33
(xayriya
jamg‟armasi),
“Kamalak”
(matbaa
birlashmasi),
“G‟uncha”(bog‟cha), “Botanika”(sanatoriy), “Qutluq qon”(roman),
“Dilorom”(opera),
“Tanovar”(kuy),
“Ozodlik”(haykal),
“Jasorat”(yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi
birinchi so'z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni,
Ramazon hayiti, Navro'z bayrami kabi.
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarning,
xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so'z bosh harf bilan
boshlanadi: O'zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr
Arab Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy
Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik
Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi
so'zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o'rinbosari;
Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Milliy tiklanish
demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi
birinchi so'z bosh harf bilan boshlanadi: Sog’liqni saqlash vazirligi,
Fan va texnika davlat qo'mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik
instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so'z
bosh harf bilan boshlanadi: „O'zbekiston Qahramoni” (unvon) „Oltin
Yulduz" (medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar
nomidagi birinchi so'zgina bosh harf bilan boshlanadi: „Sog’lom avlod
uchun" (orden), „O'zbekistonda xizml ko'rsatgan fan arbobi” (faxriy
unvon), „Matbaa a'lochisi" (nishon) kabi.
73. Gapning birinchi so'zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan
Muqaddasga bir qarab oldim (O. Yoqubov).
74.
Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli
ot bo'lmagan ba'zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan
yoziladi: AQSH (Amerika Qo'shma Shtatlari), BMT (Birlashgan
Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma ot
tarkibida bo'g'inga teng qism bo'lsa, uning birinchi harfigina bosh harf
bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
34
34
16-mashq.
Gaplarni ko‟chiring. Bosh harflar bilan yozilgan so‟z va so‟z
birikmalarini qaysi qoidaga muofiqligini aniqlang.
1. E. Vohidov va A.Oripov kabi iste‟dodli adiblarimiz
“O‟zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‟lishgan. 2.
E.Vohidovning “Nido” dostoni o‟ta ta‟sirli yozilgan. 3.
A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari 1913-yilda
yozilgan. 4. Do‟stimning opasi SamDUda o‟qiydi. 6. Hurmatli
K.Akobirov Sizni bu kungi tantanali visol oqshomiga taklif etamiz. 7.
Mahmud Qoshg‟ariyning “Devonu lug‟atit turk” asari O‟rta Osiyo
turkiy tillarining eng bebaho yodgorligidir.
I topshiriq. Bosh harf bilan yoziladigan geografik joy nomi,
taxallus, tashkilot, orden, medal, adabiy asar, mahsulot nomlariga
10tadan misol yozing.
Qisqartma so‟zlar haqida bilib oling.
So‟z qismlarini qisqartirish yo‟li bilan hosil bo‟lgan so‟zlar
qisqartma deyiladi. Qisqartma otlarning yozilishi quyidagicha:
1. So‟zlarning birinchi harfidan tuziladigan qisqartma so‟zlarning
har bir tovushi bosh harf bilan yoziladi va ularning orasida nuqta
qo‟yilmaydi: BMT, MDH, EHM va b.
2. Qisqartma tarkibida bo‟g‟inga teng qism bo‟lsa, uning birinchi
harfigina bosh harf bilan yoziladi: Tosh DTU (Toshkent davlat
texnika instituti), BuxDU (Buxoro davlat universiteti)
Izoh: Ism, ota ismi, familiyalar yoki ularning bir qismi
qisqartirilishi mumkin: A.Fitrat, Z.M.Bobur. o‟qishda ular to‟la nom
bilan aytiladi. Bularga nisbatan shartli qisqartmalar birikmasi
qo‟llaniladi.
17-mashq.
Berilgan qisqartma so‟zlarni o‟qib ko‟ring va to‟liq holda ko‟chirib
yozing.
AQSH, O‟ZMU, MDH, XXP, EHM, SamPI, QarDU, AYQSH
Esda saqlang: qisqartma so‟zlarning talaffuziga e‟tibor bering:
BMT(Be em te), MDH (Em de ha) va b.
35
35
II topshiriq. Qisqartma so‟zlar ro‟yxatini tuzing.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Turli faxriy unvon va ordenlarga sazovor bo‟lgan kishilar
nomini sanang.
2. Yozuvchi va shoirlar taxallusini ayting.
3. Qaysi shahar va tumanlarda bo‟lgansiz?
4. Qaysi dengiz, daryo, kanal, ko‟l nomlarini bilasiz?
5. Qisqartma so‟zlar qaysi usullarda hosil bo‟ladi?
6. Atoqli otlar va bosh harflar imlosi bir hodisami, ularning farqi
nimada?
Adabiyotlar:
1. Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиѐти
пойдевори. Тошкент. 1998.
2. Abdurahmonov G‟., Rustamov H. Ona tili. 10-sinf uchun
darslik. Toshkent, “O‟qituvchi ”, 2004.
3. Rafiyev A., G‟ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent,
“Sharq”, 2009.
4. O‟zbek tilining imlo lug‟ati. A.Hojiyev tahriri ostida. . Toshkent,
“O‟qituvchi ”, 1997.
Mavzu bo‟yicha testlar:
1.Qaysi hukm noto‟g‟ri
A) Gapning birinchi so‟zi bosh
harf bilan boshlanadi
B) Muhim tarixiy sana va bayram
nomlarining har bir so‟zi bosh
harf bilan yoziladi
C) Yer, quyosh, so‟zlari, planeta
ma‟nosida kelsa, bosh harf bilan
yoziladi
D) Siz, o‟zingiz so‟zlari hurmat
ma‟nosida kelsa, bosh harf bilan
yoziladi
2. Noto‟g‟ri yozilgan so‟zlar
qatorini toping.
A) Katta Farg‟ona Kanali
B) Markaziy Osiyo davlatlari
C) “Oltin Yulduz” medali
D) “O‟zbekiston Qahramoni”
unvoni
3. Noto‟g‟ri yozilgan so‟zlar
qatorini toping.
A) Tilshunoslik instituti
B) Bosh vazirning o‟rinbosari
C) O‟zbekiston Milliy Tiklanish
demokratik partiyasi
D) Jahon Tinchlik Kengashi
4. Qisqartma so‟zlarni toping.
A) boychechak, oqtosh
B) Xotira kuni, Ramazon hayiti
C) gultojixo‟roz, “Bobur” bog‟i
36
36
D) pedkollej, avtoqism
5. Qisqartma so‟zlar haqidagi
qaysi fikr to‟g‟ri
A) qisqartma so‟zlar orasiga
nuqta qo‟yiladi
B) qisqartma so‟zlar lug‟ati
mavjud emas
C) qisqartma so‟zlar bo‟g‟indan
bo‟g‟inga ko‟chishi mumkin
D) har qanday birlikni qisqartma
so‟zga aylantirish mumkin
8-MAVZU: TINISH BELGILARI IMLOSI
Reja:
1. O‟zbek tilida tinish belgilari.
2. Tinish belgilarining og‟zaki va yozma nutqdagi ahamiyati.
3. Tinish belgilarining ishlatilish o‟rinlari.
Mavzuga bog‟liq tayanch tushunchalar: tinish belgi,
punktuatsiya, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko‟p nuqta,
so‟roq,undov, qavs, tire, qo‟shtirnoq.
18-mashq.
Tinish belgilarining ishlatilish sababi, gapning ohangi va
mazmunini izohlab bering.
1. Oh… Qanday soz, chiroyli bu uy! Qara bizga, ey ulug‟ jahon,
bunday quvvat go‟zallik qayda! (H.Po‟lat) 2. – Qani so‟zla, ishlaring
yaxshimi, do‟stlar qalay, adabiyotda nima yangiliklar bor? – so‟radi
Ahmad Husayn. (Oybek) 3. Qoramtir, pushti, qo‟ng‟ir bulut
karvonlari Sharqqa qarab shoshilar edi.(P.Tursun) 4. Alisher Navoiy
Astrobodga jo‟nab ketdi, ammo uni xalq hech qachon unutmaydi.
(Oybek)
Bilib oling.
O‟zbek tilida 10 ta tinish belgisi bo‟lib, tinish belgilari, ularning
ishlatilish
o‟rinlarini
o‟rgatadigan
tilshunoslikning
bo‟limi
punktuatsiya deyiladi. Punktuatsiya lotincha punctum – nuqta so‟zidan
olingan. Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy bog‟liq.
Nuqta quyidagi o’rinlarda qo’llaniladi:
1. Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov gaplardan
keyin: Bahor erta keldi.
37
37
2. Birinchi qismida nuqta, ko‟p nuqta, undov yoki so‟roq belgisi
bo‟lgan ko‟chirma gaplar o‟rtasida kelgan muallif gapidan so‟ng:
“O‟rtoqlar, hozir eng hal qiluvchi palla!”–deb nutqini davom ettirdi
O‟ktam. – dalalarda mehnatni, musobaqani qizitish pallasi”. (Oybek)
3. Qisqartirilgan ism, familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan
keyin: A.Qod. (Abdulla Qodiriy)
4. Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy,kun,
yillarni bir-biridan ajratish uchun qo‟llanilgan raqam yoki harflardan
keyin: 8.IX.2011 kabi.
So’roq belgisining qo’llanish o’rni quyidagicha:
1. So‟roq belgisi so‟roq gaplardan keyin qo‟llaniladi: Kinoga
borasanmi?
2. So‟roq gaplar bittadan ko‟p bo‟lib ketishi mumkin, bunday
paytlarda so‟roq belgisi quyidagicha qo‟yiladi:
a)
so‟roq gapning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki
qaysi so‟roq gap mazmuniga ko‟ra mustaqil bo‟lsa, har biridan so‟ng
so‟roq belgisi qo‟yiladi: Qishloqdagilar qanday? Og‟aynilar yaxshi
yurishibdimi?
b)
agar so‟roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa,
so‟roq belgisi eng so‟nggi gapdan keyin qo‟yiladi: –Tag‟in mehmon
boshlab keldingizmi? Kim kelyapti: Sarvimi, Rahbarmi, yo akangning
bolalarini yetaklab kelyapsanmi?
Undov belgisining qo’llanish o’rinlari quyidagicha:
1. Kuchli his-hayajonni ifodalagandan so‟ng: Hayot naqadar
go‟zal!
2. Buyurish, tilak, orzu ma‟nolarini ifodalagan gaplardan so‟ng:
Tezda ko‟chaga chiqing!
3. Gap
boshida
kelib,
kuchli
his
hayajon
ifodalagan
undalmialardan, undov hamda ha va yo’q so‟zlaridan so‟ng: Do‟stlar!
Bizga ishoning. Yo‟q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech
qachon!
Ko’p nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1. Fikrning tugallanganligini, so‟zlovchining hayajonlanib yana
nimadir aytmoqchi ekanligini ko‟rsatish uchun: Agar hozir gapingizni
to‟xtatmasangiz…
2. Ba‟zan ko‟p nuqta so‟zlovchining o‟ylashi, mulohaza qilishini
ko‟rsatadi: Bugun …bugun oldingizga o‟tsam bo‟ladimi?
38
38
3. Ba‟zan kimningdir savoliga javob bermay indamay turishini
ko‟rsatish uchun ham ko‟p nuqta qo‟yiladi:
- Gapimga rozimisan?
- …
4. Biror so‟z yoki gapning tushuntirilganligini ko‟rsatish uchun :
Bugun yettinchi bo‟limga kelib, …fig‟oni oshdi.
Vergul quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Uyushiq bo‟laklar orasida: a) bog‟lovchisiz birikkan uyushiq
bo‟laklar orasida: Andijon, Namangan, Qo‟qon, Marg‟ilon –
O‟zbekistonning chamani, boy bo‟stoni. b) takrorlanuvchi
bog‟lovchilar bilan birikkan uyushiq bo‟lakalar orasida: u goh
kulimsiraydi, goh chuqur uyga toladi. d) zidlov bog‟lovchilari bilan
birikkab uyushiq bo‟laklar orasida: Zamiraning baland, ammo mayin
ovozi bor edi.
2. Undalmalarni
ajratish
uchun:
Yurak,
sensan
mening
sozim.(U.Nosir)
3. Kirish so‟zlarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda
yig‟iladigan bo‟ldilar.
4. Ha va yo’q so‟zlarini gap bo‟laklaridan ajratish uchun: Ha, nu
gapingiz to‟g‟ri.
5. Bog‟lovchisiz bog‟langan qo‟shma gaplarda: Bahor keldi,
gullarochildi.
Nuqtali vergul quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1. O‟z ichida vergul bo‟lgan yoyiq uyushiq bo‟laklar orasida:
Bozordan olma, anor; pista, bodom sotib oldik.
2. O‟z ichida vergul bo‟lgan, mazmunan ma‟lum darajada
mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni
o‟z ichiga olgan qo‟shma gaplarda: Bir joyda turganimda deyarli fikr
qilolmayman; tanam hamma vaqt harakatda bo‟lishi kerak, ana
o‟shanda aqlim ham harakatga keladi. (J.J.Russo)
Ikki nuqtaning qo’llanish o’rinlari quyidagicha:
1. Uyushiq bo‟laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‟zdan
so‟ng: yig‟ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va
Sobirjonlar so‟zga chiqdi.
2. Bog‟lovchisiz qo‟shma gaplarda biror gap boshqa gapni
izohlasa, uning sababi yoki natijasini ko‟rsatsa: Abror qizni darrov
tanidi: u qo‟shni mahalladagi do‟konda ishlar edi.
39
39
3. Ko‟chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‟ng: Bobom dedi:
“Uzoq yasha, bolam.”
Tire quyidagi o’rinlarda qo’llaniladi:
1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan
bog‟lamasiz birikkan ega va kesim orasida: Yashash – mehnat qilish.
2. Uyushiq bo‟laklardan so‟ng kelgan umumlashtiruvchi so‟zdan
oldin: Uy-joy, mol-hol – barchasi senga qolsin.
3. Kirish gap bilan gap bo‟laklari orasida: Tunov kungi ovchi –
men uni o‟rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so‟zlab
berdi.
4. Muallif gapi bilan ko‟chirma gap orasida: –Bugun kelasizmi? –
so‟radi qizi.
5. Dialog tilidagi ko‟chirma gaplarda: – Keldimi? –Keldi.
6. Zid ma‟noli bog‟lovchisiz qo‟shma gaplar orasida: Jismimiz
yo‟qolur – o‟chmas nomimiz.
Qavsning qo’llanish o’rinlari quyidagicha:
1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bir qismiga izoh
beruvchi so‟z yoki iboralar qavsga olinadi: Anvar (sen uni taniysan)
chempion bo‟ldi.
2. Misol yoki ko‟chirmaning manbaini ko‟rsatishda: Bir qarg‟a
bilan qish kelmas.(Maqol)
Qo’shtirnoq quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Ko‟chirma gapni ajratib ko‟rsatish uchun: “To‟g‟ri gapir”, –dedi
do‟stim.
2. Ko‟chma ma‟nodagi so‟zlar, shartli nom yoki taxallus
ma‟nosidagi ayrim so‟z va so‟z birikmalari ham qo‟shtirnoqqa
olinishi mumkin: Paxtakorchilar “dushman” darvozasiga to‟p surishdi.
“Lochin!” “Lochin!” “Parvoz”ni eshit.
19-mashq.
Kerakli o‟rinlarda vergulni qo‟ying va qo‟yilish sababini
tushuntiring.
1. Hech kim telefon qilmadi hech kim so‟ramadi ham. 2. Darvoqe
o‟sha rasm haqida eshitganmisiz? 3. Dunyoni qizg‟anma mendan
azizim. 4. Xo‟p biz ketdik xola.
40
40
I topshiriq. Uyushiq bo‟lakli gaplar tuzing, kerakli tinish belgilarni
qo‟ying.
20-mashq.
Quyidagi savollarga javob bering va topshiriqlarni bajaring.
1. Ikki nuqta va nuqtali vergulning qo‟llanish o‟rinlari haqida
gapiring va misollar yozing.
2. Undov so‟zlar ishtirok etgan gaplar tuzing va tinish belgilarni
qo‟ying.
3. Gapning ajratilgan bo‟laklari qo‟llangan gaplar tuzib, tinish
belgilarini qo‟ying.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Nuqta hamda vergulning qo‟yilish o‟rinlarini ayting.
2. Tire va defies (chiziqcha)ning farqi nimada?
3. Qavs va qo‟shtirnoq qaysi o‟rinlarda ishlatiladi.
4. So‟roq, undov belgilarining ishlatilish o‟rinlari haqida gapiring.
Adabiyotlar:
5. Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиѐти
пойдевори. Тошкент. 1998.
6. Abdurahmonov G‟., Rustamov H. Ona tili. 10-sinf uchun
darslik. Toshkent, “O‟qituvchi ”, 2004.
7. Rafiyev A., G‟ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent,
“Sharq”, 2009.
8. O‟zbek tilining imlo lug‟ati. A.Hojiyev tahriri ostida. . Toshkent,
“O‟qituvchi”, 1997.
Mavzu bo‟yicha testlar:
1. Bog‟dagi barcha qushlar//
bulbul, to‟ti, sa‟va unga jo‟r
bo‟ldi. Ushbu gapdagi// belgisi
o‟rnida qanday tinsh belgisi
qo‟yiladi.
A) tire
B) vergul
C) ikki nuqta
D) nuqtali vergul
2. Undalmalar qanday tinish
belgilari bilan ajratiladi?
A) faqat vergul
B) vergul, undov
C) vergul, ikki nuqta
D) nuqta, vergul
41
41
3. Bog‟lovchisiz qo‟shma gap
qismlari
orasida
zidlash,
o‟xshatish, shart, payt ma‟nolari
bo‟lsa, qanday tinish belgi
qo‟yiladi?
A) nuqtali vergul B) vergul
C) ikki nuqta D) tire
4. Kinoyali so‟zlar yozuvda
qanday tinish belgilari bilan
ajratiladi?
A) hech qanday tinish belgi
qo‟yilmaydi
B) ikki nuqta
C) qo‟shtirnoq
D) qavs
5. Buyruq gaplar oxirida qanday
tinish belgi qo‟yiladi?
A) nuqta
B) undov
C) nuqta, undov
D) undov, so‟roq
9-MAVZU. SO‟Z QUDRATI
Reja:
1. So‟zlash madaniyati.
2. So‟z tanlash mahorati.
3. So‟zdan so‟zni farqi bor, 72 naqdi bor.
Mavzuga bog‟liq tayanch tushunchalar: so‟z, so‟zlash
madaniyati, so‟z qudrati, so‟zning tashqi va ichki tomoni, so‟zning
o‟z va ko‟chma ma‟nosi.
21-mashq.
So‟z va nutq odobi bo‟yicha aytilgan quyidagi fikrlarni
sharxlang.
1. So‟zni ko‟nglungda pishqormaguncha tilga keltirma, harnakim
ko‟nglungda bo‟lsa, tilga surma. (A. Navoiy) 2. Nutq madaniyati
bu, avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D. E. Rozental) 3. Bilgilkim,
hamma hunardan so‟z hunari yaxshi. ( Kaykovus) 4. So‟z kuchidan
yiqilar minbar ham, dor ham, so‟z birla chiqar indan ilon-murdor
ham. (Abu Shukur Balxiy) 5. Har bir kishining madaniylik darajasi
o‟qib qanchalik tarbiya ko‟rganligi uning yozma va og‟zaki
nutqidan bilinadi, (S. Ibrohimov) 6. Bir deganni ikki demak xush
emas, so‟z chu takror topti dilkash emas. (A. Navoiy)
42
42
Esda saqlang:
O‟zbek tilida, avvalo, uning boy lug‟at tarkibida o‟zbek xalqining
ilm-u madaniyati, san‟ati aks etgan, insonning bilish faoliyati jarayoni
va uning natijalari ifodalangan . Asosiy lug‟aviy birlik hisoblangan
so‟z orqali kishilik jamiyatining madaniy-tarixiy qadriyatlari,
to‟plangan tushuncha va bilimlar avloddan avlodga yetkaziladi.
So‟z shakli va mazmun yaxlitligiga ega bo‟lib, ma‟no va
gramatik jihatdan shakllangan bo‟ladi.
So‟zning shakli, ya‟ni tashqi tomoni tovush (harf)lardan iborat
bo‟lib, bu xususiyatlari fonetikada o‟rganiladi. So‟zning ichki tomoni
esa unda ifodalangan ma‟nolar bilan tavsiflanadi. So‟zlar bir ma‟noli
yoki ko‟p ma‟noli bo‟lishi mumkin. Ko‟p ma‟noli so‟zlar til
taraqqiyoti natijasida paydo bo‟ladi.
Ajdodlarimiz qadimdan to‟g‟ri, ta‟sirchan, chiroyli gapirishga
intilish va ularni odatga aylantirishga ma‟rifiy-axloqiy talab sifatida
qarab kelganlar. So‟zni qadrlash, yaxshi so‟zlay olish, tilni tiyish,
suhbat sirlarini saqlash, ezma va vaysaqi bo‟lmaslik kabilarga amal
qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy
muomaladagi bu odatlar xalqimizning mangu an‟anasi sifatida
yashagan va takomillashib kelmoqda.
I topshiriq. “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi,
majbur etadi”.
(P. Emirson) Mazkur fikr haqida og‟zaki matn tuzing.
22-mashq.
Quyidagi maqollarni davomini toping.
1. Oz so‟z– …
2. Yaxshi gap jon ozig‟i–,…
3. Aytilgan so‟z –...
4. Qilichning zahri ketsa ham –,…
5. Otalar so‟zi –...
6. Tilni bilish – ...
7. Aytar so‟zni ayt–,…
8. Ko‟p bilgan oz so‟zlar–,…
9. Gapni oz so‟zla–,…
10. Yaxshi gap bilan–…
43
43
II topshiriq. “Aql charxi” o‟yinini tashkil eting. Unda quyidagi
hazilnoma
savollardan foydalaning:
1. Dengiz ostida qanday tosh bo‟lmaydi? (quruq tosh).
2. Qaysi joyda osmon past bo‟ladi? (suvda).
3. Qora mushuk qay vaqt uyga osongina kira oladi? (eshik ochiq
bo‟lsa).
4. Qozonga birinchi nima solinadi? (nazar).
5. Dunyoda nima chaqqon? (fikr).
6. Nima hamma tilda ham gapiradi? (aks-sado).
7. Odamzodda nima ko‟p? (umid, reja).
8. Yumuq ko‟z bilan nimani ko‟rish mumkin? (tush).
9. Yomg‟ir yog‟ib turganda, qarg‟a qanday daraxtga qo‟nadi? (ho‟l
daraxtga).
10. Mushuk nega miyovlaydi? (gapirib bilmagani uchun).
III topshiriq. Yuqoridagi kabi hazil so‟roqlardan 5 ta tuzing.
23 -mashq.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridan so‟z ta‟rifi
bo‟limini o‟qib quyidagi savollarga javob bering.
1. “Suvning mazasi muz bilan, oshning mazasi tuz bilan, odam
yaxshiligi so‟z bilan” jumlasini sharhlang.
2. …”Chin so‟z mo‟tabar, yaxshi so‟z muxtasar…” jumlasi orqali
qanday fikr ilgari surilgan?
3. “Yolg‟on so‟z baxtsizlik keltirur…” jumlasini izohlang.
IV topshiriq. Alisher Navoiyning quyidagi she‟riy parchalarini
sharhlab, so‟z va so‟zlash odobi bo‟yicha matn tuzing.
1. Har kimki chuchuk so‟z elga izhor aylar,
Har neki ag‟yor durur yor aylar,
So‟z qattig‟i el ko‟ngliga ozor aylar.
Yumshog‟i ko‟ngullarni giriftor aylar.
(“Nazm ul-javohir”dan)
2. Qaysi majlisdakim eshitsang so‟z,
Bilgil ul so‟z sanga omonatdur,
44
44
Gar ani o‟zga yerga naql etsang,
Ul omonatga bu xiyonatdur.
(“Arbain”dan)
3. Xiradmand chin so‟zdan o‟zga demas,
Vale bari chin ham degulik emas.
Kishi chinda so‟z zebo, durur
Necha muxtasar bo‟lsa, avlo durur.
(“Mahbub ul-qulub”dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |