Жами балл
Қўшимча тақриз учун:
Текширувчи Ф.И.О ва имзоси:___________
_____________________________________________________________________________
________________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модуль номи : Юристнинг ёзма ва оғзаи мулоқот кўникмаси
____________________
талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси __________________________________________
Умумий балл
1-variant
A bo’lim
1-savol
Biz yuridik til va yuridik nutq to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin til va nutq
hodisalarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olishimiz kerak bo’ladi. Til aloqa quroli,
fikr bayon qilish vositasi bo‘lsa, nutq qiluvchining til vositalaridan foydalanish jarayoni
va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani
qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi. Ya’ni, bir xonada yetmish talaba
o‘tirgan bo‘lsa, ularning gaplashadigan tillari bir bo‘lsa-da, lekin nutqlari yetmish xil
bo'lishi tabiiy. Birining nutqi chiroyli bo'lsa, ikkinchisiniki esa mutlaqo talab darajasida
bo’lmasligi mumkin.Til faqatgina aloqa vositasi bo'lib qolmasdan, balki dunyoni
ko'rish, eshitish, bilish vositasi hamdir.Bundan tashqari, tilning ruhiy hodisa ekanligini
ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Til bamisoli ummon deb oladigan bo’lsak, unda
barcha fikrlar uchun so’zlar topiladi. Lekin tilning jozibasi tovlanishi bevosita nutq
orqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba’zan nutqi jarayonida tilning jozibasi, jilolanishi,
mo'jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu bois, nutq egasi so'zlarning o'z va
ko'chma ma’nolarini to'la anglashi, har bir so'zning uslubiy mezonlarini, ma’no
qirralarini bilishi talab etiladi.Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxs yaratadi. Har kim o'z
qobiliyati, so'z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga qarab gap tuzadi va so'zlaydi.
A bo’lim
3-savol
Yuristning yozma nutqida yuridik terminlarni tanlash juda katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. Chunki adabiy til barcha shevalardagi so’zlardan muqobilini tanlab olish
orqali vujudga kelgan. Agar birorta tushunchani ifodalash uchun shevalarda turli
ko’rinishi bo’lsa o’sha so’zning muqobili olinadi.Masalan, chelak, paqir, satil bu
so’zlardan muqobili adabiy til uchun olinadi. Yoki yuridik terminlar tizimi uchun odam,
shaxs bashar, kimsa, inson, kishi, sinonim so’zlari orasida shaxs so’zida rasmiylik
manosi kuchli. Shuning uchun biz shaxs so’zini bemalol yurisik termin sifatida
qo’llashimiz mumkim bo’ladi.Masalan, jismoniy shaxs, yuridik shaxs, mansabdor
shaxs.
B bo’lim
2-kazus
O‘zbekiston Respublikasi hududida 24-sentabrdan boshlab Ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan elektroshokerdan foydalanish tartibi yo’lga
qo’yildi .Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus vositalar va o‘qotar
qurollardan foydalanish tartibi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga
asoslangan bo‘lib, ichki ishlar vazirining bu boradagi tegishli buyrug‘i qabul qilingan.
Xususan, unga ko‘ra IIO xodimlari tomonidan elektroshokerdan foydalanish tartibi
to‘g‘risidagi ko‘rsatma tasdiqlangan bo’lib, qurilmadan foydalanish faqat Sog’liqni
saqlqah vazirligi bilan kelishilgan holda Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan
maxsus tayyorgarlikdan o‘tganini tasdiqlovchi sertifikatni olgan xodimlarga ruxsat
etiladi.Hozirgi vaqtda deyarli barcha mahalliy ichki ishlar bo‘linmalari elektroshoker
bilan ta’minlangan. Qurilma bilan patrul va qorovullik xizmatlarini bajarishda,
shuningdek, jamoat tartibini ta’minlashda ishtirok etgan Ichki ishlar organi xodimlarini
qurollantiriladi. Elektroshoker qurilmasi ichki ishlar organi xodimining qonuniy
talablarini bajarmagan, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan
shaxsga qarshilik ko‘rsatish oqibatida, yoki, Ichki ishlar organlari xodimlari va
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘dirgan taqdirda ushbu qurilma
xodimlar tomonidan foydalaniladi.
Elektroshoker qurilmasini Ichki ishlar organlari to’g’risida qonunining 23-
moddasiga binoan quyidagi hollarda qo’llash mumkin;
1)Fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
2)Jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;
3)Ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;
4)Jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan,
yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
5)Qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;
6)Ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan
shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga
urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
7)Zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni,
inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
8)Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy
tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yishda;
9)Haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini
bajarmagan transport vositasini to‘xtatishda;
10)Jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan
shaxslarni aniqlashda;
11)Muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni
sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yishda.
Ma’lumot uchun, foydalanishga topshirilgan elektroshoker qurilmalari
Rossiyaning “Mart” zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |