Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Internetda tovar siyosati



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

 
13.4. Internetda tovar siyosati
Internet tomonidan zamonaviy tijorat dunyosiga olib kirilgan eng asosiy 
xislatlardan biri asosiy rolning ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga o‗tishi 
hisoblanadi. Internet kompaniyalar uchun kompyuter ekrani oldida o‗tirgan yangi 
mijozning e‘tiborini biror soniyalar ichida jalb qilish imkonini berdi. Biroq shu 
bilan bir vaqtda u xuddi shu foydalanuvchiga sichqoncha tugmasini bir necha 
marta bosib raqobatchilarga o‗tib ketishiga ham imkon beradi. Bunday vaziyatda 
xaridorlarning diqqat-e‘tibori eng katta qimmatga ega bo‗ladi, mijozlar bilan 
o‗rnatilgan aloqalar esa kompaniyaning asosiy kapitaliga aylanadi. 
Internet tijorat yuritishning zamon va makon ko‗rsatkichlarini keskin 
o‗zgartirib yuboradi. U hech qanday hududiy cheklovlarsiz to‗g‗ri kommunikatsiya 
vositasi bo‗lib, bunda axborotga ulanish qiymati an‘anaviy vositalarning aksi 
o‗laroq undan uzoqlikda joylashganlikka bog‗liq emas. SHunday qilib, internet 
elektron tijorat eng mayda ta‘minotchilarga ham jahon miqyosida biznes bilan 
shug‗ullanishga imkon beradi. Mos ravishda, buyurtmachilar ham talab 
qilinayotgan tovar va xizmatlar taklif etuvchi potensial ta‘minotchilarni geografik 
joylashuvidan qat‘i nazar global tanlash imkoniga ega bo‗ladilar. Sotuvchi va 
xaridor o‗rtasidagi masofa tovarni etkazib berish bosqichidagina transport 
xarajatlari nuqtai nazaridan rol o‗ynaydi, xolos. 
Kompaniyaning web-saytiga tashrif buyuruvchilarni ularning dastlabki 
tashrifidan keyin ushlab qolish kompaniya oldida turgan eng muhim vazifalardan 
biri sanaladi. Amaliyotdan ma‘lum bo‗lishicha, tashrif buyuruvchilarni ushlab 


280 
qolish kompaniya uchun yangi tashrif buyuruvchilarni jalb etishga nisbatan arzon 
tushadi. Shu sababdan kompaniya bir marta tashrif buyurgan kishilarni kompaniya 
saytiga vaqti-vaqti bilan muntazam kirib turishini ta‘minlash uchun qo‗lidan 
kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishi lozim.
Odatda, 
internetdan 
foydalanuvchining 
kompaniya 
saytiga 
tashrif 
buyurishidan maqsad biror xizmatlarga ehtiyoj hisoblanadi. Bu ehtiyoj eng ko‗p 
axborot olishda, boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa qilishda vujudga keladi. Shu 
bilan birga, u yoki bu tovar va xizmatlarni xarid qilish ehtiyoji ham tobora ko‗proq 
uchramoqda. 
Foydalanuvchining firmaga moyilligi va uning saytiga qayta tashrif 
buyurishining garovi bo‗lib bunday vaziyatda foydalanuvchini web-saytga olib 
kelgan asosiy ehtiyojlarni maksimal darajada qondirish, shuningdek, qo‗shimcha 
xizmatlar taqdim etish yo‗li bilan xarid qilingan tovar va xizmatlar qimmatini 
oshiruvchi vaziyatni shakllantirish, sotuvdan oldingi va keyingi xizmat ko‗rsatish, 
turli ma‘lumotnomalar, boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa kabilar xizmat qilishi 
mumkin. Bundan tashqari, saytning muloqot doirasi xohish-istaklari va 
ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish uchun ular bilan barqaror qaytuvchan aloqa 
o‗rnatishni ta‘minlovchi vositalardan foydalanish zarur. 
Istalgan bozorlar turida, xoh u an‘anaviy bozor bo‗lsin, xoh Internet bozori 
bo‗lsin, korxonalar tijorat faoliyati ular chiqarayotgan tovar yoki ko‗rsatayotgan 
xizmatlarga talab mavjud bo‗lib, xaridorlarning ma‘lum bir ehtiyojlarini shu tovar 
yoki xizmatlarni xarid qilish orqali qondirishi firmaga foyda keltirgan holdagina 
samarali bo‗lishi mumkin. 
Chiqarilayotgan 
tovar 
yoki 
ko‗rsatilayotgan xizmatlar har doim 
raqobatbardosh va ularga talab yuqori bo‗lishi uchun ko‗plab qarorlar qabul qilish 
zarur. Marketing faoliyatida bunday qarorlar, odatda to‗rt yo‗nalishga aloqador 
bo‗ladi: tovar siyosati, narx siyosati, taqsimot va sotuv siyosati, kommunikativ 
siyosat. Tovar siyosati bu qatorda asosiy hisoblanadi, uning atrofida tovarni xarid 
qilish va uni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste‘molchi tomon harakatlantirish 
usullari bilan bog‗liq boshqa qarorlar shakllanadi. 


281 
Internet tovar siyosatiga inqilobiy ta‘sir bilan bir qatorda xizmat ko‗rsatish 
sohasiga ham kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Internet orqali axborot, moliyaviy, turistik va 
ta‘lim xizmatlari ko‗rsatish hozirgi dunyoning ajralmas bir qismiga aylanib 
ulgurdi. 
World Wide Web xizmati paydo bo‗lgan paytdan boshlab Internet mahsulot 
tarqatishning yangi kanaliga aylandi. Internet assortiment qatoridan o‗rin olgan 
birinchi tovarlar axborot, kitoblar, audio va video yozuvlar, kompakt-disklar 
hisoblanadi. Bugungi kunda ular eng ko‗p xarid qilinayotgan mahsulotlar bo‗lib 
qolmoqda, biroq bu tovarlar assortimenti amalda cheksiz bo‗lib, antikvariatdan 
tortib to zamonaviy va yuqori texnologiyali qurilmalargacha qamrab oladi. 
Internetda tovar siyosati xususiyatlariga o‗tishdan avval tovar va tovar 
siyosati tushunchalarini ko‗rib chiqamiz. 
Tovar jonli mehnat mahsuli, foydali samara yoki foydali narsani ifodalaydi, 
uni xarid qilish va undan foydalanish iste‘molchining muayyan ehtiyojlarini 
qondiradi. 
Tovar siyosati deganda raqobatli ustunlikni shakllantirish va tovarni 
iste‘molchi uchun doimiy to‗laqonli qiluvchi hamda u yoki bu ehtiyojni qondirib, 
firmaga mos keluvchi foydani ta‘minlovchi tovar tavsifnomasini yaratish bo‗yicha 
strategiya va chora-tadbirlar majmuasini rejalashtirish va amalga oshirish bilan 
bog‗liq marketing faoliyati tushuniladi. 
Tovar siyosatining asosiy maqsadlariga erishish ikkita asosiy sohadagi 
vazifalarni hal qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi: 

yangi tovar yaratish — yangi tovarni izlash, yaratish, rivojlantirish va 
bozorga chiqarish; 

tovarga hamrohlik qilish — tovar sifatini tartibga solish, bozorda tovar 
xulq-atvorini nazorat qilish, servis xizmati ko‗rsatish va hokazo. YAngi tovar 
yaratishdan farqli o‗laroq tovarga hamrohlik qilish tovarning butun hayotiylik 
davrida davom etadi. 


282 
Tovarning asosiy vazifasi iste‘molchi ehtiyojlarini qondirish sanaladi. SHu 
asnoda firmaning asosiy vazifasi tovarning asosiy qimmatini to‗g‗ri belgilash, 
diqqat-e‘tiborni u qoniqtiruvchi ehtiyojlarga qaratishdan iborat. 
Biroq tovarning asosiy iste‘mol qimmati etarli darajada emas. Uni tovar 
jozibadorligini shakllantiruvchi atrof-muhit tavsifnomasi to‗ldiradi: tovar va uning 
o‗rovi sifatini ta‘minlash, imidj yaratish, tovar markasi, sotuvdan oldin va sotuvdan 
keyin servis xizmati ko‗rsatish, jamoatchilik fikrini shakllantirish va xaridorning 
mazkur mahsulotni xarid qilish va undan foydalanishdan qoniqqanligini yaratish. 
Shu tariqa tovar o‗zining asosiy tavsifnomasi elementlarini ham, xaridor 
uchun qo‗shimcha samara yaratuvchi atrof-muhit tavsifnomasini ham birlashtirsa, 
u iste‘molchi uchun qimmatli narsa sifatida ko‗rib chiqilishi mumkin.
Atrof-muhit tavsifnomalarining asosiylari qatorida xarid qilish imkoniyati, 
tovar qimmati, narxi, sifati, xizmat ko‗rsatish muddati, shakli, o‗rovi, imiji va 
markasini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Internetda tovar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‗p jihatdan 
tovar jozibadorligi va unga talabni shakllantiruvchi tavsifnoma yaratish bilan 
bog‗liq bo‗ladi. 
Tovarni Internet orqali taklif etishda tovar muhitini shakllantirishning 
quyidagi yo‗nalishlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 

tovar haqida axborot va uni boshqa tovarlar bilan solishtirma tahlil qilish 
uchun vositalar taqdim etish. Bu yo‗nalish quyidagilarni qamrab olishi mumkin: 
xaridorning tovarni tanlashiga imkon beruvchi, uning ehtiyojlarini eng to‗liq 
qoniqtiruvchi vositalar; tovarning maksimal sondagi tavsifnomalari bilan tanishish 
imkoniyati; Internet kommunikativ vositalari yordamida sotuvchidan maslahat 
olish va b.; 

tovarni Internet orqali xarid qilish imkoniyatini taqdim etish; 

sotuvdan oldin va sotuvdan keyingi xizmatni tashkil etish; 

tovar markasi va imijini yaratish, internet-brendni rivojlantirish, 
jamoatchilik fikrini shaklantirish. 


283 
Internet orqali eng ko‗p taklif etiluvchi iste‘mol tovarlari assortimentini 
ko‗rib chiqishda shuni qayd etish mumkinki, bugungi kunda rivojlangan 
mamlakatlarda virtual savdoning asosiy yo‗nalishlari kitob, audiokasseta, 
videokasseta va kompyuter texnikasi savdosi bo‗lib, an‘anaviy savdo tuzilishidan 
sezilarli farq qiladi.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish