Saddi Iskandariy.
(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o‗qiladi).
―Bu xat mendin, joni azobda qolg‗an. Ajal qo‗lida pajmurda holiga kelgan
Iskandandur. Buzilgan tanamning joni, vujudim bebaho la‘lisining koni bo‗lmish
onamga so‗zim shuki, men siz ko‗pdan ayriliqlarga tashlab yurdim, sizdan yiroq
kelib, sizni qiynadim. Men sizning amr farmoninggizga bo‗ysinmagan bo‗lsam
ham, lekin siz mening bu iltimosimni qabul eting, ey, ona… mening tanimni tobut
ichiga solib, kecha-kunduz demay, jang-u jadal bilan yurib, Iskandariya shahriga
olib boring va lekin men tobutga yotqizgan paytingizda, yoqut teshigidan ip
chiqazib qo‗ygan kabi albatta, mening bir qo‗limni tobutdan chiqazib qo‗ying.
Toki xaloyiq bu qo‗lga hayrat ko‗zi bilan emas, ibrat ko‗zi bilan boqsin‖.
Do'stlaringiz bilan baham: |