Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   359
Bog'liq
falsafa

Mohiyat va hodisa.
Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning 
har biri ob‘ektni anglab etishning o‗ziga xos darajasini aks ettiradi. Mohiyat ob‘ektiv borliqning 
ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‗ljallangan bo‗lib, u narsaning, 
jarayonning tabiatini va ularga xos bo‗lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada
jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‗luvchi xossalar, tomonlar yig‗indisini ifodalash 
uchun mo‗ljallangan kategoriya. 
Hozirgi falsafiy adabiyotlarda mohiyat predmet borlig‗i barcha rang-barang va qarama-
qarshi shakllarining barqaror birligidan iborat bo‗lgan predmetning ichki mazmuni sifatida 
tavsiflanadi. Mohiyat har qanday sistemaning asosiy jihatlari va tendensiyalarini belgilovchi 
teran aloqalar, munosabatlar, xossalar va ichki qonunlar majmuidir. Muayyan mohiyatsiz jism, 
jarayon bo‗lmaganidek, muayyan hodisada o‗z ifodasini topmagan mohiyat ham bo‗lishi 
mumkin emas.


60 
Falsafada hodisaning ikki ma‘nosi shakllangan. Birinchidan, hodisa voqea, tabiat va 
jamiyatdagi jarayonladir. U mazkur jarayonlar bizning ongimiz, idrokimizda aks etishini 
anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor yog‗ishi, suv toshishi, er qimirlashi, vulqon 
otilishi – bularning barchasi tabiat hodisalaridir. Inson tabiat hodisalarini tushunish, 
tushuntirishga harakat qilgan va ularning o‗z ongidagi in‘ikosi bilan amaldagi ifodasi o‗rtasida 
muayyan farq mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok 
etadigan va pirovard natijada uni aldaydigan yuzaki, o‗zgaruvchan jihatlari tavsiflaydi. SHu 
tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy ma‘nosiga ega bo‗ladi. 
Ikkinchidan hodisa – mohiyatni aniqlash usuli. U, odatda, narsalar o‗zaro ta‘sirga 
kirishganida, mohiyat o‗zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa qanday bo‗lsa, 
ko‗rsatilgan aloqalar va o‗zaro ta‘sirlar xususiyati ham shunday bo‗ladi. Masalan, yirtqich 
hayvon uni o‗txo‗r hayvonga aylantirishga qancha urinmasinlar, baribir yirtqich bo‗lib qoladi. 
Ammo u qanday muhitda va o‗z ishtahasining qaysi potensial qurboni bilan to‗qnash kelishiga 
qarab, uning xulq-atvori o‗zgaradi. Ayni shu sababli hodisa narsaning mohiyatini, uning 
muayyan ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi.
Haqiqiylik mezoniga javob beruvchi bilimni olish bilishning muhim vazifasidir. Bunday 
bilim o‗rganilayotgan narsaning mohiyatiga kirish demakdir. Mohiyatni bilish rivojlanishning 
asosiy jihatlari va tendensiyalarini belgilaydigan teran aloqalar, munosabatlar va qonunlarni 
aniqlashni nazarda tutadi. Tabiatning mohiyati cheksiz-chegarasiz bo‗lgani bois, uni bilish 
jarayoni ham cheksizdir. Mohiyat tushunchasi bilishni to‗liq, mukammal bilimga erishishga 
yo‗naltiruvchi tartibga solish tamoyili ahamiyatiga egadir. Hodisa tushunchasi mohiyatni bilish 
usulini ko‗rsatadi va shu boisdan metodologik ahamiyat kasb etadi. O‗rganilayotgan ob‘ekt o‗zi 
uchun g‗ayritabiiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy eksperiment butunlay yangi hodisalarni 
qayd etish va shu tariqa o‗z shakllanishi va faoliyatining ilgari noma‘lum bo‗lgan qonunlarini 
kashf etishi tasodifiy bir hol emas.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish