O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Tillaboyev Komiljon Tolqinovich
70110701-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
mutaxasisligi bo‘yicha 2021-2022-o‘quv yili noyabr oyi uchun
MAGISTRATURA TALABASINING OYLIK HISOBOTI
CHIRCHIQ-2021
I.Talabaning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik ishlari,
ilmiy seminar, ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha hisoboti
1.O‘quv-metodik ishlar
Noyabr oyi uchun o‘quv topshiriqlarining bajarilishi:
- “Fizikaning rivojlanish yo‘nalishlari va tendensiyalari” fanidan 16 soat
darslarida qatnashib borildi.
- “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan 8 soat darslarida qatnashib
borildi.
- “Eksperemental fizika metodlari” fanidan 16 soat darslarida qatnashib
borildi.
- “Fizikaning astronomiya ta’limida tahlil va tadqiqot usullari” fanidan 16
soat darslarida qatnashib borildi.
II. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish yuzasidan hisobot
1. Tadqiqot o‘tkazishga tayyorgarlik
Kafedrada magistrlik dissertatsiya ishlari uchun tayyorlangan, yechimini
kutayotgan, istiqbolli masalalarga yo‘naltirilgan mavzular bankidan menga
biriktirilgan ilmiy rahbar f-m.f.n Tadjibayev I.U yordamida tadqiqot mavzusi
tanlandi. Mavzu nomi: Astronomiya fanlari amaliy mashg‘ulotlarida
fotometriyani o‘qitish
2. Ilmiy- tadqiqot ishlarini rejalashtirish
1.Tadqiqot kalendar rejasi tuzildi.
2. “Astronomiya fanlari amaliy mashg‘ulotlarida fotometriyani o‘qitish”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan axborot resurslar, kutubxona
fondlari va elektron resurslari, mavjud adabiyotlar bilan tanishishni boshladim.
1. J.L. STARCK; F. MURTAGH. Astronomical Image and Data Analysis//
2nd Edition Springer (Berlin, Heidelberg, New York). 2006
Bu kitob J.L.Starck va F.Murtagh tomonidan 2006-yilda yozilgan bo‘lib,
astronomik tasvirlar va ma’lumotlar tahlili haqida. Kitob 10 ta bo‘limdan
iborat bo‘lib, ular: kirish, filtrlash, dekonvolutsiya, aniqlash, tasvirlarni
siqish (hajmini kamaytirish), ko‘p kanalli ma’lumotlar, astronomik
tasvirlarni tahlil qilishni entropik usuli, astronomik kataloglar tahlili,
ma’lumotlarni saqlash va ko‘chirib olishdagi bir necha holatlar, virtual
observatoriyalar.
2. ROBERT GRISETTI. A Student's Guide to CCD Photometry Data
Processing using IRAF with Dr. Fernández at the University of Central
Florida // USA. 2006
Ushbu qo‘llanmada astronomik tasvirlarni qayta ishlash usullari
bosqichma-bosqich amaliy ko‘nikmalari berilgan. Bu qo‘llanmada
tasvirlarni qayta ishlashning IRAF dasturlar paketi orqali ishlash usuli
ko‘rsatilgan. Usul haqida qo‘llanmada batafsil ko‘rsatmalar berilgan.
IRAF dasturlar paketi Linux operatsion sistemasiga bevosita bog‘liq
hisoblanadi. Dasturda ishlamoqchi bo‘lganlar Linux operatsion sistemasi
qanday ishlashidan xabardor bo‘lishi kerak. Bunday ko‘nikmalar ham
qo‘llanmada berilgan.
Ilmiy rahbar: __________
f-m f.n Tadjibayev I.U
Magistrant: __________
Tillaboyev K.T
Do'stlaringiz bilan baham: |