Simvolli ma’lumotlar . Matnlarni ishlashda, ma’lumotlar bazalarini
boshqarishda va boshqa shularga o‘xshash xollarda simvolli ma’lumotlar
bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Simvolli ma’lumotlarga misol qilib ASCII
(American Standard Code for Information Interchange) va UNICODE
kodlarini keltirish mumkin. Ularning uzunliklari mos xolda 7 (8) va 16
razryadli bo‘lishi mumkin (1.1-jadval).
Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yoki qatorlar ko‘rinishidagi
o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki
qatorning uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda
25
ushbu qatorlar ustida – ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash
amallarini bajaruvchi buyruqlar mavjud.