19 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 19 19 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?
2. “Har qanday jamiyat jamoadir” degan fi krni asoslab bering.
3. “Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘la olmaydi” degan fi krni asoslab
bering.
4. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor?
5. O‘zingizning jamiyatdagi rolingizni kuchaytirish uchun kelajakda nima-
larga erishishni istar edingiz?
6. “Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi” degan mulohazaga
siz qanday qaraysiz? Fikringizni asoslang.
7. “Jamiyat – ijtimoiy munosabatlar majmui, yig‘indisi”, – degan e’tirof
zamirida nimalar yotibdi deb o‘ylaysiz?
5-6 kishidan bo‘lib guruhlarga bo‘- l i ning. 1. Shaklni har bir guruh alohida tahlil qilsin. 2. Har ikki doiraning bir-biri bilan kesishishi nimani anglatadi? 3. Uchchala doiraning bir-biri bilan birdaniga kesishishi-chi? 4. Har bir guruh chizmadan foydala- nib “jamiyat” atamasiga ta’rif berishga harakat qilsin.