Kommunal oqavalar –
aholi istiqomat qiladigan joylarda hosil bo‘ladigan oqavalar;
umumiy kanalizatsiya mavjud bo‘lganda maishiy, ishlab chiqarish, yog‘in-sochin
suvlarini o‘z ichiga oladi.
Kompost
– organik moddalarning chirishi va mikroorganizmlar faoliyati natijasida
(go‘ng, torf, qushlar go‘ngi, barglar, maishiy chiqindilar va boshq.) olinadigan o‘g‘it.
Maydonlar
– inson tomonidan xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan quruqlik va
suvli joylarni ifodalovchi atama
Metabolizm
– organizmlardagi moddalar almashinuvi.
Moddalarning biogeokimyoviy aylanishi
– biosferadagi uning bioxorologik
bo‘linmalari bo‘lmish biogeotsenozlar, landshaftlar va shular o‘rtasida sodir
bo‘ladigan
kimyoviy
elementlarning
o‘zaro
joyini
o‘zgartirish
va
transformatsiyalanishining davriy jarayonlari.
Moddalarning biologik aylanishi (kichik doira)
– kimyoviy elementlarning tuproq
va atmosferadan tirik organizmlarga ularning kimyoviy shaklini o‘zgartirib kirishi,
so‘ng tuproq va atmosferaga organizmlarning hayotiy faoliyati jarayonida va
keyinchalik o‘lgandan keyingi qoldiqlar bilan qaytishi, hamda mikroorganizmlar
yordamida destruksiya jarayonlari va minerallashishidan keyin yana tirik
organizmlarga qaytishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |