g‟oyasi,
komandirning hayolida bevosita jangni
olib borish bo‟yicha paydo bo‟ladigan homaki fikridir. Jangning (harakatlarning)
g‟oyasi
qarorning asosi hisoblanib qoidaga ko‟ra komandir tomonidan olingan
vazifaga, batalyon (batalyon taktik guruhi) ning brigada jangovar tartibdagi
o‟rnidan kelib chiqib belgilanadi va olingan vazifani bajarishning tartibi va
usullarini belgilashda mujassam bo‟ladi.
Batalyon
(batalyon
taktik
guruhi)
ning
komandiri,
jangning
(harakatlarning) g‟oyasida asosan, shtatdagi va biriktilgan bo‟linmalarga jangovar
vazifani belgilaydi.
Boshqaruvning asosiy masalalarida
batalyon (batalyon taktik guruhi)
ning komandiri qo‟mondon kuzatuv punktini yoyish joyi va vaqtini, uni ko‟chirish
yo‟nalishi va tartibini, jangga (harakatlarga) tayyorlash va jang vaqtida
bo‟linmalarini boshqarishni tashkillashtirish, shuningdek boshqaruv organlarining
vazifasi va ish tartibini, boshqaruvning barqarorligi va uzluksizligini ta‟minlash
bo‟yicha choralarni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |