Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


B. Olovbardosh moylari bilan ishlashda xavfsizlik choralari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

B. Olovbardosh moylari bilan ishlashda xavfsizlik choralari
621. Turbinalarning rostlash tizimlarida yong‘in xavfsizligini oshirish maqsadida
turbina moyi o‘rniga “Ivviol-3” va OMTI olovbardosh sintetik moylari qo‘llaniladi.
622. Olovbardosh “Ivviol-3” moyi toksik modda; odam organizmiga ta’sir qilishi darajasi
bo‘yicha o‘rta xavfli moddalarga kiradi (xavflilik klassi 3). Ishchi zonasi havosida “Ivviol-
3”ning eng ko‘p ruxsat etilgan konsentratsiyasi — 1,5 mg/m .
“Ivviol-3” moyining zaharlash ta’siri u oshqozon-ichak traktiga tushganda,
shikastlanmagan teri orqali singganda, bug‘lari va aerozollaridan nafas olinganda paydo
bo‘ladi. “Ivviol-3” paralitik ta’sirga va kumulyativ xususiyatiga ega.
OMTI olovbardosh moyi xavflilik darajasi bo‘yicha mineral moyi klassiga kiradi va
paralitik ta’siriga ega emas. Ishchi zona havosida OMTI moyi uchun eng ko‘p ruxsat
etilgan konsentratsiya — 5 mg/m .
623. Olovbardosh moylari bilan ishlaganda (“Ivviol-3”, OMTI ) “Leningrad metall
zavodi”ning 1508 va 1640-IO sonli maxsus yo‘riqnomalari va RH34-301-359:2005
“Yo‘riqnoma. OMTI turidagi olovbardosh turbina moylarini qabul qilish, saqlash va
ekspluatatsiya qilish” rahbariy hujjati talablariga rioya qilish shart.
624. Navbatchi va ta’mirlash xodimlarining ish joylarida BKF markali filtrlovchi gaz
niqoblari bo‘lishi kerak. Olovbardosh moyi qizigan yuzalarga tushganda tutun ajralib
chiqadi, u mavjud bo‘lganda jadal tutunlashish zonasida bo‘lgan xodimlar gaz
niqoblarini kiyishlari va moy oqishini bartaraf etish uchun choralar ko‘rishi shart.
625. Olovbardosh “Ivviol-3” moyi bilan bevosita kontaktga ega bo‘lgan xodimlarga
shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish majburiydir.
626. Olovbardosh “Ivviol-3” moyi bilan ishlashda band bo‘lgan xodimlar, ishga kelgach,
shaxsiy kiyimini va poyafzalini echishi va maxsus kiyimni hamda maxsus poyafzalni
kiyishi kerak (kombinezon yoki paxta matoli kurtka bilan shim, ichki kiyim, paypoq,
monolit tagli rezinali botinka yoki rezinali etik).
Ishlash jarayonida olovbardosh “Ivviol-3” moyi bilan bevosita kontakt ehtimoli bor
bo‘lsa, yengliklar, fartuklar, rezinali qo‘lqoplar tabiiy kauchuk yoki kvaleteks asosida va
rezinali etik, filtrlovchi gazniqob kiyilishi kerak.
“Ivviol-3” moyi bilan ifloslangan qo‘llarga qo‘lqoplar kiyish man etiladi.
627. OMTI olovbardosh moyi bilan ishlaganda band bo‘lgan xodimlar maxsus kiyimda
(paxta matoli kombinezon yoki kurtka va shim) va maxsus poyafzalda (botinkalarda)
ishlashi kerak.
Ayrim juda moylanib qolgan uzellar qismlarga ajratilayotganda tekstovinitdan tikilgan
fartukda ishlash kerak.
Moy baklarini tozalashga va moy tizimi germetikligi buzilganda ko‘p miqdorda to‘kilgan
moylarni yig‘ishtirishga jalb qilinadigan xodimlar rezinali etik va qo‘lqoplardan
foydalanib ishlashi kerak.
628. Ishchi kiyim har haftada almashtipilishi shart.
3
3


Avariyaviy tashlash yoki oqib ketish natijasida ifloslangan maxsus kiyim, buzilish
oqibati bartaraf etilgandan keyin shu vaqtning o‘zida almashtirilishi kerak.
629. Ovqatlanishdan va chekishdan oldin qo‘llarni yaxshilab iliq suvda sovun va
shchetka bilan yuvish kerak.
630. Ovqatni ish joyiga olib kelish va iste’mol qilish man etiladi.
631. Boshqa sexlarga ta’mirlash va sozlash yoki saqlash uchun beriladigan detallar,
uzellar, nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatika qurilmalari olovbardosh moyidan
yuvilgan bo‘lishi kerak.
“Ivviol-3” olovbardosh moylari parametrlarini nazorat qiladigan asboblar nazorat-
o‘lchash asboblari (bundan keyin — NO‘A) laboratoriyasida, boshqa asboblardan
alohida, hamda yo‘riq berilgan xodimlar tomonidan ta’mirlanadi, sozlanadi va
taqqoslanadi.
632. Olovbardosh moyida ishlaydigan apparatlar ta’mirini o‘tkazish uchun, brigada
umumiy asbob xo‘jaligida alohida ajratib qo‘yilgan kerakli asboblar komplektiga ega
bo‘lishi kerak.
Ish tugagandan keyin asboblar mazkur Qoidalarning 14-ilovasi 2-bandi talablariga
muvofiq yuvilishi kerak.
633. Ishdagi tanaffuslarda va u tugatilganda ifloslangan shaxsiy himoya vositalari
yaxshilab issiq suv va sovun yoki trinatriy - fosfat bilan yuvilishi shart. Qo‘lqoplarni
echishdan oldin yuvish kerak, poyafzal tagini ish joydan chiqib ketayotganda artish
shart.
634. Smena tugagandan keyin olovbardosh moyi bilan ishlaydigan xar bir xodim maxsus
kiyimni echishi va maxsus ishchi kiyim shkafiga qo‘yishi va dushda yuvinishi kerak.
Uychi kiyimni alohida shkafda saqlash kerak.
635. Har oyda kamida bir marta turbina bo‘limi xonasining havo muhiti olovbardosh
moyi mavjudligiga nazorat qilinishi shart.
636. Ekspluatatsiya qilish jarayonida xar haftada bir marta yuvuvchi eritmalar bilan
tutqichlar, zadvijkalarning shturvallari va uzellarning maxoviklari, shuningdek turbina
bo‘limining oraliq maydonchalari va zinali o‘tish joylari artib chiqilishi kerak.
Turbinaning rostlash tizimi “Ivviol-3” olovbardosh moyida ishlaganda, har kuni xizmat
ko‘rsatish belgisidagi (otmetka) va nol belgisida (otmetka) rostlash tizimi moy baki
to‘sig‘ining ichidagi pol, sochli shchetkalarni qo‘llab, yuvish eritmalari bilan artilishi
kerak.
637. Olovbardosh moylar bilan ishlashda xavfsizlik choralari mazkur Qoidalarning 14-
ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish