©
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A.
, 2018
© «IQTISODIYOT», 2018
3
K I R I SH
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ―Mahalliy
eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‗llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy
faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2017 yil 21 iyunda
qabul qilingan qarorida ―...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda
zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish...‖
1
alohida ko‗rsatib o‗tilgan.
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy
– iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama,
chuqur o‗rganishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‗yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta‘rifi
mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda
ko‗p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‗yicha turli
oqimdagi juda ko‗p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini
ko‗rsatadi.
Demak, marketingning ta‘rifi turli-tuman. Ammo bundan qat‘iy nazar, ulardan
ko‗pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor
muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash
yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek,
boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‗nalishida
kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‗yicha, ―...faoliyat ko‗rsatayotgan erkin
iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish,
yangilarini tashkil etish‖
2
bo‗yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda
davlatimiz rahbari respublikamiz bo‗yicha qaysi hududga bormasin, o‗sha
hududda kichik sanoat korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг ―Маҳаллий экспорт қилувчи
ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора –
тадбирлари тўғрисида‖ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―2017-2021 йиллардаги
Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси‖
тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й.
www.lex.uz.
4
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat
ichki bozorga, balki tashqi bozorlarga eksport qilish zarurligini
3
ta‘kidlab o‗tdi.
Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish
hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat
zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga
oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va
kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb
etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini
tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‗yicha marketing strategiyasini
ishlab chiqish muhim o‗ringa egadir.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi
barcha ta‘riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste‘mol sohasini yaxlit
tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi
sharoitida, korxona ishi sifati bo‗yicha o‗z raqobatchilariga nisbatan,
iste‘molchilarni muhtojligini qondirishga yo‗naltirilgan faoliyatda, doimo
ustunlikka erishishni taqazo etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‗zgarishlarga tezda moslashish,
iste‘molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon‘yunkturani o‗rganish va
bashorat qilish hamda ta‘sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‗rganishni
o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygandir. «Marketing» fani korxonalar (firmalar)ni
bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya‘ni, foyda oladigan bozorlar
hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e‘tibor beradi.
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‗tgan asrning
oltmishinchi yillari o‗rtalarida paydo bo‗ldi. To‗g‗ri, u paytdagi barcha maqolalar
tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‗rganish XX
3
Мирзиѐев Ш.М. Халққа хизмат қилиш, одамларнинг манфаатларини таъминлаш-раҳбарлар
фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767).
5
asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul
munosabatlarini asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta‘lim muassasalarining
professor-o‗qituvchilaridan bu yo‗nalishda faol harakat qilishni talab etdi. SHu
sababli, iqtisodiyot yo‗nalishlari uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‗quv
yurtlari birinchilar qatorida «Marketing» fanini o‗rganishga kirishishdi.
«Marketing»ni o‗rganish hamda o‗qitish imkoniyatlarini ko‗rib chiqish
bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing» fani
rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‗rganilayotgan bo‗lsa, shunday qabul
etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‗siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat,
iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada
qabul ham eta olmaydi. Chunki, O‗zbekistonda bozor munosabatlari so‗nggi
davrlarda rivojlana boshladi. SHuning uchun ham biz «Marketing» fani
rivojlanishining boshlang‗ich bosqichlariga ko‗proq e‘tiborni qaratib, uning
shunday bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati
darjasiga ko‗proq javob bersin.
Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‗pgina mutaxassislar marketingdan faqat
bozor tovarlarga mo‗l-ko‗l bo‗lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb
hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‗lganda samaralidir. Lekin,
«Marketing» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi
ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyot,
biznes
va
tijorat
sohasi
bo‗yicha tayyorlanayotgan
mutaxassisliklar uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini
o‗rgatadigan asosiy fan. Marketing eng avvalo, uni o‗rganuvchilarni bozor faoliyati
tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini
o‗rganadi. «Marketing» - bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama,
iste‘molchilarni o‗rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat
qaltisligini va raqobatchilarni o‗rganadigan fandir.
Iste‘mol qimmatiga ega bo‗lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va
mijozni unga bo‗lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi
6
hamda amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi,
mijozlar ehtiyojini qondirishdan iborat.
Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste‘molchilarni qidiruvchi,
yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san‘atdir.
Hozirgi kunda, oliy ta‘lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga
bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‗nikmalarni «Marketing»
fani orqali singdiriladi.
Faqat «Marketing» fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‗lgan
«raqobat» tushunchasini to‗g‗ri yoritadi. Biz raqobatni tushunib etishimiz va uning
qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‗rganishimiz zarur.
«Marketing» fani shu bilan bir qatorda iste‘molchi xulqini modellashtirish,
tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‗batlantirishni, reklamani va bozorni
chuqur o‗rganadi.
«Marketing» fani bozorni xo‗jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya‘ni
ularni u erda namoyon bo‗lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‗radi. SHu tufayli
barchamiz bozorni xo‗jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul
qilib, u erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‗lishimiz kerak.
Shuni qayd etish lozimki, «Marketing» bo‗yicha xorijiy tajribani
korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri tatbiq etish juda
cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‗liq holda, ya‘ni
bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati
o‗rtasidagi prinsipial farqlar bo‗yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada
masalaga milliy iqtisodiyotimizning o‗ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur.
Mazkur
darslik
O‗zbekiston Respublikasining barcha oliy ta‘lim
muassasalarida foydalanib kelinayotgan namunaviy o‗quv dasturi asosida yozildi.
Undagi nazariy xulosalarni bevosita amaliyot bilan bog‗liq holda yoritishga
harakat qilindi.
«Marketing» fani keng qirradagi oliy ma‘lumotli zamonaviy raqobatbardosh
iqtisodchilarni (marketologlarni) shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlaridan
7
biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga marketingni asosiy
uslublarini va tamoyillarini o‗rgatishdan iboratdir.
Mazkur darslik uchinchi marta qayta nashr etilmoqda. Avvalgilaridan farqli
ravishda ushbu darslik 13 ta bobdan iborat bo‗lib, unda marketingni ijtimoiy-
iqtisodiy asoslari, funksiyalari, vazifalari va turlari, marketing tadqiqotlari va
axborot tizimi, marketing tizimi, strategik marketing, talabni qondirishni tadqiq
qilish va prognoz qilish, bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda
pozitsiyalashtirish, raqobatli strategiyalar, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya
siyosatlari, interaktiv marketing kabi bob va mavzular qayta ishlandi, tubdan
takomillashtirilgan.
Ushbu darslikning 5,13 - boblarini tayyorlashda Ziyaeva M.M., 4, 10, 12 –
boblarini tayyorlashda dos. Samadov A.N., 2, 3, 6 – boblarini tayyorlashda
kat.o‘qit. Sharipov I.B.lar ishtirok etdi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |