Targ‘ibot usuli.
Yoshlarning turli zararli oqimlar, axborot xurujlari ta’siriga
berilib qolmasligi uchun har bir mamlakatda uning siyosiy, ijtimoiy va madaniy
qarashlari, milliy manfaatlarini ifodalagan ijtimoiy tarmoqlarni yaratish va
ommalashtirish kerak.
“Feysbuk”, “Tvitter”, “Odnoklassniki”, “Vkontakte”, va boshqa ijtimoiy
tarmoqlarda yuqorida qayd etilgan global muammolarga qarshi guruhlarni tashkil
etish va ularga yoshlarni kengroq qamrab olish kerak.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda axborotni qabul qilish va uzatishning
barcha vositalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Axborot maydonida muvozanatni
saqlash uchun inson, albatta, mustaqil ong va fikrga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |