200-400 metr
narida) yig„iladi va pinhona ravishda piyoda
yurib pistirmani amalga oshirish hududi tomon yo„lga chiqadi.
Boshlang„ich hududdan pistirmani amalga oshirish hududi tomon
harakatlanishni ikki kolonnali safda amalga oshirilib, bunda aylana kuzatuv olib
boriladi, atrofga quloq solish, mo„ljal olish va tabiiy joyni e'tibor bilan ko„zdan
kechirish uchun vaqti-vaqti bilan qisqa to„xtashlar qilinadi.
Tog„li joyda harakatlanish vaqtida razvedka-zarba guruhi uch-to„rtta kichik
guruhlarga bo„linib, ular oldinga va orqaga juftliklardan iborat dozorlarni
222
chiqargan holda bir-biriga nisbatan ko„rish uzoqligida harakatlanadi. Tekis joyda
harakatlanish vaqtida razvedka-zarba guruhi bitta kolonna bo„lib harakat qilishi
mumkin. Juftliklardan iborat dozorlar tovush chiqarmaydigan qurollar bilan
qurollanadi hamda qanotlar va front ortiga ham yuborilishi mumkin.
Dushmanning kichik guruhlariga to„qnash kelgan vaqtda dozor ularni
aylanib o„tib, bu haqida komandirga bildiruv beradi va avval qo„yilgan vazifani
bajarishda davom etadi. Dushman tomonidan fosh etilgan taqdirda dozor, asosan
tovush chiqarmaydigan va sovuq qurollardan foydalanib dadil harakatlar bilan uni
yo„q qiladi, so„ngra chalg„ituvchi manevrni amalga oshiradi va pistirma
qo„yiladigan hududga chiqadi.
Pistirma qo„yiladigan hududga chiqqach, dozor tutash tepaliklar, butazorlar
va dushman yashirinishi mumkin bo„lgan boshqa joylarga alohida e'tibor qaratgan
holda tabiiy joyni ko„zdan kechiradi.
Razvedka-zarba guruhining asosiy kuchlari pistirma amalga oshiriladigan
hududga yetib kelgandan so„ng kuzatuv, bevosita qo„riqlash va aylana mudofaa
tashkillashtiriladi. Kuchlarning bir qismi pistirma qo„yish uchun tanlangan
hududning kirish va chiqishi joylarida, asosiy kuchlar bilan kuchaytirish vositalari
esa hudud markazida joylashadi. Shaxsiy tarkib va o„t ochish vositalarining
pistirma qo„yilgan hududdagi joylashuvi yaratilgan olovli “qopda” yoki undan
chiqib ketishga urinish vaqtida dushmanni yo„q qilishni ta'minlashi kerak.
Minali-portlovchi to„siqlar o„t ochish tizimi bilan o„zaro bog„langan bo„ladi.
Minalar qo„yilgan joylar mahalliy predmetlardan (toshlar, xarsanglar, o„simliklar
va hokazolar) bo„lgan yaxshi ko„rinadigan mo„ljallar bilan belgilanadi. Lekin
barcha
holatlarda
o„rnatilgan
mo„ljallar
qo„yilgan
minalarning
niqobsizlantirilishiga mutlaqo yo„l qo„ymasligi kerak.
Boshqariluvchi minalar belgilangan o„t ochib shikast yetkazish hududining
perimetri bo„ylab qo„yiladi. Boshqarilmaydigan minalar signal berish uchun
mo„ljallangan minalar bilan birgalikda ko„rinmaydigan zonalarda, pistirma
pozitsiyalarini aylanib o„tish mumkin bo„lgan yo„llarda, shuningdek, o„t ochib
shikast yetkazish zonasidan chiqish joyiga qo„yiladi.
223
O„t ochib shikast yetkazish zonasidan chiqish joyiga qo„yilgan minalarning
portlashi o„t ochish va boshqariladigan minalarni portlatishga signal bo„lib xizmat
qilishi mumkin.
O„t ochish pozitsiyalarida razvedka-zarba guruhining shaxsiy tarkibi puxta
niqoblanadi va o„zini fosh qilmagan holda doim o„t ochishga shay turadi.
Kuzatuvchilar dushman yaqinlashayotgani haqida belgilangan signallar yoki radio
orqali bildiruv beradilar. Pistirmadagilar dushmanning razvedkasi va kichik
guruhlarini o„tkazib yuboradilar yoki tovush chiqarmaydigan quroldan o„t ochib
yo„q qiladilar, shuningdek, maxsus ajratilgan kichik guruh bilan ularni qo„lga
olishni amalga oshiradi.
Dushmanni asosiy kuchlari yaqinlashgan vaqtda pistirmadagilar ularning o„t
ochib shikast yetkazish zonasiga kirishiga imkon beradilar hamda komandirning
komandasiga (signaliga) binoan qo„qqisdan o„t ochish bilan bir vaqtning o„zida
boshqariladigan minalarni portlatadilar.
Agarda dushman kuchlari pistirma tarkibidan ancha ko„p bo„lib, ularni
qurshovga olish va yo„q qilishga urinadigan bo„lsa, pistirmadagilar aylana
mudofaaga o„tadilar hamda egallab turgan pozitsiyalarida mustahkam o„rnashgan
holda o„t ochish amalining barcha turlari vositasida (shu jumladan qo„l granatalari
bilan ham) dushmanni yo„q qilish bilan bir vaqtning o„zida madad berish uchun
ajratilgan zirhli guruh va vertolyotlarni chaqiradi.
Dushman pistirmani fosh qilgan hamda ketishga uringan taqdirda razvedka-
zarba guruhining komandiri o„qli qurollarning jamlangan o„t ochish amali,
artilleriya va tirgakka o„rnatilgan granatometlardan o„t ochib olovli devor hosil
qilish, shuningdek, madad berish uchun ajratilgan vertolyotlar beradigan zarbalar
bilan unga shikast yetkazishni tashkillashtiradi.
Pistirma hududidan chiqish ta'minlash kichik guruhining himoyasi ostida
amalga oshiriladi. Pistirma qo„yiladigan yangi hudud tomon harakatlanish yoki
doimiy joylashuv punktiga qaytish yangi yo„nalish bo„yicha qo„riqlash va
niqoblanish me'yorlariga qat'iy rioya etgan holda amalga oshiriladi.
224
Hujum dushman haqida ma'lumot olish hamda dushman qurolli tuzulmalari,
ularning boshqaruv punktlari, omborlari va boshqa ob'ektlarini yo„q qilish bo„yicha
razvedka ma'lumotlarini operativ qo„llash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Quyidagilar hujumni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi: hujum
ob'ekti haqida o„z vaqtida ishonchli va to„liq razvedka ma'lumotlarini olish; hujum
ob'ekti tomon tezkor va pinhona harakatlanish; hujumning qo„qqisdan amalga
oshirilishi va shaxsiy tarkibning qat'iyat bilan harakat qilishi; razvedka-zarba
guruhi kuch va vositalarining aniq yo„lga qo„yilgan hamkorligi.
Dushman ob'ektiga hujum tunda, erta tongda yoki istisno tariqasida kunduzi
amalga oshiriladi.
Hujumni amalga oshirish uchun razvedka-zarba guruhida qo„riqchilarni yo„q
qiluvchi, hujum qiluvchi va o„t ochib madad beruvchi kichik guruhlar tashkil
etilishi mumkin. Agar razvedka-zarba guruhi harakat hududiga vertolyotlarda
tushiriladigan bo„lsa, qo„shimcha ravishda desant ta'minoti kichik guruhi tashkil
etilib, u qo„nish maydonchasini egallash va vertolyotlardan tushishini hamda
razvedka-zarba guruhi vazifani bajargandan so„ng uning vertolyotlarga chiqishi va
evakuatsiyasini ta'minlash uchun mo„ljallangan.
Qo„riqchilarni yo„q qilish kichik guruhiga jismoniy jihatdan rivojlangan va
yaxshi tayyorgarlik ko„rgan, quroldan mohirona foydalana oladigan va qo„l jangi
usullarini egallagan harbiy xizmatchilar tayinlanadi. Hujum kichik guruhi hujum
uchun mo„ljallangan kuch va vositalarning katta qismini o„z ichiga oladi. Uning
tarkibiga portlovchi moddalar va portlatish vositalarining zaxirasiga ega sapyorlar
kiritilishi mumkin.
O„t ochib madad berish kichik guruhiga, odatda, merganlar, minomyot,
granatomyot va pulemyot raschetlari kiradi. Razvedka-zarba guruhining
komandiri, qoidaga ko„ra, qo„riqchilarni yo„q qilish kichik guruhi bilan birga
bo„ladi.
Shtatdagi jangovar texnikada hujum ob'ekti tomon harakatlanish vaqtida,
boshlang„ich hududga yetib kelgandan so„ng texnika o„sha yerda qoladi hamda
tezlik bilan olg„a yurish va o„t ochib razvedka-zarba guruhining harakatlarini
225
qo„llab-quvvatlashga shay turadi. Shaxsiy tarkibni vertolyotlardan (jangovar
mashinalardan) tushirish uni harakatlarining pinhoniyligini ta'minlaydigan
uzoqlikda amalga oshiriladi.
Boshlang„ich hududdan hujum ob'ekti tomon chiqib borish, qoidaga ko„ra,
bir nechta yo„nalishlarda piyoda yurgan holda amalga oshiriladi.
Hujum ob'ekti tomon chiqib borish vaqtida hujum qilish kichik guruhi uni
qurshovga oladi va dushman chekinishi mumkin bo„lgan yo„llarni to„sib qo„yadi.
Qo„riqchilarni yo„q qilish kichik guruhi sovuq qurol yordamida yoki tovush
chiqarmaydigan quroldan o„t ochib qo„riqchilarni yo„q qiladi, so„ngra hujum qilish
kichik guruhi bilan birgalikda tirab turib o„qli quroldan qo„qqisdan o„t ochish va
granatalar uloqtirib qolgan dushmanlarni yo„q qiladi, ob'ektni egallaydi, asirlar,
hujjatlarni qo„lga kiritib, so„ngra ob'ektni yo„q qiladi. Qo„lga kiritilgan qurol va
o„q-dorilar olib ketiladi yoki yo„q qilinadi.
Dushman ularning hujum ob'ekti tomon kelayotganini oldindan fosh qilgan
taqdirda, razvedka-zarba guruhi bevosita ob'ekt yaqinidagi qulay marralarni
egallaydi hamda ob'ekt va qo„riqchilarga qarata o„t ochadi. Dushman chekinishni
boshlashi bilan bunga to„sqinlik qilish maqsadida razvedka-zarba guruhi olovni
ichki sarhad va qanotlar tomon ko„chiradi, qo„riqchilarni yo„q qilish va hujum
qilish kichik guruhlari esa o„t ochib madad berish kichik guruhining olovli
himoyasi ostida minomyotlar hamda o„qli qurollardan o„t ochib, granata uloqtirib
va qo„l jangida dushmanning qolgan qismini yo„q qilib, asirlar, qurol va hujjatlarni
qo„lga kiritadi.
Vazifa bajarilgandan so„ng o„t ochib madad berish kichik guruhining olovli
himoyasi ostida chekinishni birinchi bo„lib qo„riqchilarni yo„q qilish guruhi
boshlaydi, so„ngra hujum qilish kichik guruhi chekinadi. Shaxsiy tarkibni
minalarda portlab ketishi va ularning pistirmaga tushib qolishiga yo„q qo„ymaslik
uchun chekinish yangi yo„nalishda amalga oshiriladi.
Dushman qattiq qarshilik ko„rsatgan taqdirda zirhli guruh va vertolyotlar
chaqiriladi. Jangovar vertolyotlarning zarbalari va zirhli guruh olovidan foydalanib
razvedka-zarba guruhi ob'ektga bir nechta yo„nalishda hujum qilib uni yo„q qiladi.
226
Jangovar vazifani bajarilgandan so„ng razvedka-zarba guruhi uni yuborgan
komandirning komandasiga binoan avvaldan belgilangan yig„in hududi tomon
chekinib, u yerda shtatdagi jangovar texnika yoki vertolyotlarga chiqadi va asosiy
markazga (hududga) jo„nab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |