Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketing nazorati va uning turlari



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

 
5.3. Marketing nazorati va uning turlari 
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadga erishish darajasini belgilash, 
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash, 
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‗zgarishlariga 
qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar. 
Marketing nazoratining uch turi mavjud: 
1. 
Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish; 
2. 
Foydalilikni nazorat qilish; 
3. 
Strategik nazorat . 
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‗ljallangan natijalarga erishishga 
ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing 
xarajatlari bilan mahsulot sotish o‗rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning 
munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi. 
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, 
sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing 
xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda 
tutadi. 


100 
Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad 
topaetganligini va qaysi o‗rinlarda uni yo‗qotayotganligini aniqlashdan iborat. 
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini 
rejalashtirilgan ko‗rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. 
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida 
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo 
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‗yicha amalga 
oshiriladi. 
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o‗zidagi marketing 
imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo‗qmi shu holat 
nazorat qilinadi. 
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va 
ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash 
maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o‗z 
ichiga makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish 
samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini 
oladi. 
Marketing taktikasi marketing strategiyasidan farq qilgan holda bosh 
maqsadda firma mahsulotiga bo‗lgan iste‘molchilar talabini shakllantirish va 
qondirish tamoyillarini hamda kon‘yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing 
taktikasi ma‘lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‗yicha hamda aniq 
bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‗liqdir. U 
kon‘yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek 
marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi 
korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman 
bog‗liqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona 
ta‘minlashda marketingni amalga oshirishni yo‗llari va vositalari, shakl va 
usullarini aniqlaydi va tartibga soladi. 


101 
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini 
aniqlash yo‗li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi. 
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida 
rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati 
bo‗yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‗rta muddatli va qisqa muddatli bo‗ladi. 
Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, 
Delfi uslublarini kiritish mumkin. 
O‗rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish 
texnikasi, maqsadli daraxt bo‗yicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, 
chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi. 
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli 
rejalashtirish texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish 
uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, 
moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qo‗llaniladi. 
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 5.3 - rasmda 
berilgan. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish