Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


MIKROTSIRKULYATOR HAVZADA FILTRLANISH YO’LI BILAN



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

MIKROTSIRKULYATOR HAVZADA FILTRLANISH YO’LI BILAN


MODDA ALMASHINUVI
Tomirlardagi va to’qimalararo fazolar o’rtasida modda almashinuvini
ta’minlovchi ikkinchi mexanizm filtrlanish va reabsorbsiyadir. Ye.Starling
nazariyasiga ko’ra, kapillyarlarning arterial uchidan filtrlanib o’tadigan suyuqlik
hajmi va venoz tarafda qayta so’riladigan suyuqlik hajmi o’rtasida dinamik
muvozanat saqlanishi kerak.
Kapillyarlarda filtrlanish va qayta so’rilishning tezligi quyidagi kuchlarga
bog’liq: kapillyardagi qonning gidrostatik bosimiga (P
gq
), to’qimalararo
suyuqlikning gidrostatik bosimiga (P
gt
), kapillyardagi qonning onkotik bosimiga
(P
oq
), to’qimalararo suyuqlikning onkotik bosimiga (P
ot
), hamda filtrlanish
koeffitsiyentiga – K.
Kapillyardagi gidrostatik bosim (P
gq
) va to’qimalardagi onkotik bosim (P
ot
)
suyuqlikning kapillyardan chqishini ta’minlaydi. To’qimalararo suyuqlikning
gidrostatik bosimi (P
gt
) va qonning onkotik bosimi (P
oq
) – suyuqlikni to’qimadan
qonga o’tkazadi.
1 minutlik filtrlanishni quyidagi tenglama yordamida hisoblash mumkin:
V= (P
gq
+P
ot
- P
gt
+P
oq
) x K. Agar V musbat chiqsa – filtrlanish, manfiy bo’lsa –
qayta so’rilish ro’y beradi.
Bevosita o’lchashlar kapillyarning boshida gidrostatik bosim 30-35 mm.s.u.,
oxirida esa 15-20 mm.s.u. bo’lishini ko’rsatdi. Shunday qilib, kapillyardagi
o’rtacha bosim 25 mm.s.u. bo’ladi.
To’qima suyuqligining bosimini bevosita o’lchash mumkin emas. Bu
suyuqlikning bosimi odatda 0-3 mm.s.u. ga teng deb hisoblanadi.
Plazmaning onkotik bosimi 25 mm.s.u. ga teng, to’qima suyuqligining
onkotik bosimi 4,5 mm.s.u. chamasida.
Shunga asoslanib, suyuqlikning kapillyarlar va to’qimalararo fazo
o’rtasidagi harakatining soddalashtirilgan chizmasini tuzish mumkin.
Kapillyarlarning arterial uchida tashqariga qaratilgan 37 mm.s.u. ga teng
bosim hosil bo’ladi (P
gq
+P
ot
=32,5+4,5=37 mm.s.u.). Unga 28 mm.s.u. ga teng va
kapillyar ichiga qaratilgan bosim qarshilik qiladi (P
oq
+P
gt
=25+3=28 mm.s.u.).
Shu tarzda samarali filtrlovchi bosim 9 mm.s.u. bo’ladi (37 mm.s.u. -
28
mm.s.u.). Kapillyarning venoz uchida tashqariga qaratilgan bosim 22 mm.s.u.
(P
gq
+P
ot
=17,5+4,5=22 mm.s.u.), samarali reabsorbsiyani ta’minlovchi bosim esa
6 mm.s.u. ni tashkil qiladi.
Demak, filtrlovchi bosim reabsorbsiyani ta’minlovchi bosimdan yuqori (9
mm.s.u.>6 mm.s.u.). Shuning uchun kapillyarning arterial qismida filtrlangan
suyuqlikning faqat 90% venoz qismida qayta so’riladi. Suyuqlikning 10% esa
to’qimalararo fazodan limfa bilan chiqib ketadi.
Organizmning hamma kapillyarlari orqali filtrlanadigan suyuqlik miqdori 1
daqiqada 14 ml ni, bir kecha-kunduzda esa 20 litrni tashkil qiladi.
Reabsorbsiyaning tezligi 12,5 ml/daqiqa, bir kecha-kunduzda 18 litrga yaqin.
Qolgan 2 litr suyuqlik limfa tomirlariga so’riladi.


Filtrlanish jadalligi qon bosimi ko’tarilganda, plazmaning onkotik bosimi
kamayganda (gipoproteinemiyada), kapillyarlarning o’tkazuvchanligi oshganda,
to’qima suyuqligining osmotik bosimi ko’tarilganda oshib, shish paydo
bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish