Ekspertiza usulida baholash
-
bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning
turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‗ngra natijalarni
formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat
E
kopessimizm -
asosiy e‘tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit
muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko‗rilgan hol.
Ekstravertiv
– sirtga qaratilgan.
Ekstrapolyasiya metodlari
- qonuniyatlari o‗tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma‘lum
bo‗lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi.
Empirizm
– hissiy idrok etish va tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydigan
falsafiy ta‘limot.
Empirik
– tajribada ko‗rilgan.
Etimologiya
– u yoki bu so‗z yoki iboraning kelib chiqishi.
Epistemologiya
– bilish haqidagi falsafiy ta‘limot.
Etnogenez –
xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |