14.3.
Qurilishda investitsiyalash obyektlarining tasniflanishi: yangi
qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonalar, binolar
va inshootlar, belgilangan vazifalarni hal etishga mo’ljallangan boshqa asosiy
vositalar.
Investitsiya loyihasi to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida
asoslangan yuridik hujjatlar to’plami hisoblanadi.
Investitsiya loyihasini ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo’naltirilgan,
texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishchlab chiqarish rejalari kabi
aspektlar asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag’lari ishtiroki nazarda
tutilgan kompleks xujjatlar yig’indisi deb tushunish mumkin.
Investitsiya loyihalari turli maqsadlarda tuziladi va amalga oshiriladi, ularni
to’rt turga ajratish mumkin:
-
yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkil etish;
-
ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishini kengaytirish;
-
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
-
davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni maxsulot va xizmatlar bilan
ta’minlash.
Yangi qurilish deganda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga
xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi
tushuniladi, shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida
tashkil etilgan ishlab chiqarish bo’limlari tushuniladi. Yangi qurilishga yangidan
tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, ishga tushirilgandan so’ng
mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini yaratish maqsadlaridagi filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga
oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish yo’nalishlaridagi ob’ektlar
kompleksining qurilishi kiritiladi.
Kengaytirish deganda faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlarda
alohida tsexlar, qo’shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarining qurilishi tushuniladi.
Kengaytirishdan maqsad ishlab chiqarish quvvatini oshirishdir. Ishlab turgan
korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot)larda
qo’shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, ishlab turgan korxona hududi
yoki unga qo’shni maydonchada qo’shimcha yoki yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat
ko’rsatishga mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish
tushuniladi. Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini
(unumdorligi) ko’paytirish ishlari yangi qurilish yo’li bilan shunday quvvatlar
yaratishdan ko’ra, qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda
mavjud ishlab chiqarishni, tsexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman
qaytadan qurish (bunda, qoida tarzida, birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan
mavjud bino va inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini
oshirish maqsadida ularning texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish va ishlab
chiqarishni takomillashtirish) tushuniladi. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash
asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan, ishlab turgan tsex va
ob’ektlarni ishlab chiqarishni takomillashtirish va ularning texnik-iqtisodiy
darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu, odatda, asosiy
maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmasdan amalga oshiriladi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni texnik qayta qurollantirish –
alohida ishlab chiqarishlarni, tsexlarni, uchastkalarni zamonaviy texnika-
texnologiyalarni
joriy
etish,
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, modernizatsiya qilish, jismoniy va
ma’naviy eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish, ularni intensivlashtirish
asosida texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi.
Statistik ma’lumotlarga murojaаt qiladigan bo’lsak,
2019 yilning yanvar-
dekabrida 68854,4 mlrd. so’m yoki 2018 yilga nisbatan 119,0 % qurilish ishlari
bajarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |