“Ularga (taloq iddasini saqlayotgan xotinlaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan
joydan toqatingizga qarab joy beringlar...”
(Taloq surasi, 6-oyat).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham buyuradilar: “Uni (ayolingizni) uydan tashqarida yolg‘iz
qoldirmang!”.
Uy insonning hayotida voz kecha olmaydigan ehtiyojidir. Bu ehtiyoj ayol uchun yanada
muhim va zarurroq. Chunki, ayol vaqtining ko‘pini shu maskanda o‘tkazadi. Shu
sababdanki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Ado etilishi eng zarur bo‘lgan
shart bir ayolga uylanayotganda aytilgan shartlardir”.
Ahmad ibn Hanbal bilan Ishoq ibn Rovayh bir ayolga uylanayotganda unga uydan
chiqarib yubormaslik va boshqa bir shaharga ko‘chib ketmaslik haqida va’da berilgan
bo‘lsa, bu va’dani bajarish kerakligini so‘zlaganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |