Landshaftshunoslik asoslari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

asosiy metod
─ bu landshaftni kartaga olishidir. Bu ish 
landshaftshunos-mutaxassis tomonidan bajariladi. Ikkinchi bosqich ─ 
tabiiy 
komponentlarni amaliy maqsadlar uchun baholash
. Bu ish landshaftshunos va 


170 
xo‗jalik yoki fan sohasi mutaxassislari tomonidan bajariladi. Bashoratlash va 
tavsiya berish kartalarini tuzish turli soha mutaxassislarini ishga jalb qilishni talab 
etadi. Kartaga olish masshtabi amaliy izlanishlar maqsadi bilan belgilanadi. So‗ngi 
yillarda faqat tabiiy hududiy majmualarga bo‗lgan kimyoviy elementlar harakati 
xususiyatlarini tasvirlaydigan amaliy landshaft-geokimyoviy kartalarni tuzish keng 
rivojlanmoqda. Bu kartalar landshaft asosida tuzilgan bo‗lib, geologiya, qishloq 
xo‗jaligi, tibbiyot va tabiatni muhofaza qilish talablari bo‗yicha ishlab 
chiqilmoqda.
Foydali qazilmalarni qidirishga mo‗ljallangan landshaft baholash kartalarida 
aniq tipli indikator-elementlarning bir joyda zich joylashishi va ularni mumkin 
bo‗lgan harakati bilan bog‗liq hodisalar majmua tasvirlanadi. Asosiy e‘tibor 
geologik holatni tasvirlashga, tog‗ jinslari kimyosi va litologiyasi, qalinligi va 
yotqiziqlar uyushmasi xususiyatlarini ochib berishga qaratiladi. Hudud tabiiy 
sharoitini hisobga olish majmua qidiruvining eng qulay metodlarini mumkin qadar 
dalillash imkonini beradi. Shu sababli, kartalarni tuzish foydali qazilmalarni 
qidirish ishlarida majburiy hisoblanadi va bu ish barcha geologik boshqarmalar 
hududiy ishlab chiqarish korxonalarida bajariladi. Kartalarda asosiy geokimyoviy 
tiplari va ikkilamchi elementar landshaftlar tarqalish areallari sharoiti va xususiyati 
tasvirlanadi. Kartalar ularning joylashishini, yashirin, ko‗rinmaydigan yer osti 
rudasi yotqiziqlarini landshaft alomatlari bo‗yicha aniqlash imkonini beradi, ularni 
topish uchun yer usti qidirish metodini qo‗llashga yordam beradi.
Qishloq 
xo‗jaligi 
yo‗nalishidagi 
kartalar 
biologik 
aylanish-larda 
qatnashayotgan geokimyoviy elementlar, ularning kerakli, tabiiy muhitda tanlash 
shakllari haqida ma‘lumot beradi. Ishqorli-nordon sharoitlarni kartalarda tasvirlash 
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular qishloq xo‗jaligi ekinlari hosildorligiga, 
mineral o‗g‗itlarni tanlash tizimiga katta ta‘sir etadi. Tibbiy-geografik yo‗nalish 
bio-kimyoviy yuqumli kasalliklar tarqalishini, endemik kasalliklarning tabiiy 
muhit bilan bog‗liqligini kartalarda tasvirlash bo‗yicha mujassamlanadi. Bu 
kartalarda tabiiy muhitda hayot uchun muhim bo‗lgan, insonlar va hayvonlarning 


171 
sog‗ligi yoxud kasallanishi bilan bog‗liq elementlarning nihoyatda ko‗p, yoki 
yetishmasligi hududlar bo‗yicha ajratib ko‗rsatiladi.
Bugungi kunda landashft-texnik kartalarni tuzish, asosan, yer osti foydali 
qazilmalarini qidirish ishlariga bag‗ishlangan. Boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha 
kartaga olish ishlari sust rivojlangan. Landshaft-geokimyoviy kartalarni tuzish 
manbalari sifatida umumgeografik, mavzuli, Yer qobig‗ida mavjud kimyoviy 
elementlar fazoviy tarqalish qonuniyatlarini, tutgan o‗rnini va migratsion harakati 
yo‗nalishini tasvirlaydigan maxsus geokimyoviy kartalar xizmat qiladi. 
Xalq xo‗jaligining u yoki bu tarmog‗i maqsadlarida baholash ishlarida 
landshaftlarni ta‘riflovchi ma‘lumotlarga tayanib olib borilgan tajribalar talaygina. 
Ayniqsa, qishloq xo‗jaligi maqsadlarida baholash ishlarida buni yaqqol ko‗rish 
mumkin. Masalan, A.A.Vidina va Yu.N.Seselchuk (1961), K.I.Grenchuk, (1965), 
N.V.Kopekov (1970), N.A.Kogay (1971) kabilarning ishlari bunga misol bo‗la 
oladi. Tabiiy muhitni baholash ishlarida landshaft xaritalariga asoslanishning afzal 
tomonlari mavjudligini xaritashunos olimlar (K.A.Salishev, 1970) ham ta‘kidlaydi. 
Chunki qishloq xo‗jaligi xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlariga qaraganda ko‗proq 
va bevosita joyning tabiiy sharoitiga bog‗liq. Qishloq xo‗jaligi qaysi yo‗nalishda 
rivojlanishi mumkinligini belgilab beruvchi ekinlar va ekin turlarini aniqlab 
olishda albatta joyning tabiiy geografik sharoitini eng muhim omillardan biri 
hisoblanadi. 
Turkistonning 
janubi-g‗arbidagi 
tabiiy 
komplekslarni 
o‗rgangan 
L.N.Babushkin va N.A.Kogaylarning (1975) fikricha, landshaftlarning tahliliga 
asoslangan tabiiy geografik komplekslarni baholashning umumilmiy geografik 
asosi bo‗lib xizmat qilishi kerak. Bunday xaritada ajratilgan har bir tabiiy 
geografik rayon o‗ziga xos topologik landshaft birliklari majmuidan iborat ekanligi 
ko‗rinib turadi. Landshaftlar esa relefi, tuproq va o‗simlik qoplami, iqlimi kabi 
komponentlari jihatidan bir butundir. Bulardan tashqari, rayonlashtirish xaritasiga 
tushirilgan agroiqlimiy ma‘lumotlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki iqlim 
makon va zamonda o‗zgaruvchan bo‗lishiga qaramay, landshaftlarning umumiy 
ko‗rinishini belgilab beradi. Shu bilan birga, iqlim landshaftning boshqa 


172 
komponentlariga nisbatan insonning xo‗jalikdagi faoliyati ta‘siriga kam 
beriluvchandir. Qishloq xo‗jaligi ixtisosini belgilab beruvchi har qanday madaniy 
o‗simlikning unib o‗sishi va hosil berishi eng avval joyning iqlimi bilan bog‗liq. 
Ayniqsa, baholanadigan landshaftlarning tabiiy namlanishi va termik resurslari 
alohida tahlilga loyiqdir. Shuning uchun ham tabiiy geografik rayonlashtirish 
xaritasida bir tomondan landshaftlarning aks ettirilishi, ikkinchi tomondan 
agroiqlimiy holatni aks ettira oladigan tafovut belgilarining bo‗lishi bevosita 
amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiy sharoitni qishloq xo‗jaligi uchun baholash dastavval landshaftlarning 
qishloq xo‗jaligida foydalanilishini cheklashi mumkin bo‗lgan xususiyatlarini 
aniqlab olishdan boshlanishi kerak. Landshaftlarning bunday xususiyatlari ularning 
relefi, tuproqlari, yer osti suvlarining holati kabilar bilan bog‗liqdir. 
Landshaftlar va ularning ma‘lum majmuidan hosil bo‗lgan tabiiy geografik 
rayonlarni qishloq xo‗jaligi uchun baholash usullari va natijalarini Ohangaron 
daryosi havzasi misolida ko‗rishimiz mumkin (Sh.Zokirov, 1972). 
Ohangaron daryosi havzasi O‗zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish 
xaritasida (L.N.Babushkin, N.A.Kogay, 1964) Chirchiq-Ohangaron tabiiy 
rayonlari guruhi deb ajratilgan. 
Biz tuzgan Ohangaron daryosi havzasi landshaft xaritasining tahlili bu yerda 
uchta mustaqil tabiiy geografik rayonni ajratishga imkon beradi. Bular Yuqori 
Ohangaron, O‗rta Ohangaron va Quyi Ohangaron tabiiy geografik rayonlari bo‗lib, 
ularning har biri u yoki bu landshaftlarning muayyan majmui bilan ta‘riflanadi. 
Landshaftda ro‗y beradigan o‗zaro ta‘sir va aloqadorliklar modellarda aks 
etganidek, ko‗pincha ikki tomonlama bo‗lib, juda oddiy ko‗ringani bilan aslida esa 
murakkab va dinamik jarayonlarning yig‗indisidan iboratdir. Bu jarayonlar 
makonda ham, zamonda ham juda o‗zgaruvchandir. Modda va energiyaning 
vertikal yo‗nalishda ham gorizontal yo‗nalishda almashinib turish jarayoni ham 
o‗zaro ta‘sir va aloqadadir. Masalan, landshaftga kirib kelayotgan quyosh issiqlik 
energiyasi gorizontal harakatdagi havo massalarining energiyasi bilan, vertikal 


173 
yo‗nalishda kirib kelayotgan atmosfera yog‗inlarining yer osti va ustki suvlar bilan 
o‗zaro ta‘sir va aloqada bo‗lishini inkor etish qiyin. 
Landshaftda ro‗y beradigan vertikal va gorizontal aloqalarning o‗zaro ta‘sirda 
bo‗lishini landshaftning vertikal kesmasida ko‗rish mumkin (18.1-rasm). Bunday 
ikki xil aloqadorliklar bir vaqtning o‗zida ro‗y beradi. Vertikal yo‗nalishda 
harakatlanayotgan modda va energiyaning ma‘lum bir qismi gorizontal yo‗nalishda 
harakatlanayotgan modda va energiyaga qo‗shilib ketishi va aksincha bo‗lishi 
tabiiydir. Ikki xil yo‗nalishda harakatda bo‗lgan modda va energiyaning o‗zaro 
qo‗shilib, aralashib ketishi natijasida turli xil aloqadorliklar hosil bo‗ladi. Ularni 
tahlil qila bilish atrof-muhitning ifloslanishi va uning oldini olish masalalarini hal 
qilishida katta ahamiyatga egadir. 
K
1
K
2
K
5
K
4
K
3
a
1
a
2
a
3
a
4
a
5
A
B
b
5
b
1
b
2
b
3
b
4
I
II
K
1
A,B
a
1
komponentlar va ular 
orasidagi aloqalar
urochishelar va ular 
orasidagi aloqalar
fatsiyalar va ular 
orasidagi aloqalar
landshaftlarning 
tashqi muhit bilan
aloqasi

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish