1.3.2. Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
Tasniflash va guruhlash statistik to‘plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy
bog‘langan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganish hamda statistik axborotlarni
yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq,
tasodifiyot girdobida o‘ralashib qolgan hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan
uzviy bog‘langan, ma’lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega
to‘plamlar barpo etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |