Bob bo„yicha xulosalar
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va
taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab
vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste‘molchiga etkazish hal etiladi.
Taqsimot yo‗li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan
iste‘molchi sari harakatida ularga bo‗lgan mulk egasi huquqini o‗ziga oladigan
yoki boshqaga berishga yordam ko‗rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar
majmuidan iboratdir.
Taqsimot kanalining bosqichi - bu tovar va unga egalik huquqini pirovard
xaridorga yaqinlashtirish yo‗lida u yoki bu ishni bajaradigan har qanday
vositachidan iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor:
1.
Nol bosqichli kanal yoki bevosita marketing kanali ishlab chiqaruvchi va
iste‘molchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi iste‘molchildarga o‗z tovarlarini joyma-
243
joy tashib yurib (kuchma savdo), junatish yo‗li bilan yoki o‗z firma do‗konlari
orqali sotadi.
2.
Bir bosqichli kanal o‗ziga ishlab chiqaruvchi, vositachi va iste‘molchini
qamrab oladi. Iste‘mol bozorida, odatda, bu vositachi chakana savdogar
(do‗kondor), sanoat mahsulotiga oid tovarlar bozorida esa savdo agenti yoki broker
hisoblanadi.
3.
Ikki bosqichli kanal o‗ziga ishlab chiqaruvchi, ikki vositachi, iste‘molchini
qamrab oladi. Iste‘mol tovarlari bozorida ulgurji va chakana savdogarlar shunday
vositachilar hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari bozorida ular sanoat distibyuteri va
dilerlar deb ataladi.
4.
Uch bosqichli kanali o‗ziga ishlab chiqaruvchi, uchta vositachi va
iste‘molchini qamrab, ko‗p hollarda ulgurji va chakana savdogarlar o‗rtasida
mayda ulgurji (ko‗tarafurushlar) faoliyat ko‗rsatadi. U yirik ulgurji savdogar
xizmat ko‗rsatmaydigan kichik savdo korxonalariga sotadi.
Chakana savdo aholiga to‗g‗ridan - to‗g‗ri tovar sotish va xizmat qilish bilan
bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatini o‗z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar
assortimentining
shakllanishida
qatnashadi.
Xaridorlarga
tovarlar
sifat
ko‗rsatkichlari to‗g‗risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‗shimcha
ishlash, narxlarni o‗rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning
oxirgi iste‘molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. Chakana savdo
mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‗rsatishlari bilan turlanadi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‗pchilik vazifalarni
bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat
muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin.
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‗g‗ri marketing,
franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.
Merchandayzing – savdo binolarida, eng avvalo, chakana savdo yuritishda
amalga oshiriladigan va xaridorni tovar oldiga olib kelish va maksimal xarid
ehtimolini ta‘minlaydigan qulay vaziyat yaratishga qaratilgan marketing tadbirlari
kompleksi.
244
Do'stlaringiz bilan baham: |