Bog'liq Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)
Qisqacha xulosalar 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi tarmog‘i muhim
ahamiyatga ega. U aholini oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini esa
xomashyo bilan ta'minlaydi. Kelajakda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish
uchun qishloq xo‘jaligini rivojlantirish obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Bu
masalani samarali hal etish mexanizmlarini, yo‘llarini aniqlash «Qishloq
xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanida o‘rganiladi. Chunki bu fan tarmoqning barqaror
iqtisodiy negizini yaratish asosida tmi rivojlantirishni ta'minlay olish
qobiliyatiga ega bo'lgan iqtisodiy munosabatlar tizimini ilmiy asoslangan holda
yaratish va ulami izchillik bilan bosqichma-bosqich hayotga joriy etish
usullarini, yo'llarini o'rgatadi.
Iqtisodiy munosabatlar tizimini mukammal o‘zlashtirish uchun nazariy
hamda amaliy jihatdan asoslangan tadqiqot usullaridan oqilona foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo'jaligi rivojlanishini hamda samaradorligi
yuksalishini ta'minlovchi iqtisodiy munosabatlami amaliyotga tatbiq etish
uchun iqtisodiy, tabiiy hamda ayrim texnologik fanlami bilish lozim.