qilgan ma‘lumotlarni yuborish mumkin — HTML sahifa, tasvir, matn yoki yana
boshqa ma‘lumot. Apache serveri bilan birga o‘rnatolishi mumkin bo‘lgan CGI-
dasturlar ichida nph-test-cgiva test-cgi mavjud bo‘lib , ular nph va nph bo‘lmagan
usullardagi sarlavhalar orasidagi farqni yaxshi ko‘rsatadi.
Holatni eslab qolish.
Holatni eslab qilish faqat jinoyatchilar bilan kurashish uchun emas,
foydalanuvchilaringizga yaxshi xizmat qilish uchun ham zarurdir. Muammoning
kelib chiqish sababi shundaki, HTTP bu «xotirasiz» protokoldir.
Bu shuni
bildiradiki, klient serverga ma‘lumotlar yuboradi, server ma‘lumotlarni klientlarga
qaytaradi va har biri o‘z yo`lida davom etadi. Server klient haqida keyingi
amallarda kerak bo`ladigan ma‘lumotlarni saqlab qolmaydi. Klient hamma
odatda bajarilgan amallar haqidagi ma‘lumotni keyinchalik foydalanish uchun
saqlab qolmaydi. Bu World Wide Web dan foydalanishga sezilarli chegara qo`yadi.
Bunday protokolda CGI ssenariylarini yaratish, suhbatni eslab qololmaslikka
o`xshagandir. Har gal kim bilandir gaplashganda,
oldin qancha
suhbatlashganingizga qaramasdan, qaytadan tanishishga va suhbat mazmunini
izlashga to’g’ri keladi. Netscape Navigator payti bo‘lishi bilan klient qismda
cookies deb atalgan shoshilinch yaratilgan usul qo‘llana boshladi.
Bu usul klient va server orasida u yoki bu tomonga uzatish mumkin bo‘lgan,
Cintent-Type va Lication sarlavhalariga o‘xshash Yangi HTTP-sarlavha
yaratishdan iborat. Klient brouzeri cookie sarlavha olgandan so‘ng, cookie da
ma‘lumotlar va cookie ta’sir o‘tkazadigan domen nomini saqlab qo‘yishi
kerak. Shundan so‘ng shu domenga tegishli URLga tashrif buyurilganda cookie
sarlavha CGI-dasturlarda ishlata olishi uchun serverga qaytarolishi kerak.
Bu usul, ya’ni cookie asosan foydalanuvchi identifikatirini
saqlash uchun
ishlatiladi. Foydalanuvchi haqidagi ma‘lumot server mashinasida saqlanishi
mumkin. Bu foydalanuvchining unikal ID si cookie sifatida brouzerga
yuborolishi mumkin, shundan so‘ng foydalanuvchi har gal saytga tashrif
buyurganda, brouzer avtomatik ravishda serverga shu ID ni yuboradi. Server
ID ni CGI dasturga uzatadi, u bo‘lsa bu faylni ochadi va foydalanuvchi haqidagi
hamma ma‘lumotlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu hammasi
foydalanuvchi bilmagan holda yuz beradi.
Bu usul foydaligiga qaramasdan, ko‘pgina katta saytlar uni Holatni eslab
qolishning yagona usuli sifatida ishlatmaydilar.
Buning bir necha sabablari bir. Avvalam bor hamma brouzerlar ham cookie ni
qo‘llamaydi. Yaqin paytgacha ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun asosiy brouzer
— Lunix —cookie ni qo‘llamas edi.
«Rasmiy» u hali ham qo‘llanmaydi, lekin keng tarqalgan ba’zi «yon shoxlari»
qo‘llanadi. Ikkinchidan cookie foydalanuvchini ma’lum mashinaga bog‘lab
qo‘yadi. Web ning eng katta ustunligi shundaki, unga dunyoning ixtiyoriy
nuqtasidan murajaat qilish mumkin. Sizni web-sahifangiz
qayerda yaratilgani va
saqlanayotganidan qat’iy nazar uni ixtiyoriy Internetga ulangan mashinada
ko‘rsatish mumkin. Agar siz cookie ni qo‘llovchi saytga begona mashinadan
murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, sizni cookie yordamida qo‘llangan shaxsiy
ma‘lumotlaringiz yo‘qoladi.
Ko‘pgina saytlar hali ham cookie dan foydalanuvchi sahifalarini
persinallashtirish uchun foydalanadi, lekin uni an’anaviy «registratsiya
nomi/paril» uslubidagi interfeys bilan to‘ldiradi. Agar saytga cookie ni
qo‘llamaydigan brouzer
orqali murojjat qilinsa, sahifa birinchi ko`rishda
o‘rnatiladigan registratsiya nomi va parol kiritish firmasiga ega bo‘ladi.
Foydalanuvchilarni cho‘chitmaslik uchun bu forma sodda va kichik bo‘ladi.
Foydalanuvchi formaga registratsiya nomi va parol kiritgandan so‘ng,CGI nom
xuddi cookie dan yuborilgandek foydalanuvchi haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi
faylni topadi. Bu usuldan foydalanib foydalanuvchi dunyoning ixtiyoriy nuqtasida
persionallashgan web-saytda registratsiyadan o‘tishi mumkin.
CGI va ma‘lumotlar bazalari.
Internet davri boshlangandan beri ma‘lumotlar bazalari World Wide Web bilan
uzviy bog‘langandir. Amaliy jihatdan ko‘pchilik Web ni ulkan multimediya
ma‘lumotlari bazasi deb qaraydi.
Qidiruv mashinalari ma‘lumotlar bazalari ustunligini har kuni ko‘rsatadi. Qidiruv
mashinasi siz so‘raganda butun Internet bo‘yicha kalit so‘zlarni qidirib o‘tirmaydi.
Buning o‘rniga sayt yaratuvchilari boshqa dasturlar yordamida ulkan ko‘rsatkich
yaratadilar. Bu ko‘rsatkich qidiruv mexanizmi yozuvlarni ajratib
oladigan ma‘lumotlar bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Ma‘lumotlar bazalari
ma‘lumotni ixtiyoriy murojaatda tez tanlashga imkon beradigan shaklda saqlaydi.
O‘zgaruvchanligi tufayli ma‘lumotlar bazalari Web imkonini yanada kengaytiradi:
universal interfeysga aylantiradi. Masalan, tizimli administratirlashni
administratirni kerakli tizimda registratsiya qilish talabi o‘rniga masofadan web-
interfeys orqali bajarishga imkon beradi. Ma‘lumotlar
bazasini Web ga ulash
Internet interaktivligi Yangi darajasi asosida yotadi.
Ma‘lumotlar bazalarining Web ga ulanish natijasi: dunyodagi axborotning ko‘p
qismi ma‘lumotlar bazalarida saqlanmoqda.
Web paydo bo‘lmasdan mavjud bo’lgan ma‘lumotlar bazalari merosga olingan
(legacy) ma‘lumotlar bazalari deyiladi (Oxirgi paytda yaratilgan va Web ga
ulanmagan ma‘lumotlar bazalariga qarama-qarshi). Ko‘pgina korparatsiyalar (va
hatto ayrim shaxslar) bu meros qilgan ma‘lumotlar bazalariga Web orqali
murojaatni ta’minlashadi. Agar sizni meros qilgan ma‘lumotlar bazangiz MySQL
yoki mSQL bo‘lmasa, bu mavzu qaralmaydi.
Yuqorida aytilganidek, ma‘lumotlar bazalari va Web orasidagi bog‘lanishlar
imkoniyatlari cheksizdir. Hozirgi davrda Webdan murojaat qilish imkoniga ega
bo‘lgan minglab unikal va foydali ma‘lumotlar bazalari mavjud. Bu amaliy
dasturlardan tashqari har xil turdagi ma‘lumotlar bazalari mavjuddir. Ba’zilari
MySQL va mSQL ma‘lumotlar bazalari bilan interfeys sifatida CGI-dasturlardan
foydalanadilar. Bular biz uchun eng qiziqarlidir. Boshqalari kommertsial Amaliy
dasturlardan keng tarqalgan kichik Microsoft Access i Claris FileMaker Pri kabi
ma‘lumotlar bazalari bilan bog‘lanish uchun foydalanadilar.
Yana boshqalari
eng sodda bo’lgan matnli fayllar bilan ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: