Angliya burjua inqilobi arafasida
. Yangi, kapitalistik muno-
sabatlarga asoslangan tartiblarning o‘rnatilishida ingliz burjua inqilobi
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inqilob faqat Angliyada emas, butun
Yevropada kapitalistik munosabatlarning hukmron tartibga aylanishi-
ni boshlab berdi. Bu davrda faol tashqi siyosat natijasida bo‘lg‘usi
Britaniya mustamlakachilik imperiyasining asoslari yaratildi. Ameri-
kadagi birinchi mustamlaka – Virjiniyaga asos solindi. Fanda Frensis
Bekon, adabiyotda Uilyam Shekspir singari arboblarning nomlari
butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |