Kiritish/chiqarish qurilmalaridan uzilish signallari, qurilma ma’lumot almashishga tayyor bo’lganda tanlanadi. Ushbu uzilish signali joriy dasturni to’xtatadi va KChQ ning ma’lumotlar
registri yoki buffer xotira bilan va TX yaycheykasi yoki protsessor registrlari
(UIR) o’rtasida ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydigam maxsus qayta
ishlash-dasturini ishga tushiradi. Bu kiritish-chiqarish usuli odatda TQ
(printer, klaviatura va boshqalar) ga xizmat ko’rsatish uchun ishlatiladi.
OT ning servis dasturlariga murojaat qilishda uzilishlar, odatda, maxsus uzilish buyruqlari bilan amalga oshiriladi. IBM PC-da bunday maqsadlar uchun foydalanuvchi dasturining kerakli
joyida uchraydigan INT N turidagi maxsus uzilish buyrug’idan foydalanish
mumkin.
Ushbu uzilish sabablari guruhini
dasturiy uzilish deb nomlashadi.