2 – MAVZU.
KOMPYUTER TARMOG’INING ARXITEKTURASI VA TOPOLOGIYASI.
Reja:
1. Tarmoq topologiyalari
2. «Shina» topologiyasi
3. «Yulduz» topologiyasi
4. «Halqa» topologiyasi
5. Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi
Tayanch iboralar: topologiya, Shina, «Yulduz», «Halqa»,
1. Tarmoq topologiyalari
Kompyuter tarmog'ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda, odatda, biz bir-
biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo'llarini ulash usullarini tushunamiz.
Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi, avvalam- bor, mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu
tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning
tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o'zining
alohida yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo'yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot
almashishning bo'lishi mumkin bo'lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni
kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash
imkoniyati bo'lmasa-da, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki
hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqning uch xil topologiyasi mavjuddir:
• «Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo'liga parallel ulangan va axborot har bir
kompyuterdan bir vaqtning o'zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1.1-rasm);
1.1-rasm. «Shina» tarmoq topologiyasi.
• «Yulduz» (звезда, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi,
har bir kompyuter alohida o'z aloqa yo'llaridan foydalanadi (1.2-rasm);
1.2-rasm. «Yulduz» tarmoq topologiyasi. 9
• «Halqa» (кольцо, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan
keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyu- terdan oladi va bu
zanjir yopiq, ya'ni halqasimondir (1.3-rasm).
1.3-rasm. «Halqa» tarmoq topologiyasi.
Amalda ba'zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin
ko'pchilik tarmoqlar sanab o'tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o'tilgan tarmoq
turlarining xususiyatlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.
2. «Shina» topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba'zi hollarda «umumiy shina» ham, deb ataladi) o'z tashkiliy qismi bilan
tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo'lishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo
qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo'li bitta.
Aks holda, uzatilayotgan axborot ustma-ust bo'lishi natijasida o'zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari).
Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga oshiriladi (hal duplex),
almashinuv bir vaqtning o'zida emas, navbat bilan ikki yo'nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina»
topologiyasida markaziy abonent bo'lmagani uchun puxtaligi bois boshqa topologiyaga nisbatan
yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda boshqarilayotgan sistema ham o'z vazifasini
bajarishdan to'xtaydi. «Shina» tarmog'iga yangi abonent qo'shish ancha oddiydir va uni tarmoq ishlab
turgan vaqtda ham qo'shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan «Shina»da eng kam
uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi
kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas.
Mumkin bo'lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi.
«Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga
nisbatan murakkabroqdir. Lekin «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng
tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. «Shina» dagi kompyu-
terlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom
ettirishi mumkin. Kabellarning uzilishi ham qo'rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo'lganda,
ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo'lamiz. Lekin elektr signallarning uzun aloqa yo'lidan
tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda «Shina» oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya'ni
terminator ulanishi lozim (1.1-rasmda to'rtburchak shaklda ko'rsatilgan).
Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo'lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo'lishi
natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo'lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikast- langanda
yoki uzilish hosil bo'lganda, aloqa yo'lining moslashuvi buziladi va hattoki, o'zaro ulangan kompyuterlar
o'rtasida ham axborot almashinuvi to'xtaydi. «Shina» kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa
to'qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to'xtaydi. «Shina»dagi tarmoq qurilmalaridan
birontasi buzilgan taqdirda, uni ajratib qo'yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli
ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas.
«Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo'lidan axborot signallari o'tish davomida so'nish yuzaga
keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo'yiladi. Bundan
tashqari, abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter
va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog'liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning
axborotni qabul qilish qurilmalariga qo'yiladigan qo'shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida
tarmoq uzunligini oshirish uchun ko'pincha bir necha segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida
shinani tashkil qiladi), bu segmentlar
o'zaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma—repiterlar yoki tak- rorlovchi qurilmalar orqali
ulanadi. Lekin bu usulda tarmoqning uzunligini cheksiz oshirib bo'lmaydi, chunki aloqa yo'lida signal
tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir.
3. «Yulduz» topologiyasi
«Yulduz» — bu markazi aniq mavjud topologiya bo'lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi.
Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u
tarmoqqa xizmat ko'rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning
tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin ko'p bo'ladi. Abonentlarning bu
hol uchun teng huquqligi haqida so'z ham yuritib o'tirilmaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng
ko'p quvvatga ega bo'ladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali
amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo'lishi mumkin emas,
chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o'rin yo'q.
«Yulduz» topologiyasidagi tarmoq kompyuterlarining buzilishga barqaror ishlashi haqida so'z
yuritadigan bo'lsak, tashqi kompyu- terlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga
ta'sir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqning butunlay ishdan
chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to'qnashuv ro'y bersa, «Yulduz»
topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to'xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar
odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. «Shina» dan farqli «Yulduz» da har bir aloqa yo'lida
faqatgina ikkita abonent bo'ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan bin. Ko'pincha kompyuterlarni
ulash uchun ikkita aloqa yo'li ishlatiladi, ulardan har bin axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday
qilib, har bir aloqa yo'lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq
qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo'shimcha
tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi.
«Yulduz»da signallarning aloqa yo'lida so'nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal
bo'ladi, chunki har bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi. «Yulduz»
topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abonentlar soni chegaralangan.
Odatda, markaziy abonent 8—16 tadan ko'p bo'lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko'rsata oladi.
Ko'rsatilgan cheklanish oralig'ida qo'shimcha abonentlarni ulash ancha oddiy bo'lsa, qo'yilgan
cheklanishdan ortiq bo'lgan hollarda abonent ulash imkoni yo'q. Ba'zi hollarda yulduzsimon ulanishni
kengaytirish imkoni mavjud, agarda, tashqi abonentlardan binning o'rniga markaziy abonent ulansa,
natijada, o'zaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo'ladi. 1.2-rasmda
keltirilgan «Yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz», deb ataladi, 1.5-rasmda keltirilgan chizma «Passiv
yulduz» topologiyasi bo'lib, u faqat tashqi ko'rinishdangina yulduzga o'xshashdir.
1.5-rasm. «Passiv yulduz» topologiyasi.
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» topologiyasiga nisbatan ko'p tarqalgan.
Hozirgi kunda eng ko'p tarqalgan va taniqli Internet tarmog'ida ham «Passiv yulduz» topologiyasidan
foydalanilgan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq markazida kompyuter emas,
balki konsentrator yoki xab (hub) o'rnatiladi, bu qurilma repiter bajargan vazifani bajaradi.
Konsentratorning (xab) vazifasi o'tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa yo'llariga uzatishdan
iborat. Vaholanki, kabellarning o'tkazilishi aktiv yulduzsimon bo'lsa hamki, haqiqatda esa, biz «Shina»
topologiyasiga to'qnash kelamiz, chunki axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o'zida barcha qolgan
kompyuterlarga uzatiladi, lekin markaziy abonent mavjud emas. Tabiiyki, «Passiv yulduz» oddiy
shinadan qimmatga tushadi, chunki bu holda, albatta, konsentratordan foydalanish shart. Biroq, bu
topologiya bir qator qo'shimcha yulduzsimon topo- logiyada mavjud, shuning uchun oxirgi vaqtda
«Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyali tarmoqlarni siqib chiqarmoqda. «Aktiv yulduz» va «Passiv
yulduz» topologiyalari oralig'idagi topologiya ham mavjud. Bu holda konsentrator o'ziga kelayotgan
signalni faqat tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham boshqaradi, lekin o'zi axborot almashishda
ishtirok etmaydi.
«Yulduz» topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, hamma ulanish nuqtalari bir joyda
jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga, nosozliklarni u yoki bu
abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo'yib tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo'lmaydi),
tarmoqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imko- niyatini chegaralash kabi
qulayliklarni beradi. «Yulduz» ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga bitta axborotni ikki
tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabeldan faqat bir tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni
mavjud. Ikkinchi holat amalda ko'proq uchraydi.
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi boshqa turdagi
topologiyalarga nisbatan kabel ko'p sarflanishidir. Masalan, «Shina» topologiyasiga (1.1-rasm) nisbatan
«Yulduz» topologiyasida bir necha marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli
darajada ta'sir qilishi mumkin.
4. «Halqa» topologiyasi
«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo'llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan
ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo'llarida
«Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu
holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati
shundan iboratki, har bir kompyuter o'ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya'ni repiter vazifasini ham
bajaradi, shuning uchun butun halqa bo'ylab signalning so'nish muammosi bo'lmaydi. Muhimi, halqadagi
ikki kompyuter o'rtasidagi so'nishdir. Bu holat- da aniq ajratilgan markaz yo'q, tarmoqdagi hamma
kompyuterlar bir xil bo'lishi mumkin. Ko'pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot
almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma'lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent
mavjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda
amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to'xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to'liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi).
Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin,
qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan
shu mo'ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo'ladi.
Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan
kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni
ishdan to'xtatish lozim bo'ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarning tarmoqdagi
maksimal soni katta (ming va undan ham ko'p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli
hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko'p axborot oqimini ishonchli ta'minlaydi, chunki unda konflikt holati
yo'q («Shina» topologiyasida mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo'q («Yulduz» topologiyasida
mavjud).
Signal
halqadagi
tarmoqning
hamma
kompyuterlaridan
o'tgani
uchun,
tarmoqdagi
kompyuterlarning birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning ish faoliyati
to'xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to'qnashuv ro'y bersa, butun
tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishga eng sezgir, shuning
uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko'proq) parallel aloqa yo'llari o'tkaziladi, ulardan bin zaxira
uchun mo'ljallanadi.
«Halqa» topologiyasining yirik yutug'i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash
imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba'zida bir necha o'n kilometrgacha).
Bu ma'noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
«Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o'tkazilishini kamchilik
(«Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba'zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa
yo'li o'tkazilib, bu aloqa yo'llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi
— axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq
ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
1.2.4. Boshqa topologiyalar
Yuqorida ko'rib o'tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam
foydalanilmaydi. Bu topolo- giyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo'lgan deb qarash
mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (1.6-rasm) va passiv
(1.7-rasm) topologiya bo'lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo'llarining
birlashgan markazida — markaziy kompyuterlar, «Pas- siv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar)
joylashgandir.
1.6-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi. 16
1.7-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K — konsentrator.
Odatda, turli topologiyalar elementlaridan hosil bo'lgan «Yulduz»— «Shina» (1.8-rasm) va
«Yulduz»—«Halqa» (1.9-rasm) topologiyalari ham qo'llanadi.
1.8-rasm. «Yulduz»—«Shina» topologiyasiga misol.
«Yulduz»—«Shina» (star — bus) topologiyasi «Shina» va «Pas- siv yulduz» topologiya
elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida kompyuter va shuningdek,
shina segmentlari ulanadi. Ya'ni ayni vaqtda butun tarmoq kompyuterlarini o'z ichiga oladi va
«Shina»ning jismoniy topologiyasi amalga oshiriladi.
1.9-rasm. «Yulduz»—«Halqa» topologiyasiga misol.
Keltirilgan topologiyada bir-biri bilan ulangan va magistral deb atalgan tayanch shina hosil
qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratorlarga alohida kompyuter yoki shina segmentlari ulanadi. Shunday qilib,
tarmoqdan foydalanuvchi «Shina» va «Yulduz» topologiyalarining afzalliklaridan mohirona foydalana
olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini oson o'zgartira olish imkoniga ega bo'ladi. «Yulduz»—
«Halqa» (star-ring) topologiya holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (1.9-
rasm) ulab, konsentratorlarga kompyuter- larni ikkita aloqa yo'li orqali yulduzsimon qilib ulanadi. Aslida,
tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadi, chunki konsentrator ichida hamma aloqa yo'llari
yopiq halqani hosil qiladi (1.9-rasmda ko'rsatilgandek). Bu topologiya «Yulduz» va «Halqa» topologiya
afzalliklarini birlashtirish imkonini hamda barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi.
5. Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarning faqat jismoniy o'rnini emas, bundan ham muhimroq
kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan
kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarining
murakkablik darajasini, axborot almashish usullarining qaysi bin mos tushishini, foydalanilishi mumkin
bo'lgan axborot uzatish vositalari (aloqa yo'li), tarmoqning ruxsat etilgan o'lchami (abonentlar soni va
aloqa yo'lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va boshqa ko'p masalalarni aniqlab beradi.
Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarningjismoniy o'rni tarmoq topologiyasini tanlashga, umuman
olganda, kam ta'sir ko'r- satadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qat'i nazar, oldindan
tanlangan topologiya bo'yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm). Agarda, ulanayotgan
kompyuterlarning jismoniy joylashgan o'rni doirasimon bo'lsa ham ularni bemalol «Yulduz» yoki
«Shina» topologiyalari bo'yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga
joylashgan bo'lsa, ularni o'zaro «Shina» yoki «Halqa» topologiya ko'rinishida ulash mumkin. Nihoyat,
kompyuterlar bir chiziq bo'ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o'zaro «Yulduz» yoki «Halqa»simon
ulash mumkin. Kabellarning jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa, boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda, to'rtta bir-biridan farqli tushunchalarni
nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
jismoniy topologiya — ya'ni kompyuterlarning o'zaro joyla- shishi va kabellarni o'tkazish sxemasi.
Bu ma'noda, masalan, «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun
ko'p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi;
mantiqiy topologiya — ya'ni kompyuterlar o'zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish
belgilari. Bunday ta'rif topologiyaning ancha to'g'ri ta'rifidir;
axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi — bu alohida kompyuterlar o'rtasidagi axborot
almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari;
axborot topologiyasi — bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo'nalishidir.
Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i axborotlarni uzatish uchun
estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya'ni bu halqa ma'nosida) va bir vaqtning o'zida barcha axborotni
alohida ajratilgan bir kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya'ni bu yulduz ma'nosida). Mantiqiy
topologiyali «Shina» tarmog'i jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko'rinishiga
ham ega bo'lishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma'nosida
yulduz, deb hisoblanishi mumkin, agarda, bir server va bir necha mijoz asosida yig'ilgan tarmoq bo'lsa,
faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi
haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo'ladi (bu holda - server).
Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma'nosida «Shina» topologiyasi, deb atalishi
mumkin, agarda, u bir vaqtning o'zida server va shuningdek, mijoz bo'ladigan kompyuterlar yordamida
qurilgan bo'lsa. Har qanday boshqa «Shina» hollari kabi, alohida kompyuterlarning buzilishi bunday
tarmoqqa kam ta'sir qiladi.
Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni tugatar ekanmiz, ta'kidlab o'tish
kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiyaning turi asosiy omil bo'la olmaydi. Masalan, tarmoqning
standartlik darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tanlangan dasturiy
ta'minot muhim omillar bo'la oladi. Lekin boshqa tomondan olib qaraganimizda, ba'zi tarmoqlar turli
bosqichda turli topologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o'tilgan jami fikr va
mulohazalarni hisobga olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
Nazorat savollari
1. Mahalliy hisoblash tarmog'i ta'rifini keltiring.
2. Mahalliy tarmoqning boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi belgilari nimalardan iborat?
3. Nechta va qanday asosiy topologiyalar mavjud?
4. «Shina» topologiyasining afzalliklari nimadan iborat?
5. «Shina» topologiyasining kamchiliklari nimadan iborat?
6. «Yulduz» topologiyasining afzalliklari nimadan iborat?
7. «Yulduz» topologiyasining kamchiliklari nimadan iborat?
8. «Halqa» topologiyasining afzalliklari nimadan iborat?
9. «Halqa» topologiyasining kamchiliklari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |