Logografik yozuvning piktografik yozuvdan avzalligi
q uyidagilardan iborat:
a)logografik yozuv habar qilinishi kerak
bo’lgan tekstni ancha mufassal ask etttira
oladi;
b) piktografik yozuvda so’z tartibi, so’z
formalari
noanik bo’lsa, logografik yozuvda bu masalalar umuman
hal qilingan;
v)piktografik yozuv sub’ektivlikka, ixtiyoriylikka
yo’l ko’ysa, logografik yozuv barqaror logogrammalar-
dan tashkil topgan.
Logografik yozuvning biroz mukammallashgan formasi
iyeroglifik yozuv
deb nom olgan. Iyeroglif so’zi grekcha
hyeroglyphoi
so’zidan olingan bo’lib, u «mukaddas yozuv»
demakdir. Iyerogliflarda oz bo’lsa xam, ifodalanuvchi narsa bilan
bog’langan biror xususiyat saklanib turadi. Bu yozuv qadimgi
Arabistonga , xozirgi Xitoyga xosdir. Agar logografik yozuvda
ba’zi mavhum tushunchalarni ifodalash qiyin bo’lgan bo’lsa ,
endi bu masala iyeroglifik yozuvda uzil-kesil hal etildi. Bu
yozuvda alfavit tushunchasi xam paydo bo’la boshladi. Chunki
iyeroglifik yozuv asosida yozilgan tekstni o’qish uchun bir
qancha mavxum tushunchalarni anglatuvchi belgilarni va kup
miqdorda ierogliflarni bilishga tug’ri keladi.
Ma’lum shakllar ma’lum narsalargya bog’lanib qolgandan
keyin, ular yozuv shakllari
deb ataladi. Yozuv
shakllari barqaror va
doimiy shakl bo’lib, u
ҳamma
vaqt
kishilar
tomonidan bir xil qabul
qilinadi va ma’lum
sharoitlarda boshqalarga
tegishli
ma’lumotlarni yetkazish maqsadida qo’llaniladi.
Kishilar bu shakllarni yaxshi o’zlashtirib olganlaridan so’ng bu
shakllar bilan ular ifodalayotgan narsalar orasidagi o’xshashlik
katta ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Tez yozish va ko’proq
ma’lumot yetkazish maqsadida odamlar shakllarning ba’zi
ikkinchi darajali elementlarini tushurib qoldiradilar va natijada
bu shakllar bilan ular ifodalayotgan narsalar orasidagi
o’xshashlik kamayib, oxir natijada u yo’q bo’lib ketishi
mumkin. Bunday o’zgarishlar yozuvni qanday materialga
yozilayotganiga va qanday yozuv quroli ishlatilayotganiga ham
bog’liq
bo’lishi mumkin. Qadimgi Mesopotamiyada qo’llanilgan
mixxat ana shunday o’zgarishlarni o’z boshidan kechirgan
logografik yozuvning bir kurnnishidir.Bu shakllar turli
kombinatsiyadagi uzun va qisqa mixsimon chiziqlardan tashkil
topgan bo’lib, ularning asosida piktogrammalar va
logogrammalar yotgan bo’lishi aniqdir. Mazkur yozuvlarning
shu darajada o’zgarib ketishiga sabab, ularning loyga yozilgan
bo’lishidir.
Yuqorida keltirilgan yozuvlarning hamma turi uqish va
uqitish ishlarini ancha mushkullashtiradi. Yozuvni
ommaviylashtirish uchun, uni albatta osonlashtirish,
soddalshtirish kerak edi. Bunday zaruriyatning tug’ilishiga yana
boishqa ob’ektiv sabablar ham bor edi: savdo-sotiqning
rivojlanishi va davlatlarning barpo bo’lishi ham yuqorida zikr
etilgan jarayonni tezlashtirishga sabab bo’ldi. Yozuvning
soddalashish jarayoni bir necha yo’llar bilan amalga osha
1 .
Leksik elementlarning sonini yangi shakllar bilan
ko’paytirish o’rniga, yangi tushunchalarni mavjud
logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali
ifodalashdir. Bu yo’l bilan xitoy yozuvi rivojlana boshladi.
Masalan, «ko’z yoshi»ni ifodalash uchun «ko’z» va «suv»ning
kombinatsiyasidan, «asirlik»ni ko’rsatish uchun «oyoq» va
«doira» yoki «aylana» kombinatsiyasidan foydalanish kerak
11
edi. Logografik alfavitni bu yo’l bilan soddalashtirish va
qisqartirish unumsiz edi.
2.
Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo’li —
so’zlarning grammatik formalariga taalluqliligidir. Masalan,
logogrammalarni o’zak sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar
uchun yangi logogrammalarni o’zak logogrammalar ma’nosiga
qarab qo’shish. Bunday usul tilning grammatikasi uchun
birmuncha siljish bo’lsa ham, tildagi leksik birliklarni, ya’ni
so’zlarning sonini qisqartirishga xizmat qilmas edi.
3.
Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv
usuli fonografik yozuvga o’tish edi. Bu so’z grekcha bo’lib, u
Do'stlaringiz bilan baham: |