Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/86
Sana11.02.2022
Hajmi5,37 Mb.
#442456
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
Bog'liq
7.LaTexga kirish fanidan Laboratoriya

 
5.4. MATEMATIK CHEKLOVLAR 
Latexda turli buyruqlar kiritishda turlicha belgilardan foydalaniladi.Ular 
orasida bir nechta asosiy belgilar mavjud.Bu belgilar Latex dasturining maxsus 
belgilari hisoblanadi.Bu belgilar quyidagilar: $ & % # _ { } ~ ^ \
Bu belgilar orqali turli xil buyruqlar kiritilganligi sababli,bu belgilarni o‘z 
sahifangizda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlata olmaysiz.Agar o‘z hujjatingizda bu 


58 
belgilardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz maxsus “\” belgisidan foydalanishingiz 
mumkin.Masalan: 
$ & % # _ { } \$ \& \% \# \_ \{ \}
Bu belgilardan ko‘plab matnli qatorlarda,ko‘plab buyruqlar yozishda va 
boshqa matematik formulalar yozishda foydalanish mumkin. Ammo “\” belgisini
kiritishda “\\” belgidan foydalanish mumkin emas.”\\” belgi Latexda keyingi 
qatorga o‘tishni bildiradi. 
Shuningdek bu belgilarrni \symbol{kod} buyrug‘i yordamida sakkizlik va 
o‘n oltilik sanoq sistemalaridagi kodlari orqali ham kiritish mumkin.Masalan 
\symbol{‘40} va \symbol{“20} larning ikkalasi ham ` belgisini bildiradi.Bunda 
agar ‘ yoki “ belgilarini yozmasdan faqat kodni o‘zi yozilsa Latex natija sifatida 
ASCII jadvalidagi kodga mos belgini qaytaradi.Bu usul ham ancha qulay.Chunki 
aksariyat foydalanuvchilar odatda ASCII kodlaridan foydalanishadi.Agar hozirgi 
misolimiz uchun bu usulni qo‘llaydigan bo‘lsak u holda \symbol{32} ham ` belgini 
qaytaradi. 
Matematikada ko‘p hollarda grek harflaridan foydalaniladi.Shu sababli biz 
ham LATEXda matematik formula kiritishni grek harflarini kiritishdan 
boshlaymiz. LATEXda grek harflarini kiritish buyrug‘i “\” belgisi va shu belgining 
inglizcha nomini yozish orqali kiritiladi(Masalan:
harfi \alpha kabi 
kiritiladi).Shu o‘rinda yana bir ma’lumotni aytib o‘tish kerak.Grek harflari 
ro‘yhatidan (“omikron” deb o‘qiladi) harfini bu usul bilan kiritib bo‘lmaydi(Ya’ni 
\omikron deb yozish no‘to‘g‘ri hisoblanadi).Bu harfni kiritish uchun kursivda 
yozilgan lotincha “o” harfi,yoki odatdagidek o harfini kiritish kifoya. Misol 
tariqasida bir necha grek harflarining LATEXda yozilishini jadvalini keltiramiz.


59 
Ko‘p ishlatiladigan buyruqlardan yana biri integral belgisi uchun 
qo‘llanadigan buyruqdir. Latexda odatiy integral (∫) kiritish uchun \int 
buyrug‘i, konturli integral uchun \oint buyrug‘i ishlatiladi.Integralning yuqori 
va pastki indekslari va integral osti funksiya ham kiritish mumkin.Masalan:
Agar integral chegaralari indeksda emas, yuqori va quyi chegarada 
bo‘lishi lozim bo‘lsa , u holda \int buyrug‘ini \limits buyrug‘i bilan birgalikda 
ishlatishimiz mumkin.Masalan:
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
\int\limits_0^1 x^2 dx=1/6 
$$ 
\end{document} 
Natija: 
Agar chegaralar boshqacha ko‘rinishda bo‘lsa ya’ni turli xil operatorlar 
va belgilardan iborat bo‘lsa \nolimits dan foydalanish mukin. 
Avtomatik o‘lchamlarni aniqlash 
Ko‘pincha matematik funktsiyalar bir-biridan farq qiladi va bu holda 
ifoda atrofidagi bo‘linmalar navbati bilan o‘zgarishi kerak. Bu \left, \right va 
\middle buyruqlar yordamida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin.


60 
Misol: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
\left(\frac{x^2}{y^3}\right) 
$$ 
\end{document} 
Natija: 
Misol: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
P\left(A=2\middle|\frac{A^2}{B}>4\right) 
$$ 
\end{document} 
Natija: 
Qavslar \left\{ va \right\}yordamida boshqacha tarzda aniqlanadi. 
Misol: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
\left\{\frac{x^2}{y^3}\right\} 
$$ 
\end{document} 
Natija: 


61 
Agar ajratuvchi faqat iboraning bir tomonida kerak bo‘lsa, boshqa 
tomondan u nuqta bilan ajratilishi mumkin (.), ushbu nuqta natijada 
ko‘rinmaydi. Va bo‘sh koyni tashkil qiladi. 
Misol: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
\left.\frac{x^3}{3}\right|_0^1 
$$ 
\end{document} 
Natija: 
Qo‘lda o‘lchamlarni aniqlash 
Ba'zi hollarda, \left va \right buyruqlar tomonidan ishlab chiqarilgan 
avtomatik o‘lchamlarni biz nazorat qilishimi ya’ni o‘zgartishimiz mumkin 
bo‘ladi. Bunday holda, buyruqlar-modifikatorlar \big, \Big, \big va \Big 
foydalanish mumkin. 
Misol: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
( \big( \Big( \bigg( \Bigg( 
$$ 
\end{document} 
Natija: 


62 
Ushbu buyruqlar, birinchi navbatda, ichki ajratgichlar bilan ishlashda 
foydalidir. Misol uchun, yozishda: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
\frac{\mathrm d}{\mathrm d x} \left( k g(x) \right) 
$$ 
\end{document} 
Natija: 
Ko‘rib turganimizdek, \left va \right komandalari ularga biriktirilgan bir xil 
o‘lchamdagi bo‘linmalarni yaratadilar. Bu yozuvlarni o‘qishda qiyinchiliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Biz bu kodni quyidagicha almashtirishimiz mumkin: 
\documentclass{article} 
\begin{document} 
$$ 
\frac{\mathrm d}{\mathrm d x} \big( k g(x) \big) 
$$ 
\end{document} 
Natija: 
Ikki holda ham bir xil natijaga erishamiz, qilingan ish xato bo‘lmaydi. 1-
ko‘rsatilgan misolda \left va \rigth dan foydalanilgan. Bunda yuqorida 
aytganimizdek kodni o‘qishda chalkashish bo‘lishi mumkin, biz buni oldini 
olish maqsadida \big dan foydalandik.


63 
Agar yozadigan misolimiz juda katta bo‘lsa, o‘lchamlarni qo‘lda 
aniqlash ham foydali bo‘ladi. Sababi buyruqlar ko‘p ishlatiladigan 
formulalarda \rigth va \left ko‘p ishlatilsa noto‘g‘ri o‘lchamlarni olib kelishi 
mumkin.bunday xatolikni oldini olish uchun biz o‘lchamlarni qo‘lda 
kiritganimiz yaxshi natija beradi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish