O‘qitish jarayonining bosqichlari-
O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida
o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayoni.
Elektron pedagogika
– XX asrning oxiri XX1 asrda shakllangan
pedagogikadagi yangi fan turkumidir. U insonning hayoti mobaynida axborot-
kommunikatsiya vositalari asosida ta'lim olish ehtiyojlarining qondirilishi,
axborotlashtirilgan ta'lim tamoyillari, shart-sharoitlari, metod va shakllarining
insonga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi.
Chat-
real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor
almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot
tushuniladi. Chat - bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet
orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali
yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki
gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi
xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |