Buni yodda tuting!
•
An’anaga asoslangan iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish va taqsimlash urf-odatlar,
ya’ni o‘tmishda amal qilingan usullar bilan belgilanadi.
•
Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish va taqsimlash qarorlari uy xo‘jaliklari hamda
firmalar manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
•
Markazlashgan rejali iqtisodiy tizimda asosiy qarorlarni markaziy hukumat qabul
qiladi.
•
Hozirda har qanday zamonaviy iqtisodiy tizim “aralash tizim” bo‘lib, u o‘zida
an’anaviy, markazlashgan rejali va bozor iqtisodiyoti xususiyatlarini mujassam-
lashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |