Har qanday Flash-filmni yaratishda unga obyektli yondashishga to`g`ri
keladi. Buni - filmning hamma elementi har xil tipli obyektlar kabi interpretatsiya
bo`lishi va unda mavjud har bir obekt o’zining bir qancha
amallarni bajaruvchi, bir
qancha xususiyatlariga egaligi bilan tushuntirish mumkin. Masalan, “Tекст” obyekti
uchun simvollar o`lchami , rangi, shrift turi kabi xususiyatlari berilgan bo`lishi
kerak. Yana “Teкст” ustida tahrirlash, nusxa olish, qirqib olish, unga giperssilka
qo`yish kabi amallarni bajarish mumkin. Xuddi shu kabi, grafik tasvirlarning ham,
ovozlarning ham o’ziga hos xususiyatlari va uslublari mavjud.
Flash da ishlash paytida ba’zida “Obyekt ” tushunchasi bilan birgalikda
simvol (SyBBil) termini ham qo`llaniladi. Bu ikki termin orasidagi farq bilan
tanishib chiqsak.
Simvolni - o’zining aniq bir xususiyatlariga ega bo`lgan obyektning
bir shabloni
sifatida tushunish mumkin. Simvol
maxsus kutubxona
(Library) da saqlanadi va
undan nafaqat bitta, balki, bir nechta filmlarda foydalanish mumkin. Simvolning
filmda joylashuvchi har bir nusxasi
simvol nusxasi
(Instance) deb yuritiladi. Simvol
nusxasi o’zini asl nusxasida mavjud barcha xususiyatlarni o’zida
saqlaydi va ular
orasida bog’liqlik bo`ladi: agar simvolning asl nusxasidagi biror xususiyatga
o’zgartirish kiritilsa qolgan barcha uning avlodlari(simvol nusxalari)ning ham shu
xususiyatlari avtomatik tarzda o’zgaradi. Bunday yondishish film muallifining vaqti
va kuchini tejashini, hamda film hajmini kichkina bo`lishini ta’minlaydi. Bundan
tashqari, agar muallif filmning biror qismida simvol nusxasi xususiyatini
o’zgartirishi kerak bo`lib qolsa, bu o’zgarishni simvolning asl nusxasiga hech
qanday ta’sir ko`rsatmasdan amalga oshirish mumkin.
Flash-filmlarda dinamika qandaydir vaqt oralig’ida simvol nusxasini ba’zi
xususiyatlarini(masalan, rangi,
kordinatasini, o`lchamini va h.) va holatini
o’zgarishini ta’minlaydi. Simvol nusxasining har bir holati filmning alohida
freym
(Frame)lari bilan bog`langan. Simvol holatini o’zgarishiga mos keluvchi
freym – kalit freymi(Qeyframe) deb ataladi. Kalit
freymi - foydalanuvchi
o’zgartirishi mumkin bo`lgan ob`yekt husuyatlarini shu freymga to`g’ri kelishi yoki
kelmasligini o’zi tekshiradi. Kalit freymlari uchun mo`ljallangan maxsus funksiya
va buyruqlar bo`lib, ular haqida keyingi boblarda alohida to`xtalamiz. Filmda
freymlarni almashtirish dinamikasi vaqt diagrammasi(Timeline) yordamida amalga
oshiriladi,vaqt diagrammasi parametrlari sifatida – freymlarni almashinish
chastotasini, obyektni harakatlantirishni boshlash
va tugatish vaqti kabilarni
ko’rsatish mumkin.
Filmda bir qancha obyektlardan foydalanish mumkin. Ularni har birining
holati boshqasiga bog’liq bo`lmagan holda o’zgarishi yoki o’zgarmasligi mumkin.
Masalan, agar biror obyektdan fan sifatida foydalanilsa uning holatini film
oxirigacha o’zgarmaslikka to`g’ri keladi. Film elementlarini bir-biriga xalaqit
bermasligini ta’minlash maqsadida ularni alohida-alohida qatlam(Layer)larga
joylashtiriladi. Flash dasturchilari foydalanuvchi uchun qulay bo`lishini
nazarda
tutgan holda har bir qatlamni shaffof oyna sifatida bo`lishini ta’minlaganlar. Bu
tasvirda obyektlarni bir-biri bilan qay holatda joylashitirishni, ular ustida alohida-
alohida ish olib borishni osonlashtiradi. Bir necha playerlarda, lekin bitta freymda
joylashgan obektlar bir butun tasvirni va bu tasvirlar jamlanmasi film sahna
35-betga keldim
ko`rinishini ifodalaydi.
Sahna
(Scene) – bu Flash bilan ishlashda
foydalaniladigan
terminlardan biri. Har bir sahna ko`rinishi qatlamlarda tasvirlangan elementlar
birlashmasidan tashkil topadi. Oddiy ko`rinishga ega bo`lgan filmlarda bitta
qatlamga ega bo`lgan bitta sahna yaratish va tasvirlash etarli bo`ladi. Murakkabroq
filmlar uchun bir nechta sahnadan foydalanishga to`gri kelishi mumkin. Bir
sahnadan boshqasiga o`tish uchun endi vaqt diagrammasidan foydalanib bo`lmaydi,
buning uchun boshqacha mehanizmlardan foydalaniladi. Oddiy holda filmlarni
bajarolishi(namoyon bo`lishi) ularning joylashish ketma-ketligi bo’yicha boradi.
Nisbatan qiyinroq bo`lgan holatlarda ActionScript tilidan foydalanishga to`g`ri
keladi.
Murakkab sahnali filmlarni yaratishda yana bir asosiy tushuncha – k
lip
(Clip
yoki Mivie Clip) dan foydalaniladi. Klip – bu simvolning maxsus tipidir. Uni
o`zining vaqt diagrammasi yordamida yaratilgan va o’zining his parametrlariga ega
bo`lgan(masalan, freymlarni almashishinish chastatasi) ochiq ko`rinishli film deyish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: