FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
BOZOR QATNASHCHILARI
10-MAVZU
ISHLAB CHIQARUVCHILAR
Ishlab chiqaruvchilar — tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar. Ular bir tomondan
tabiiy resurslarni, ishlab chiqarish vositalarini, ishchi kuchini bozordan sotib olib xaridor
sifatida qatnashsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqargan tovarlari va xizmatlarini, o‘zlariga
tegishli mulkni bozorda sotib, sotuvchi sifatida ishtirok etadi. Masalan, un ishlab
chiqaruvchi korxona o‘zi uchun kerakli bino, tegirmon uskunalari, bug‘doyni va ishchi
kuchini bozordan sotib oladi, ya’ni bozorda xaridor sifatida ishtirok etadi. Shu bilan birga,
bug‘doydan un ishlab chiqarib, uni bozorda sotadi, ya’ni bozorda sotuvchi sifatida ham
qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |