Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


o„t ochib  dushman  hujumini qaytarishga tayyorlanish



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

o„t ochib 
dushman 
hujumini qaytarishga tayyorlanish
va 
o„t ochib 
dushman 
hujumini qaytarishga madad berish
.
O„t ochib dushman hujumini qaytarishga tayyorlanish uning harbiy qism va 
bo„linmalari qo„shilma komandiri tomonidan belgilangan, brigada artilleriyasi o„t 
ochish amaliga to„g„rilashlar kiritish imkoniyati ta'minlanadigan marraga yetib 
kelishlari bilan boshlanib, ularning hujumga o„tishi bilan yakunlanadi. Ushbu 
davrda ilg„or pozitsiyalardagi brigada bo„linmalarining jangiga madad berish to„liq 
hajmda amalga oshiriladi.
Dushman bevosita to„qnash kelish holatidan hujumga o„tgan taqdirda o„t 
ochib hujumni qaytarishga tayyorlanish dushmanning o„t ochish tayyorgarligi 
boshlanishi bilan boshlanadi, ammo bu harakat uning tanklari kutish hududlaridan 
(pozitsiyalaridan) chiqib kela boshlashidan kechikmasligi va dushman hujumga 
o„tgunga qadar davom ettirilishi kerak. Bu harakat dushmanning tizilishini 
kechiktirish va izdan chiqarish, uni bo„linma va qurollarining boshqaruvini barbod 
qilish, uning birinchi eshelonidagi bo„linmalarga zarar yetkazish, u tomonidan 
o„tkazilayotgan o„t ochish tayyorgarligining samaradorligini kamaytirish 
maqsadida amalga oshiriladi hamda artilleriya va tankka qarshi vositalar olovi, 
shuningdek, brigada jangiga madad berish uchun ajratilgan aviatsiya zarbalaridan 
iborat bo„ladi.
O„t ochib dushman hujumini qaytarishga madad berish dushmanning hujumga 
o„tishi bilan boshlanadi hamda brigada mudofaa chizig„ini qo„lda saqlab turish, 
uning dushman tomonidan yorib o„tilishiga yo„l qo„ymaslik maqsadlarida butun 
jang mobaynida olib boriladi. U birinchi navbatda dushmanning hujum qilayotgan 
tank va boshqa zirhli mashinalari hamda ularga madad berayotgan o„t ochish 
vositalari, qo„shin va qurollarni boshqarish tizimi elementlari, havo hujumidan 
mudofaa vositalari, rezervlar va boshqa muhim ob'ektlarga qarata zarbalar berish 
va barcha turdagi o„t ochish amallarini olib borish yo„li bilan barcha artilleriya va 
boshqa o„t ochish vositalari, shuningdek, madad beradigan aviatsiya 
imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalangan holda amalga oshiriladi.


66 
Mudofaaga yorib kirgan dushmanga o„t ochib shikast yetkazish uning yorib 
kirgan bo„linmalari, dushman ortida harakat qiladigan va aylanib o„tayotgan 
otryadlari, havo desanti, aeromobil va qo„poruvchi-razvedka guruhlarini yo„q 
qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Qarshi hujumlarni o„tkazish vaqtida o„t 
ochib dushmanga shikast yetkazish quyidagi davrlar bo„yicha amalga oshiriladi: 
o„t ochib qarshi hujumni tayyorlash va o„t ochib qarshi hujumga madad berish, ular 
hujumda o„t ochib dushmanga shikast yetkazishning umumiy tamoyillariga 
muvofiq olib boriladi.
Mudofaa jangida o„t ochib dushmanga shikast yetkazishda artilleriya quyidagi 
o„t ochish amallarini qo„llaydi:
a l o h i d a n i s h o n g a q a r a t a o „ t o c h i s h –batareya, o„t ochish vzvodi 
yoki to„pning (minomyot, jangovar mashina, tankka qarshi boshqariladigan raketa 
qurilmasining) mustaqil tarzda yopiq o„t ochish pozitsiyasidan hamda to„g„ridan-
to„g„ri nishonga olib, shu jumladan o„ta aniq o„q-dorilar bilan olib boradigan o„t 
ochish amali;
j a m l a n g a n o „ t o c h i s h ( J O „ O ) – bir vaqtdabir nechta divizionlarning 
(batareyalarning) bitta nishonga qarata olib boradigan o„t ochish amali;
y o p i r i l m a o „ t o c h i s h ( Y o O „ O ) – harbiy okrug (operativ 
qo„mondonlik, brigada) artilleriyasining hammasi yoki katta qismining qisqa 
muddatlarda dadillik bilan bir yoki bir nechta muhim ob'ektlarga (nishonlarga) 
shikast yetkazish vazifasi bilan bir vaqtdaolib boradigan o„t ochish amali;
k o „ c h m a s o l o v l i d e v o r ( K s O D ) – hujum (qarshi hujum) qilayotgan 
dushman fronti oldidagi bir (bittalik K s O D ) yoki bir nechta (ichki sarhadi 
K s O D ) marralarda yaratiladigan yaxlit olovli to„siq;
k o „ c h m a o l o v l i d e v o r ( K O D ) –dushman tanklari (piyodalar 
jangovar mashinalari, zirhli transportyorlari) harakatlanayotgan yo„ldagi bitta 
(bittalik K O D ) yoki bir vaqtning o„zida ikkita (ikkitalik K O D ) marralarda 
yaratiladigan hamda hujum (qarshi hujum) qilayotgan tanklarni (piyodalar 
jangovar mashinalari, zirhli transportyorlarni) asosiy qismining olovli hududdan 


67 
chiqib kelishi tayinlangan boshqa marralarga ketma-ketlik bilan ko„chiriladigan 
yaxlit olovli to„siq.
Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) uni mas'uliyatiga biriktirilgan zonadagi 
mudofaasida bevosita o„t ochib dushmanga shikast yetkazish muhandislik 
to„siqlari tizimi bilan birgalikda o„t ochish tizimini ham yaratish orqali 
ta'minlanadi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish