T
u
n
d
ra
тун
дра
Tundr
a
(fincha «
tunturi
» — o‗rmonsiz yalpang qir)— subarktika
mintaqasidagi tabiat zonasi. T. shimolda arktika muz sahrolari zonasi
bilan, janubdy o‗rmonli tundra zonasi bilan chegaradosh. T. iqlimi
sovuq: qish qattiq bo‗lib, 8—9 oy davom eta di, yoz qisqa va salqin.
Iyul oyining o‗rtacha harorati 10° S dan oshmaydi. Vegetatsiya davri
50—100 kun. Tekisliklarda 150—300 mm, tog‗larda 500 mm gacha
yog‗in yog‗adi. Qor qoplami yupqa. Yozda tuproqning 0,5—1,5 m
qalinlikdagi ustki qismigina eriydi, T. da botqoqliklar va ko‗llar ko‗p.
Asosiy o‗simlikla-ri — bug‗u yo‗sini, lishaynik, past, bo‗yli o‗tlar,
butalar va chala butalar. Hayvonlardan shimol bug‗usi, buri, lemming,
oq tulki, qo‗chqor; qushlardan oq kaklik, tundra kakligi uchraydi,
suvlarda baliq ko‗p. Yozda har xil qushlar uchib keladi. Aholining aso-
siy mashg‗uloti — bug‗uchilik, baliq tutish, ovchilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |