251
III.Fanni o‟qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Falsafa fani, eng avvalo, talabalarni mustaqil fikrlashga rag`batlantiradigan, ma'naviy-
madaniy sohadagi masala va muammolar bo`yicha erkin fikr yurita olish qobiliyatini o`stiradigan
yangi pedagogik texnologiyalar asosiga qurilgan. Kurs mobaynida interfaol usullarning turli
shakllaridan, zamonaviy elektron texnika vositalaridan, ko`rgazmali qurollardan keng
foydalaniladi. Amaliy mashg`ulotlar mustaqillik yillarida qad tiklagan obidalar, ta'mirlangan
ziyoratgohlar, muzeylarga tashrif uyushtirish, madaniy meros va ma'naviy hayotga aloqador
joylarga chiqish shaklida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: