22 nafargacha desantchini
, tog„li joylarda
esa
2000 metrgacha
bo„lgan balandlikda –
8-12 nafar desantchini
,
3000-4000
metrlik
balandliklarda –
faqat 6-8 kishini
o„z bortiga olishi mumkin.
Taktik havo desantini tushirish, qoidaga ko„ra, hukmron balandliklar va yo„l
kesishmalari (uzellari) hududida amalga oshiriladi. Desant tushirish bevosita
qo„lga olinadigan ob'ekt ustida yoki undan narida amalga oshirilishi mumkin.
243
Zaruratga ko„ra qo„lga olinadigan ob'ektga qarata artilleriya olovi va aviatsiya
zarbasi berilishi mumkin.
Desantni tayyorlash vaqtida desant tushiriladigan hudud avval xarita,
so„ngra fotoplanshetlar bo„yicha puxta o„rganib chiqilib, shundan keyingina asosiy
va zaxira qo„nish maydonchalari belgilanadi.
Taktik havo desantining desant tushirish hududiga parvozi, odatda, bitta
kolonna tarkibida uchib o„tishning pinhona kechishini ta'minlaydigan tabiiy joyga
ega yo„nalishda amalga oshiriladi. Uchib o„tish chizig„i hamda desant tushirish
hududidagi dushmanni bostirish uchun desantning oldi va qanotlarida uni kuzatib
borib, zarur holatlarda bort qurollaridan o„t ochish amalini olib boradigan
vertolyotlar tayinlanadi. Shuningdek, desant ham parvoz vaqtida o„qli quroldan o„t
ochish amalini olib borishga tayyor bo„lishi kerak.
Vertolyot desantining jangovar tartibi, odatda, ilg„or guruh va asosiy
kuchlardan tashkil topadi.
Ilg„or guruh qo„nish maydonchalarini egallash va asosiy kuchlarning
tushirilishini ta'minlash uchun mo„ljallangan. Uning tarkibiga granatomyot va
pulemyot raschetlari, shuningdek, razvedka va minalarni zararsizlantirish vositalari
hamda muhandislik o„q-dorilarining zaxirasiga ega muhandislik-sapyor seksiyasi
bilan kuchaytirilgan jangovar guruh kirishi mumkin. Ilg„or guruh tarkibida,
qoidaga ko„ra, desant tushirish operatsiyasining rahbari, aloqa vositalariga ega
aviatsiya mo„ljallovchisi va artilleriya o„t ochish amaliga to„g„rilashlar kirituvchi
bo„ladi.
Ilg„or guruhga juda yaxshi tayyorgarlikka ega ofitserlar hamda eng
bardoshli, jismonan baquvvat, jangovar tajribaga ega oddiy askar va serjantlar
tanlab olinadi. Ilg„or guruhdagi motoo„qchilarning anjom-aslahalari maksimal
darajada yengillashtirilgan bo„lishi va ko„paytirilgan jangovar to„plamga ega
shtatdagi o„qli qurolni o„z ichiga olishi kerak.
Asosiy kuchlar kolonnasining boshida, odatda, motoo„qchi va muhandislik-
sapyor bo„linmalar joylashgan vertolyotlar, ularning ortidan esa minomyotchi va
boshqa bo„linmalar joylashgan vertolyotlar harakatlanadilar.
244
O„z tarkibiga ko„ra har bir vertolyotdagi desant, tushirilgandan so„ng to
asosiy kuchlarga qo„shilgunga qadar mustaqil ravishda jangovar harakatlarni olib
borishga tayyor bo„lishi kerak.
Desantning ilg„or guruhi va asosiy kuchlari tushirilishidan avval desant
tushirish maydonchalari hududida hamda u aviatsiya zarbalari va artilleriya olovi
bilan desantga ta'sir ko„rsatishi mumkin bo„lgan hududlardagi dushman bostiriladi
va yo„q qilinadi.
Birinchi bo„lib razvedkachi va sapyorlar tushiriladi, ular qo„nish
maydonchalarida minalar bor-yo„qligini tekshiradilar hamda minalar va
dushmanning yo„qligiga ishonch hosil qilgach vertolyotlarga qo„nish signalini
beradilar. Vertolyotlardan tushgandan so„ng ilg„or guruhning motoo„qchi
bo„linmalari tezlik bilan jangovar tartibga tizilib, qulay pozitsiyalarni (hukmron
balandliklarni) egallaydilar va desant asosiy kuchlarining hyech bir to„sqinliksiz
tushirilishini ta'minlaydilar.
Ilg„or guruh tushirilgandan so„ng ilg„or guruhni tushirgan jangovar va
jangovar-transport vertolyotlar uning harakatlariga madad beradi hamda
tushirilayotgan asosiy kuchlarni pana qilib turadi.
Ilg„or guruhning komandiri yerga tushgandan so„ng darhol desant asosiy
kuchlarining komandiri bilan aloqa o„rnatadi, desant tushirish operatsiyasi rahbari
esa vertolyotlarni qo„nish maydonchalariga qabul qilib olishni tashkillashtiradi.
Vertolyot desanti tarkibida harakat qiluvchi kuchaytirilgan motoo„qchi
vzvod, odatda, bitta maydonchaga tushiriladi.
Tushirilgandan so„ng vertolyot desanti qo„riqlash xizmati va razvedkaning
himoyasi ostida tez va pinhona ravishda qo„lga olinadigan (yo„q qilinadigan)
ob'ekt, qurshovga olish marrasi (pozitsiyasi) yoki pistirma amalga oshiriladigan
hudud tomon yo„lga chiqadi. Tayinlangan ob'ektga yetib borgandan so„ng u
jangovar tartibda tiziladi hamda qanot va front ortidan hujum qilgan holda mustaqil
ravishda yoki frontdan hujum qilayotgan bo„linmalar bilan hamkorlikda
dushmanni yo„q qiladi. Desantning jangovar texnikasi, agar vaziyat va tabiiy joy
sharoitlari imkon bersa, tushirilgandan so„ng u bilan birlashishga harakat qiladi.
245
Desant tushiriladigan shaxsiy tarkibni bitta qatnovda eltishning imkoni
bo„lmagan taqdirda, birinchi qatnovda desant kuchlarining katta qismi olib
boriladi. Bunda ikkinchi qatnovda bortidagi desantni tushirib bo„lgan ekipajlar
(ularga qo„nish maydonchalari tanish bo„lganligi uchun) ishtirok etadilar, tushirib
bo„lingan bo„linmalar esa ikkinchi qatnovdagilar yetib kelganda tushirish
maydonchalarini belgilar bilan ko„rsatib turadilar.
Jangovar vazifani bajarib bo„lgach desant zirhli tank texnikasi yoki
vertolyotlarda boshlang„ich hududga qaytadi.
Jangovar vazifani bajarib bo„lgan desantni vertolyotlar vositasida
evakuatsiya qilish dushman tomonidan o„qqa tutilmayotgan maydonchalardan
amalga oshiriladi. Desantni evakuatsiya qilish hududiga dushman chiqib kelishi
mumkin bo„lgan yo„llarda mina maydonlari qo„yib chiqiladi. Evakuatsiya hududini
himoya qilish uchun hukmron tepaliklarga bevosita qo„riqlash xizmati qo„yilib,
ular eng oxirgi vertolyotlar bilan ketadi.
Desantning evakuatsiya hududi tomon chiqib borishi oldinga razvedka
organlarini yuborgan holda qo„riqlash xizmati va jangovar vertolyotlar himoyasi
ostida, jang oldi tartibida amalga oshiriladi.
Shaxsiy tarkibni vertolyotlarga chiqarish hisobi ajratilayotgan vertolyotlar va
qo„nish maydonchalarining soni ko„rsatilgan evakuatsiya qilish to„g„risidagi
buyruq olingan zahoti amalga oshiriladi.
Evakuatsiya hududiga yetib kelish vaqti katta sondagi shaxsiy tarkibning u
yerda uzoq vaqt turib qolishining oldini olishi kerak, desantni vertolyotlarga
chiqarish vaqti esa maksimal darajada qisqartirilishi kerak.
Vertolyotlarga birinchi bo„lib minomyotchi bo„linmalar, oxirgi bo„lib esa
motoo„qchilar chiqariladi.
Desantni bitta qatnovda evakuatsiya qilishning imkoni bo„lmagan taqdirda
(vertolyotlar yetishmasa), birinchi qatnovda desant kuchlarining kichik qismi,
keyingi qatnovda esa uning katta qismi olib ketilib, bu zarurat tug„ilganda
dushmanga uzoqroq vaqt qarshilik ko„rsatish imkonini beradi.
246
Evakuatsiyaga oxirgi vertolyot bilan ketadigan desant komandiri rahbarlik
qiladi. Vertolyotlar desantning uchib o„tish chizig„ida dushmanga qarata zarbalar
berishga doim shay holatda turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |