76
1.
Abdurahmonov G’. Tarixiy sintaksis.-T., 1974.
2.
Щerbak A.M. Grammatika starouzbekskogo yazыka.-M.-L.,1962.
3.
Serebrinnikov
B.A.,
Gadjieva
N.Z.
Sravnitelno-istoricheskaya
grammatika tyurkskix yazыkovyu Fonetika, morfologiya, sintaksis.-M.,
1986.
Ma’lumki, ergashgan qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar
o’zaro hokim-tobelik munosabati orqali bog’lanadi. Ergash gap bosh gapga tobe
bog’lanib, bosh gapdagi biror bo’lakni izohlab keladi. Bosh va ergash gap
grammatik hamda mazmunan jips bog’lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va
umumiy bir fikrni ifodalaydi. Ular o’zaro fe’lning amaliy shakllarining
qo’llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh, ravishdosh va shart
fe’li), yordamchi so’zlar orqali munosabatga kirishishi aytiladi (Abdurahmonov
G’., 1996, 185). Ergashgan qo’shma gaplarning guruhlanishi ergash gapning
bosh gapdagi qaysi bo’lakni izohlab kelishiga qarab belgilanadi. SHuni aytish
kerakki, ergash gaplarning tasnifida tilshunoslar o’rtasida umumiylik bor. O’zbek
tilshunosligida ergash gaplar mazmuniy – shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1)
ega, 2) kesim, 3) to’ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) ravish, 6) o’lchov- daraja, 7)
chog’ishtirish-o’xshatish, 8) sabab, 9) maqsad, 10) payt, 11) o’rin, 12) shart, 13)
to’siqsiz, 14) natija ergash gaplar (G’ulomov A., Asqarova M., 1987, 187).
N.Mahmudov ham ergashgan qo’shma gaplar semantikasini ayni shu tasnif
asosida tahlil etadi (Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo’jaeva S.,
1992, 243). G’.Abdurahmonov esa ularni quyidagi turlarga ajratadi: 1)
aniqlovchi, 2) to’ldiruvchi, 3) ega, 4) kesim, 5) payt, 6) sabab, 7) shart, 8)
maqsad, 9) to’siqsiz, 10) natija, 11) ravish, 12) qiyos, 13) umumlashtiruvchi-izoh
ergash gaplar (Abdurahmonov G’., 1996, 191-216). Uning bu tasnifida
yuqoridagi
barcha
qo’shma gaplar aks etgan bo’lsa-da, qiyos va
umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz maydalashtirilib yuborilgan. Masalan,
umumlashtiruvchi-izoh ergash gapli qo’shma gaplar tabiati haqida to’xtalar ekan,
u shunday yozadi: «Ergash gaplarning shunday turlari borki, ular bosh gapga
analitik-sintetik yo’l bilan bog’lanadi. Bu holda bosh va ergash gap o’zaro nisbiy
olmoshlar orqali birikib, ergash gapning kesimi shart mayli orqali ifodalanadi.
Demak, bunday ergash gaplar bosh gapga asosan leksik vositalar va shart mayli
orqali bog’lanadi. Bu bog’lanish ikki tomonlama bo’lib, bog’lovchi leksik
vositalar ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qo’llanadi» (Abdurahmonov
G’., 1996, 216).
Eski o’zbek tilida ham ergash gapli qo’shma gaplarning yuqoridagi turlari
qayd qilinadi. Quyida ularni ko’rib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: