1524-yil yozida Germaniyada boshlandi.
Xalq Reformatsiyasi deb atalgan bu qo‘zg‘olonga ruhoniy
Òomas Myunser boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon tez orada butun Germaniyani
qamrab oldi va
Buyuk dehqonlar urushi degan nom oldi. Unda o‘n
minglab dehqonlar qatnashdi. Bir yildan oshiq davom etgan qo‘z-
g‘olon 1526-yil boshida mag‘lubiyatga uchradi. Uning ko‘plab
ishtirokchilari qattiq jazolandi, Ò. Myunser qatl qilindi.
Lyuteranlar – bu ...
Reformatsiya – bu ...
«95 tezislar»ning mazmun-mohiyati – bu ...
Shundan so‘ng reyxstag (parlament)da ko‘pchilik bo‘lgan kato-
liklar Reformatsiyaning yutuqlarini bekor qilish tashabbusi bilan chiq-
di. M. Lyuter tarafdorlari esa bunga norozilik bildirdi. Shu paytdan
boshlab ular
protestantlar (
protest – norozilik) deb atala boshlandi.