3.2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi
Testli tadqiqotlar qabul qilingan marketing qarorlarini to‗g‗riligini
tekshirishga yo‗naltirilgan.
Prognoz tadqiqotlar ob‘ektning kelgusi holatini baholash bilan bog‗liqdir.
Marketing tadqiqotlarining yo‗nalishlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
iste‘molchilarni, bozorni, makro muhitni, firmaning ichki muhitini,
raqobatchilarni, sotishni, siljitishni, narxni, tovarni o‗rganishdir. Ularning maqsadi
esa, ya‘ni iste‘molchilarni o‗rganishda bozorni segmentlash, maqsadli bozorni
tanlash, bozorni o‗rganishda – bozor sig‗imini baholash, makromuhitni
o‗rganishda tashqi imkoniyat va tazyiqlarni baholash, raqobatchilarni o‗rganishda
firmaning raqobatli ustunligini ta‘minlash, sotishni o‗rganishda samarali sotish
tarmoqlarini tuzilishini, siljitishda axborot bilan ta‘minlash darajasini va firmaga
va uning tovarlariga nisbatan sodiqligini oshirish, narxni o‗rganishda narxni
optimallashtirish; tovarni o‗rganishda tovarning raqobatbardoshligini oshirishdan
iborat bo‗ladi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish,
shakllanish va rivojlanishning ob‘ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda
uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgandir.
U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga
O'tkazish joyi
bo'yicha
kabinet
dala
qamrab olish darajasi
bo'yicha
to'liq
tanlanma
maqsadi bo'yicha
qidiruv
tushuntiruv
sabab-oqibat
test
prognoz qilish
49
erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.
Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etmog‗i lozim:
xaridorlar (iste‘molchilar) ehtiyojini o‗rganish;
tovarlarga bo‗lgan ichki va tashqi talablarni o‗rganish;
korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
talab va taklif to‗g‗risidagi olingan ma‘lumotlar asosida bozorni
o‗rganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini oshirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma‘lumotlar to‗plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‗g‗risida ma‘lumotlar
olish;
to‗ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to‗g‗risida axborotlar
yig‗ish;
tovarlarga bo‗lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat
qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bularsiz sotishning maqbul darajasini
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig‗ida
hisoblab chiqiladi.
Marketingning qo‗llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy –
iqtisodiy tarakkiyot darajasini hisobga olish lozim. CHunki marketing – murakkab,
harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U
bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo‗lgan ehtiyoji va talabiga, uning
xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka
javob berish kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta‘minlash uchun tovar
assortimentini tez o‗zgartirish, uni ommaviy ravishda o‗zlashtirishga javob
beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga
imkon beradi. Bundan tashkari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani
50
boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashki
savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orkali sotishdan
iborat tashkiliy masalalarni xal qilish zarur.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar va shu
bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari
va undan samarali foydalanishlari lozim.
Mamlakatimizda bugungi kunda oziq-ovqat sanoati korxonalari eksportini
kengaytirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor raqobatbardosh
mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan tovarlar
ulushini ko‗paytirish hamda jahon bozorida mustahkam o‗rin egallash bo‗yicha
iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7
fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar
strategiyasining uchinchi yo‗nalishida eksportni oshirish bo‗yicha, ―...eksport
faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini
diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini
kengaytirish va safarbar etish‖
7
bo‗yicha ulkan vazifalar belgilangan.
Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida oziq-ovqat sanoati korxonalari,
xususan ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xoding kompaniyasiga qarashli korxonalarning
mahsulotlari eksportini kengaytirish, korxonalarning tashqi bozorga chiqish
bo‗yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda.
Bozor raqobati sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar savdo
hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
SHuning uchun ham bu o‗rinda korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun
marketing tadqiqotlarini olib borish va ular asosida raqobat bo‗yicha ustunlikka
erishishi zarur.
7
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси‖
тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й.
www.lex.uz.
51
2015 yilda mamlakatimizning eksport hajmi 12 507,6 mln. dollarni tashkil
etgan bo‗lsa, 2016 yilga kelib eksportning hajmi 12 570,2 mln. dollarni tashkil etdi
va o‗tgan yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 100,5 foizni tashkil etdi. Undan oziq ovqat
mahsulotlarini eksport hajmi 2016 yilda 1 069,8 mln. dollarni tashkil etib, undan
meva-sabzavot mahsulotlarini eksporti 1 003,7 mln. dollarni
tashkil etdi. Meva-
sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha eksport hajmi 56,1 mln. dollarga
etib, bu ko‗rsatkich 2015 yilda 35,9 mln.dollarni tashkil qilgan edi. O‗tgan yilga
nisbatan o‗sish sur‘ati 156,4 foizni tashkil etgan
8
. Bundan ko‗rinib turibdiki,
mamlakatimizda
meva-sabzavot
mahsulotlarini
qayta
ishlash
sanoatini
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki,
―O‗zbekozoqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi tizimi korxonalari meva-savzavot
mahsulotlarini qayta ishlashga, ularda marketing tadqiqotlarini olib borishga,
logistik xizmatlarni tashkil etishga, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga alohida
ahamiyat berishi zarurligini ta‘kidlash mumkin.
Bu o‗rinda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrda
―Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek,
quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‗llab-quvvatlash
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi qarori o‗z vaqtida qabul
qilingan muhim me‘yoriy hujjat bo‗lib, ushbu qaror bilan xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi tartib taomillarini
yanada soddalashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishlab chiqarishni
rag‗batlantirish nazarda tutilgan. Qarorda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport
qilish sohasida infratuzilmalarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy
etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ushbu qaror orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni
yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari,
uzum, poliz, dukkakli ekinlar shuningdek quritilgan sabzavotlar va mevalarning
hajmini ko‗paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish,
mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini
oshirishga erishiladi.
8
Davlat statistika Qo‘mitasining 2016 yilgi ma‘lumotlari.
52
Hammamizga ma‘lumki, ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar
asosiy e‘tiborni mahsulot sifatini yaxshilashga qaratishi lozim, bu esa o‗z
navbatida, mahsulotga bo‗lgan talabning ortishiga, raqobatbardoshlik darajasini
ortishiga, sotish hajmini ko‗payishiga, korxonaning tashqi bozordagi mavqeini
mustahkamlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |