I. K. Choriyev "Amaliy matematika va informatika" kafedrasi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/162
Sana10.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#441916
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162
Bog'liq
kompyuter grafikasi va web dizayn fanidan tajriba ishlari boyicha uslubiy korsatma

4.Globallashtirish. 
Iqtisodiy obyekt yo`ldosh aloqa va Internet tarmog`idan 
foydalanib axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda 
ish olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday 
nuqtasidan turib o`zaro muloqat qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim 
doimiy xarajatlar yanada keng gеografik mintaqada taqsimlanish hisobiga 
ustuvorlikka ega bo`ladi.
5.Konvеrgеntsiya. 
Konvеrgеntsiya AATning zamonaviy rivojlanish 
jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va 
xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni 
uzatish kabi ish rеjimlari o`rtasidagi farq yo`qiladi. Moddiy ishlab chiqarish va 
axborot biznеsi sohalari o`rtasidagi tafovut o`chib ketadi, firmalar va 
korporatsiyalarning faoliyat turlari divеrfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya 
sеktori va xizmat sohalari o`zaro uyg`unlashib ketadi.
Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari – bu dunyo miqiyosida jamiyat 
taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o`tish asosidir. Mazkur 
tеndеntsiyaning biznеsda qo`llanilishi quyidagi o`zgarishlarga olib keladi: 

har bir ish o`rnida rеsurslar yetarli bo`lganda axborotni qayta ishlash uchun 
taqsimlangan shaxsiy (pеrsinal) hisoblashlarni amalga oshirish; 

xabarlarni jo`natish uchun ish o`rinlari birlashganda kommunikatsiyaning 
rivojlangan tizimini yaratish; 

iqtisodiy obyekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global 
kommunikatsiyalarga ega bo`lishi; 

elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish; 

iqtisodiy obyekt intеgratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo`g`inlarni 
bartaraf etish. 
Zamonaviy intеgrallashtirilgan amaliy dasturlar paketlari o`z ichiga quyidagilarni 
kiritadi: matn tahrirlagichi, elektron jadval, ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari, kommunikatsion (olivchi) modul va boshqalar. 
Intеgrallashtirilgan paketlarga qo`shimcha modul sifatida fayllarning eksport-
import tizimi, kalkulyator, kalеndar, dasturlash tizimlarini kiritish mumkin. 
Uslubiy yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlarining farqi shundaki, ularning 
algaritmik asosi masala yechimining qandaydir ma'lum bir iqtisodiy - matematik 
usuliga asoslangandir. Bunday amaliy dasturlar paketlariga quyidagi usullarni 
kiritish mumkin:

matematik dasturlash (chiziqli, dinamik, va bish.); 

tarmoqli rеjalashtirish va boshqarish; 

ommaviy xizmat ko`rsatish; 

matematik statistika. 


Uslubiy yo`naltirilgan paketlar qo`llanish sohasidan qatiy nazar, masalaning 
umumiy holdagi yechimini bеradi. Uning namunasi sifatida chiziqli dasturlash va 
tarmoqli rеjalashtirish paketlarini ko`rsatib o`tish joizdir. Masalan, tarmoqli 
rеjalashtirish amaliy dasturlar paketlari korxona, bo`lim, sеksiya, laboratoriya ish 
rеjalarini shakllantirish imkoniyatini bеradi. U jadval shaklida ifodalanib, unda har 
bir ish qachon boshlanib, qachon tugashi, ularni amalga oshirish uchun qancha va 
qanday zaxiralar kerakligi ko`rsatiladi. 
Muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlari - bu eng keng tarqalgan 
amaliy dasturlar paketlardir. Umumiy holda muammoga yo`naltirilgan amaliy 
dasturlar paketlar dеb xalq xo`jaligi, fan va texnikaning biror bir sohadagi mavjud 
muammoni yechishga qaratilgan amaliy dasturlar paketlarga aytiladi. Bunday 
amaliy dasturlar paketlarning juda ko`p turlari ichidan sanoatda va nosanoat 
sohasida boshqarish funksiyasini avtomatlashtirishga qaratilgan amaliy dasturlar 
paketlarni ko`rib chiqamiz. 
Hozirgi kunning eng dolzarb masalasi – intеgrallashgan axborot tizimlarni 
yaratish masalasidir. Uning asosiy maqsadini qisqacha qilib «Mijoz-sеrvеr» 
(clientgo`server) dеb aytish mumkin. Uning asosiy ma`nosi mijoz-foydalanuvchi 
uchun u istagan har qanday xizmat sеrvis soni bajo keltirishdir. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, zamonaviy G`arb bozorida iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini 
avtomatlashtiradigan juda ko`p amaliy dasturlar paketlari mavjud. Ularni shartli 
ravishda 4 guruhga ajratish mumkin. 
Katta yoki o`rtacha korxonaning hamma faoliyatini avtomatlashtirishga 
mo`ljallangan umumiy vazifalarga qaratilgan intеgrallashgan amaliy dasturlar 
paketlar kompleksi. Bularga yuqori narxli ko`p funksiinal mahsulotlar hisoblanuvchi 
quyidagilar kiradi : Rg`3 (SAP), IRACLE, ADP «Galaktika» va boshqalar. 
Ma'lum turdagi ishlab chiqarishni boshqaruvchi ilovalar kompleksti. Ularga 
quyidagilarni kiritish mumkin : EDWARDS, BAAN, PRIZM va hokozo. 
Ixtisoslashgan 
dasturiy 
mahsulotlar: 
MMDS, 
MES 
ishlab 
chiqarishni 
moslashuvchan qiluvchi, uni bozor talablariga moslashuvini tеzlashtiruvchi, sеxlar 
ishini nazorat qiluvchi amaliy dasturlar paketlar. 
Mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlovchi hamma jarayonlar buyum dеtallarini 
loyihalashdan boshlab to foydalanuvga tayyor mahsulotni olguncha bo`lgan 
paytining zanjirini boshqaruvchi amaliy dasturlar paketlar: ERP tizimlari va 
boshqalar. 
Ko`pchilik 
muammoga 
yo`naltirilagan 
amaliy 
dasturlar 
paketlar 
kompleksining narxi juda qimmat (ba'zan 1 mln. dollardan ham yuqori). Lekin 
shunga qaramay, ko`pgina G`arb firmalari o`z ish jarayonlarini avtomatlashtirish 
maqsadida muammoga yo`naltirilgan kompleks amaliy dasturlar paketlardan unumli 
foydalanish yo`lidan bormoqdalar. 
Nosanoat sohasidagi muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlarga 
qo`yiladigan talablar ham sanoat sohasidagi amaliy dasturlar paketlarga 
qo`yiladigan talablarga ko`pchilik hollarda mos tushadi: ko`p satxli intеgrallashgan 
tizimlarni yaratish. 
Muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturlar paketlar ma'lum bir sohadagi 
muammoni amalga oshirishga mo`ljallangan. Masalan, buxgaltеriya hisobi amaliy 


dasturlar paketi EHM da quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon bеradi: ish xaqi 
hisobi, turli vеdimostlarni shakllantirish, har bir xizmatchining har oyga hisob 
kvitantsiyasini chop etish va hokozo. 
Shaxsiy EHM ning ko`pgina amaliy dasturlar paketlari ham muammoga 
yo`naltirilgan paketlar turkumiga kiradi. Paketning asosiy maqsadi biror muammoni 
yechishda foydalanuvchini EHM bilan «do`stona aloqa» muhitini yaratishdan iborat 
bo`lib, u muloqat shaklida tashkil etilib, uning tеzligi foydalanuvchini 
qoniqtiradigan bo`lishi kerak. 
Amaliy dasturlar paketlari alohida modullardan, yetakchi dasturdan ko`pgina 
«monitor» dеb ataluvchi yetakchi dastur amaliy dasturlar paketlarni modullar ishini 
tashkil etadi. Foydalanuvchining ko`rsatmalariga ko`ra boshqaruvchi dastur kerakli 
modullarni tanlaydi va ishchi dasturni shakllantiradi. Ishchi dastur to`g`ridan-to`g`ri 
foydalanuvchi vazifasini bajaradi, chiqish sonlarini kerakli shaklda tayyorlaydi va 
ularni foydalanuvchiga tahlil uchun chiqarib bеradi. Kerakli amaliy dasturlar 
paketlarni chaqirish va u yordamida kerakli axborotni qayta ishlash operatsion tizim 
boshchiligida amalga oshiriladi. 
Ayrim muammo sohaga tеgishli amaliy dasturlar paketlariga AI Diasoft 
firmasi mahsulotlari : buxgaltеriya hisoboti, moliya mеnеjmеnti, huquqiy tizimlar 
va h.k. kiradi. 
Moliyaviy mеnеjmеnt amaliy dasturlar paketlari firmalar faoliyatini 
moliyaviy rеjalashtirish va tahlil qilish zaruriyati irqasida paydo bo`ldi. Shu sinfga 
mansub bo`lgan amaliy dasturlar paketlar EDIP (Tsеntrinvеst Soft), Alt moliyaviy 
(Alt), moliyaviy tahlil (Infi-Soft) FICCAL (Tsеntrinvеst Soft) larni Misol qolib 
ko`rsatish mumkin. 
Huquqiy ma`lumotnomalar tizimlari amaliy dasturlar paketlari uzluksiz 
ravishda to`lib boruvchi katta miqyosidagi qonunshunoslik axborotlari bilan unumli 
ishlash uchun xizmat qiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarga «Konsultant 
Plyus», «Garant», «Pravo» va boshqalar kiradi. 
Keng qamrovli hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi foydalanuvchining 
hudud bo`yicha yoyilgan umumtarmoq zahiralariga ma’lumotlar bazasiga, axborot 
uzatishga va boshqa ishlarga qulay, puxta erishish imkoniyatiga ega bo`lishdir. 
Misol tariqasida keng qamrovli Intеrnеt tarmog`ida ishlatiladigan standart 
amaliy dasturlar paketlarni keltirish mumkin: 

to`g`rilash va kiritish vositalari - Nets Cape, Internet Explorer; 

elektron pochta (Mail), masalan Eudira. 
Bank faoliyatidagi xalqaro tarmoqlarda ma’lumotlarni tayyorlash va uzatish 
uchun quyidagi standart amaliy dasturlar paketlar keng tarqalgan: Swift, Sprint, 
Reuters. 
Hisoblash jarayonini ma'muriylashtirishni tashkil etishni ta'minlash uchun 
50 % dan ortiq dunyo tizimlaridagi EHM larning lokal va global tarmoqlarida Bay 
Netwirqs (AQSh) firmasining amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi, ular 
ma’lumotlari, kommutatirlar, kontsеntratorlar, marshrutizatorlar, xabarlar 
grafiklarini ma'muriylashtirishni boshqaradi. 


1.1.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish