FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
14-MAVZU
JAMG‘ARMA VA SUG‘URTA
Pulingizni
hamyoningizda
saqlang!
JAMG‘ARMA
Ma’lumki, odamlar, odatda, daromadlarini birdaniga sarflashga harakat qilishmaydi,
balki uning bir qismini omonat ko‘rinishida saqlab qo‘yishadi, ya’ni jamg‘arishadi.
Jamg‘arilgan pul esa jamg‘arma
deyiladi.
Jamg‘arma kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish
maqsadida jamg‘ariladigan pul mablag‘idir.
Buni yodda tuting!
•
Insonning iqtisodiy qadr-qimmati (boyligi) — uning insoniy va moddiy kapitallari
yig‘indisi bilan o‘lchanadi.
•
Mehnat resursi — ish haqi, tabiiy resurs — renta, kapital resurs — foiz (dividend),
tadbirkorlik — foyda ko‘rinishida daromad keltiradi.
“Ipoteka bank” aksiyalarini sotib olsangiz,
yiliga 20% qo‘shimcha daromad — dividend
olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |