«Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning
ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘
(farishta)lar bordir. Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar»
(Infitor surasi, 10-12-
oyatlar). Biroq bilish yozish emas, buni ham bil.
EY BIRODAR, ODOBNI MAHKAM USHLA!
Aytadilarki, odob bilan amal qilish fikri bo‘lmasa, kishining ilm talab etmog‘i durust
emas. Odob dinning uchdan ikki bo‘lagidir.
Odob borasida ruxsatga amal qilgan kishi yetishgan joyidan orqaga qaytgan bo‘ladi.
* Deydilarki, odobi yo‘qning shariati ham, imoni va tavhidi ham bo‘lmaydi.
* Kim toat - itoatida odobga rioya etmasa, Rabbining rahmatidan mahrum qoladi.
* Tarki adab dargohdan quvilishga bois bo‘ladi. O’tirgan o‘rnida odobsizlik qilgan
tashqariga chiqarib tashlanadi, yana odobsizlik qilsa, hayvonlarni boqishga yuboriladi.
* Allohning valiylari ulug‘ maqomga ko‘p amal bilan emas, balki odob va go‘zal axloq
bilan yetishganlar. Bundan ham boxabar bo‘l, do‘stim!
Do'stlaringiz bilan baham: |