27.1.
Investitsiya loyihalari bo’yicha loyihaviy tahlilning mazmun-
mohiyati va ahamiyati.
Loyihaviy tahlil – xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan bog’liq
bo’lgan riskni (tavakkalchilikni) tizimli baholash va ochib berish asosida
loyihalarni tayyorlash, baholash va tanlab olish usulidir. Loyihaviy tahlilning katta
qismi loyiha davrining dastlabki bosqichida, ya’ni uni qabul qilish yoki qilmaslik
to’g’risida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyihaning
daromadliligini
aniqlash
loyihaviy
tahlilning
vazifasi
xisoblanadi. Daromadlilik esa loyihadan olinadigan daromad bilan unga qilingan
xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ya’ni
loyihaning daromadliligini
aniqlash uchun uning barcha natijalarini aniqlash hamda loyihadan olingan
daromadlar unga qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini xisoblab ko’rish
kerak. Chunki loyihani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan
undan qandaydir vaqt o’tgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib
bo’lmaydi. Loyihaning ko’pgina aktivlari va inshootlari uzoq muddat xizmat
qilishi buning sababi xisoblanadi. Loyihaning ayrim
xarajatlari va natijalarini,
masalan, qurilish ishlari xarajatlarini o’lchash va baholash oson. Boshqalarini esa
o’lchash oson, lekin baholash ancha qiyin. Masalan: xodimlarni o’qitish xarajatlari
va natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan o’lchash oson lekin real natijalarini
baholash ancha murakkab.
Nixoyat, ayrim loyihalar natijalarini, masalan loyihalarning an’anaviy
faoliyat turlariga ta’sirini o’lchash ham, baholash ham qiyin.
Loyihaviy xarajatlari turli xilda bo’lishi tufayli
loyiha har xil nuqtai
nazardan ko’rib chiqiladi.
1.
Loyiha texnik jihatdan asoslanganmi?
2.
Loyiha tijorat talablariga javob beradimi?
3.
Loyiha o’z-o’zini moliyaviy jihatdan qoplaydimi?
4.
U iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydimi?
5.
Loyiha atrof -muhitga qanday ta’sir o’tkazadi?
6.
Loyiha maxalliy ijtimoiy - madaniy xususiyatlarni xisobga olganmi?
7.
Loyihani amalga oshirishning institutsional (tashkiliy) imkoniyatlari
bormi?
Ijobiy natijalar yalpi xarajatlardan ortish-ortmasligini aniqlash zarur.
Harajatlarni tahlil qilish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak:
Loyihaning biz istagan natijasi qanday?
Loyiha xarajatlarini kim ko’taradi va uning ijobiy natijalaridan kim
foydalanadi?
Loyihaning ijobiy natijalari qachon va qaerda paydo bo’ladi?
Loyihaning yakuniy qiymati to’g’risida tasavvurga ega bo’lish
uchun
loyihaga aloqador bo’lgan kishilarning turli guruhlari olgan foyda va qilgan
yuqotishlarni qanday taqqoslash va jamlash kerak?
Bu loyihaning yakuniy ijobiy natijasi boshqa mumkin bo’lgan loyihalar
natijasidan nimasi bilan farq qiladi?
Loyiha tahlili loyihani shakllantirish jarayonining o’zidayoq
uning turli
jihatlari ta’sirini va rolini o’zgartirish imkonini beradi. Har qanday yangi axborot,
agar foydali bo’lsa, ilgari qabul qilingan qarorlarni o’zgartirish uchun sabab
bo’lishi mumkin.
Demak, loyiha-smeta xujjatlari loyiha tahlili jarayonida, ya’ni
loyihaning
turli jihatlarini ko’rib chiqish natijalari va yangi olingan axborotlardan kelib chiqib,
ilgari berilgan baholarni tuzatish bilan birga ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: