota
ko’proq bo’lganidan 7,35 ga teng. PH ning salgina (0,1-0,2 ga) o’zgarishlari
ham uzoq davom etishi mumkin emas. Qonning o’zgargan faol reaksiyasi tezda
tiklanmasa, organizm halok bo’ladi. Qonga ishqoriy va kislotali tabiatga ega
moddalar uzluksiz qo’shilib turishiga qaramay, uning pH muqim saqlanadi.
Bunga erishishning uchta yo’li ma’lum: 1) qonning bufer tizimlari yordamida;
2) CO
2
ni o’pka orqali chiqarish yo’li bilan; 3) buyraklar orqali kislotalar
ajralishini ko’paytirish, ishqoriy moddalarni saqlab qolish yo’li bilan.


Qonning pH doimiyligiga xavf tug’ilganda birinnchi galda bufer tizimlari
ishga tushadi. Bunday tizimlardan qonda to’rtta: karbonat, fosfat, plazma
oqsillari va gemoglobin bufer tizimi.
Karbonat bufer tizimi kuchsiz karbonat kislota (H
2
CO
3
) va bu kislotaning
kuchli asoslar bilan hosil qilgan tuzlaridan (NaHCO
3
, KHCO
3
) iborat. Qonda
karbonat kislotadan kuchliroq kislota paydo bo’lsa, uning anioni natriy yoki
kaliy kationi bilan birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodorod HCO
3
-
anioni bilan
karbonat kislotani hosil qiladi. Eritrotsitlardagi karboangidraza fermenti
karbonat kislotani H
2
O va CO
2
ga parchalanishini ta’minlaydi. Karbonat
angidrid o’pka orqali atmosfera havosiga chiqariladi.
Agar qonga ishqor tushsa, u karbonat kislota bilan birikib, bikarbonat va suv
hosil qiladi. Bu mumtoz bufer tizimning ahamiyati shundaki, u qon reaksiyasini
bir zumda asli holiga keltiradi.
Fosfat bufer tizimi bir asosli (NaH
2
PO
4
) va ikki asosli (Na
2
HPO
4
)
fosfatlardan iborat. Dissotsiatsiyalanishi qiyin bo’lgan bir asosli fosfat kislota
xususiyatiga ega, ikki asosli tuz esa – kuchsiz ishqor. Qonga tushgan ishqorlar
NaH
2
PO
4
bilan, kislotalar esa ikki asosli fosfat bilan reaksiyaga kirishadi.
Natijada pH o’zgarmay qolaveradi.
Amfoter xususiyatlarga ega bo’lgan plazma oqsillari kislotalar bilan ishqor
sifatida, ishqoriy moddalar bilan kislota sifatida reaksiyaga kirishib, qonning pH
doimiyligini saqlashda ishtirok etadi.
Ammo bu jarayonda gemoglobin bufer tizimi asosiy rol o’ynaydi.
Gemoglobin bufer tizimiga qonning bufer sig’imining 75% to’g’ri keladi. Bu
tizimni tiklangan gemoglobin (HHb) va gemoglobinning kaliyli tuzi (KHb)
tashkil qiladi. Vodorod ionlarining miqdori H
2
CO
3
hisobiga ko’payib ketsa,
gemoglobinning tuzi kaliy ajratadi. HCO
3
-
anioni bu kaliy bilan birikib, neytral
tuz 
hosil 
qiladi. 
Vodorod 
esa 
gemoglobin 
bilan 
birikib, 
deyerli
dissotsiatsiyalanmaydigan HHb ga aylanadi. Natijada vodorod ionlari bog’lanadi
va qonning pH o’zgarmaydi.
Buyraklarning pH doimiyligini ta’minlashdagi roli ajratuv fiziologiyasiga
bag’ishlangan bobda ko’riladi.
Qon faol reaksiyasining doimiyligini saqlovchi kuchli mexanizmlar
mavjudligiga qaramasdan, vodorod ko’rsatkich ba’zi fiziologik va patologik
holatlarda o’zgaradi. PH ning ishqoriy tomonga o’zgarishi alkaloz, kislotalo
tomonga o’zgarishi atsidoz deyiladi. Bu ko’rsatkich 7,0 gacha pasaysa va 7,8
dan ortsa, organizm juda tez halok bo’ladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish